Ertaklar mamlakati


Download 41.01 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi41.01 Kb.
#1540593
Bog'liq
Ertaklar mamlakati


ERTAKLAR MAMLAKATI
KRIS KOLFER

MUNDARIJA.
Bag’ishlov.
Epigraf.
Muqaddima:Tug’ilgan kun
I bob:Kutubxonadan kelgan qayg’uli xabar
II bob:-----
III bob:Ko’zgudagi qurbaqa
IV bob:Kutilmagan xabar----
V bob:

Rob, Alla va Alvinaga
Hikoyalar Mamlakati sizning ko’magingiz va g’ayratingizsiz hech qachon vujudga kelmasdi.---
Va butun dunyo kitobxonlariga
----

Agar siz baxtli yakunni istasangiz, bu albatta siz hikoyaning


qayerida to’xtashingizga bog’liq”
Orson Vels

MUQADDIMA.
TUG’ILGAN KUN.

(Kitoblari olami ) hech qachon bunchalar gavjum bo’magandi.Bo’sh stul va xonalar qolmaguniga qadar minglab mehmonlar kutubxonaning tadbirlar zalida tiqilib qolishdi. Kichkina sahna yorug’lik bilan to’ldi va tungi dastur uchun ikkita stul va ikkita mikrafon ham o’rnatildi.Sahna oldida to’plangan fotograflar va jurnalistlar orasidan sahnani ko’rish qiyin edi ammo ishtirokchilarga tadbirning dastlabki daqiqalaridanoq faqatgina u yerda matbuot xodimlari bo’ladi deb ishontirilgandi Turli toifadagi kitobxonlar o’zining sevimli yozuvchisini ko’rish uchun kitob do’koniga kelgandilar.Mehmonlar o’rinlarida tipirchilab, tashvishlangan holatda uning yillar davomida jamoat qarshisida ko’rinish berishini sabrsizlik bilan kutishardi.Ular bu tadbirda yozuvchining ellik yillik faoliyatinigina nishonlash uchun emas balki mana shu kun uning hayotida unitilmas kun bo’lib qolishi uchun ham shu yerda edilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan ishlangan bejirim bannerga “ 80 yoshingiz muborak, janob Beyli.” deb yozib sahna yuqorisiga osib qo’yilgan edi.


Vada qilinganidek, kech soat 8 da bashang kiyingan bir kishi sahnaga chiqib keldi va o’yin-kulgi boshlandi.
“Xayrli kech xonimlar va janoblar! (Kitoblar olamiga) xush kelibsiz!” dedi boyagi kishi mikrafonda.”Men New York Times gazetasidan Gregori Quinman va menga bu tadbirga boshlovchilik qilishdanda sharaf yo’q.Biz bolalar adabiyotiga atab yuzlab asarlar yozib bu olamni sehrli diyorga aylantirgan inson uchun shu yerda jamlandik.”
Olamon janob Beylining ish faoliyati to’g’risida aytilganidan xursand bo’ldi.Tomashabinlar orasida yozuvchining barcha kitoblarini topish mumkin edi.Mehmonlar o’zlarining sevimli asarlarini o’zlariga yanada yaqinroq tortishdi.
“Xonaga qarab turib bu yerda ko’plab insonlar yig’lganidan mamnunman” deb davom etdi janob Quin.” Janob Beyli har qachon uning eng katta yutug’i yozgan kitoblarining ko’pligi yoki sotilgan kitoblarning nusxalari emas,balki kitobxonlarning bir-biriga o’xshamasligida derdilar.Men uning ishini butun dunyo oilalarini yoqtirishini bilishdan yaxshiroq dalil borligini bilmayman.”
Ko’pgina tinglovchilarning qo’llari ko’ksilariga yugurdi ular yozuvchi ularga yillar davomida olib kelgan xursandchilikni yodga olishdi.Ba’zilar hattoki janob Beylining asarlari ularning murg’ak hayotlariga qanchalar ta’sir o’tkazganligini xotirlab ko’zlari yoshlandi.
Quvonarlisi shundaki,ular asarlarning eng yaxshisiga muhtoj bo’lishganda ,uning asarini topishdi.
“Janob Beyli ismi tilga olinganda tabassum qilmaslik qiyin albatta”deb davom etdi janob Quin.”Janob Beyli bolaligimizni hayajon va sarguzashtlar bilan boyitdi,Uning o’ziga xosligi bizga haq va nohaq o’rtasidagi tafovutni ko’rsatdi va uning asarlari bizga shuni ko’rsatdiki , tasavvur bu olamda eng kuchli quroldir.Siz bilasizki ,kimdir o’zgacha bo’lsa ,butun dunyo ularni o’z oilasi deb hisoblaydi.Qani keling biz ham janob Beyli o’zining boshqalardan qanchalar o’zgacha ekanligini eslashiga sababchi bo’laylik.Xonimlar va janoblar,yigitlar va qizlar! yakka-yu yagona bo’lgan janob Konner Jonatan Beylini iliqlik bilan qarshi olaylik”.
Mehmonlar darrov o’rinlaridan turishdi va zal qarsaklar bilan to’ldi.Fotograflar kameralarini ko’tarishdi va sahnani kamera chiroqlari qopladi.Oriq ammo istarasi issiq bir qari kishi asta sahnaga chiqib keldi va tomoshabinlarga qo’l silkidi.U katta moviy ko’zli va xuddi boshiga momiq bulutlar yotqizilganday oppoq sochlari bor edi.U qizil oyoq kiyim,to’q ko’k bo’yinbog’ taqib olgan ko’zoynakli kishi edi.Ko’zlaridagi baxtdan va uning kiyinish uslubidan ko’rinib turardiki, u aniq asarlaridagi obrazlardek har kimda qiziqish uyg’otadigan janob Beyli edi.
Janob Quin uni o’rindiqqa o’tirishiga ko’maklashishga harakat qildi ammo u hech qanday yordam kerak emasligini bildirib qo’li bilan ishora qildi.Hatto janob Beyli o’tirgandan keyin ham, muxlislar unga qarsaklar yog’dirishni davom ettirishdi.
“Rahmat!,Rahmat!,Rahmat!” dedi janob Beyli mikrafonda.”Sizlar juda mehribon sizlar ammo qarsakni to’xtatganingiz ma’qulroq shunda biz namoyishni davom ettira olamiz.Men sakson yoshdaman va vaqt menga katta ahamiyatga ega.”
Ko’pchilik kulishdi va joylarini avvalgidan qulayroq tarzda egallashdi.
“ Biz sizni bizning davramizga qo’shilganingizga yetarlicha minnatdorchilik bildrolmadik,janob Beyli” dedi janob Quin.
“Bunday imkoniyatga sazovor bo’lganimdan baxtiyorman” dedi yozuvchi.” va sizga ham tashakkur janob Quin ajoyib tanishtiruv uchun.Men o’z ismim tilga olinmagunicha siz men haqimda gapirayotganingizni payqamabman ham.Barcha tabriklardan so’ng men do’kon boshqa bir insonni chaqirgan deb qo’rqdim”
“Maqtovlar barchasi sizga edi” deb o’rtakash uni tinchlantirdi.”Eng muhimi:Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin! Siz bilan bu muhim voqea nishonlash qanday bir sharaf biz uchun”
“Siz mendaqa qari kishini yerni kavlab ham topa olmaysiz” deb hazillashdi janob Beyli.Qizig’i shundaki ,yoshligimda tug’ilgan kunimdanda ko’ra ko’proq hech narsani bunchalar intizorlik bilan kutmaganman.Hozirda har bir yil o’tgani sayin men o’zimni ko’proq Xudo tashlab yuborishni unutgan, muddati tamom bo’lgan no’xotlar solingan idishga o’xshab his qilyapman”
“Bu on kelganiga ishona olmayman” dedi janob Quin.”Har gal men sizning ismingiz qulog’imga chalinganda sizning barchani lol qoldiradigan sabr-toqatingiz haqidagi fikrlar yodimga tushadi . Sizni bunday ajoyib holatda qolishingizda bir sir bormi? Qanday qilib o’z quvvatingizni saqlab qolasiz?”
“Yoshing o’tgani sari eng muhim narsa o’zinga bo’lgan eng yaxshi e’tibor bo’lib qolar ekan va ko’rib turganingdek men qovoqlikni tanladim” deb uni mazax qilid janob Beyli. “Quvvatimni saqlashga kelganda men tamomila kunimni to’rt soatini bedor o’tkazaman”.
Yozuvchining yuzini bezbetlarcha tabassum qopladi va tomoshabinlar gurillab kulib yuborishdi. Ular uni o’zi yozgan asarlardagi kabi so’zamollik bilan gapirishini eshitib zavqlanishardi.
“Janob Bayli bizni ham bu baxtiyor kechaga taklif etdi” dedi janob Quin va odamlarga o’tiringlar degan ishorani qildi.”Biz bilan siz otangizni siz esa bobongizni baham ko’rganingizdan behad minnatdormiz.Janob Beyli farzandlaringiz va nabiralaringizni bizga tanishtirishni xohlamaysizmi?
“Albatta,xursand bo’laman” dedi janob Beyli.”Bu mening to’ng’ich qizim Elizabet,uning umr yo’ldoshi Ben va ularning farzandi Charli.O’g’lim Matyuni yonida o’g’illari Ayden va Greysin.Va albatta oxirgisi lek so’ngisi emas , qizim Karri va uning eri Skot va ularning farzandlari Briftin,Semmi va Levi. Ko’rib turganingizdek ,Ularning barchasi asrab olingan”.
Tinglovchilar nim tabassum qilishdi va ularni tortinib qo’l silkitishga va o’sha yerda turishga majburlab iliq qarsak chalishdi.
“Biz rafiqangiz shu yil boshida olamdan o’tganidan afsusdamiz” dedi janob Quin.”Tomashabinlar aksariyati bilganidek mening ayolim Brenna Kampbel Beyli tajribali yozuvchi edi va nafaqaga chiqqunga qadar yigirma to’rt yil davomida Senatorga sidqidildan xizmat qildi”.
“Siz bizni o’rta maktabda oshiq-mashuq bo’lib yurgan deb o’ylaysizmi?”dedi janob Beyli jilmayib.”Menga kelsak,men uning qilgan birinchi va yagona xatosi edim”.
“Turmush qurganingizga qancha bo’lgan edi?” so’radi janob Quin.
“Ellik ikki yil”dedi janob Beyli.”U oila qurishdan avval beshinchi kitobini nashrdan chiqarishini va Magistrlik darajasini yoqlashini talab qildi”.
“Xayron bo’lmayman”dedi janob Quin.”So’ngi senator ayollar haq-huquqlari bo’yicha asosiy advokat edi”.
“Ha, ammo Men aniq aytishim mumkinki,Brii hech ishga kech qolmagan” dedi yozuvchi kulib.”U doim hamma narsa o’z vaqtida bajargan va uning o’limi ham bundan mustasno bo’lmadi. Ammo mening oilamda biz hech olamdan o’tdi,vafot etdi demaymiz,biz mo’jizalar mamlakatiga qaytdi deymiz.Bu unga ko’proq yarashadi.U mo’jizalar mamlakatiga ketishidan avval meni topishim uchun uyga bir necha minglab eslatmalarni yashirib ketibdi.Bir kun o’tmasdan men ularni topib oldim .Ularda nonushtalanish yoki dorilarimni ichish eslatib o’tilgan edi”.
“Rostdan mo’jiza “ dedi janob Quin.”Siz ikkingiz ham Kaliforniyadagi Villov Krest shahrida tug’ilib o’sgansiz,shunday-a?”
“Ha,shunday” dedi boshini silkitib janob Beyli.”Qanday o’zgacha dunyo edi.Qog’oz daraxtdan olinardi,mashina benzinda yurardi va kofein qonunga muvofiq foydalanilardi. Deyarli zulmat davri edi”.
“Birinch bo’lib kim sizda yozishga ishtiyoq uyg’otganini eslay olasizmi ?” so’radi o’rtakash.
“U mening oltinchi sinfdagi ustozim Piters xonim edi.”dedi yozuvchi.”Dastlab hech bir-birimizga ko’zimiz tushmadi;U o’ylardiki uning sinf xonasini ta’lim olish joyi edi, men esa uni mizg’ib olish uchun joy deb bilardim.Bir yildan so’ng u maktab direktori lavozimiga ko’tarildi va men ingliz darsi uchun yozgan qisqa hikoyalaromni o’qiy boshladi. Piters xonim meni hikoyalarimda yashirin bir qobilyatni ko’rdi va boshimga turli g’oyalarni joyladi.Men undan har doim minnatdor bo’lib kelganman.Kitoblarimdan birini xatto unga bag’ishlaganman ammo qaysi biri ekanligini eslay olmayapman”.
“U Ertaklar va Afsonalar 4 : Adabiyotga sayohat kitobi “edi orqa qatorda bir qizcha hayajonlanib.
“ Ha o’shasi “dedi janob Beyli boshini qashlab.”Siz sal sabrliroq bo’lishingiz kerak.Mening xotiram yetmish yoshimdan beri ta’tilda.Shu kunlarda qo’limga kitob olaman nima yozganimni anglamasdan barcha narsasisi o’qib ketaveraman”.
“Bularni gapirayotib keling sizning esda qolarli ijod faoliyatingiz haqida suhbatlashsak” dedi janob Quin.”Oldin aytganimdek siz ellik yil davomida yuzdan ortiq kitoblar nashr etdingiz.Ular orasida “Starbordiya qissasi”, “Qo’pol bolaning sirli sarguzashtlari”, “Gallaktika qirolichasining yilnomalari”, “Ziblingning tasviriy romanlari” va ayniqsa “Ertaklar va Afsonalar” turkumi ko’p uchraydi”.
Omma janob Beyli eng yaxshi ko’p qismli turkumini,Ertaklar va Afsonalarni, eshitishganda juda ham sevinishdi. Yozuvchining bu olti tomlik asari eng muvaffaqiyatli asari edi va uning nashr qilinishi olqishlarga sazovor bo’lgandi. Bu asar naq ellik beshta tilga tarjima qilingan va yuzlab mamlakatlarda sotilgandi. Bu asar butun dunyo bolalarining savodxonligini oshirishga ko’makchi bo’lgandi.Ertaklar va Afsonalar asari bir talay arzon tovarlarga,televizion dasturlar va kinofimlarga moslashtirilgan edi.
“Asarlaringizning aksariyati eng ko’p sotilgan va tanqidiy hujumlariga uchrashiga qaramasdan,Ertaklar va Afsonalar to’plamini yozib katta shuhratga erishdingiz” dedi janob Quin. “Asarlaringizni sevimliga aylantirgan asosiy narsa nima?”
“Bunga juda oddiy javob bor.Ularni bari bola tilidan yozilgan” deb janob Beyli e’tirof etdi.”Ko’p odamlar buni bilmaydi.Men Ertaklar va Afsonalar asarimni birinchi qismi “Sehrli tumor” ni yozganimda atigi o’n uch yoshda edim.Men yozgan narsalarimni ko’rsatishdan judayam uyalar edim,shuning uchun ularni sir saqlardim.Men xatto ularni oilamga ham ko’rsatmaganman.Keyin yigirma yoshlarimda ba’zi muvaffaqiyatlardan keyin men onamning chordog’idan eski asarimni tasodifan topib oldim.Ustidagi changini qoqib ba’zi xatolarini tuzatdim va uni nashr qildim.Agar bu menga turtki bo’lishini bilganimda uni avvalroq qidirib topar edim”.
“Qanchalar qiziq “dedi janob Quin.”Shuning uchun bolalar bilan muvaffaqiyatga erishgan ekansizda chunki asarlar ularning biri tomonidan o’ylab topilgan”.
“Mutlaqo to’g’ri “ dedi janob Quin.Bolalar har doim o’z tillarida yozilgan asarlariga o’ch bo’lishadi. Va ularning yozuvchilari sifatida bu til bilan aloqani yo’qotmaslik bizning ishimizdir”.
“Sizda o’smirlar uchun yozishga bir qancha imkoniyatlar tug’ilgan lekin siz har doim bolalarni tanlab kelgansiz.Nega bolalar uchun yozishdan zavq tuyasiz?”
“Men shunchaki o’smirlarga qaraganda bolalarni ko’proq yoqtiraman deb hisoblayman”dedi yelkasini qisib yozuvchi.”Dunyoning qanchalar rivojlanishi ahamiyatsiz , nima bo’lgan taqdirda ham bolalar dunyosi o’zgarmaydi.Har bir tushunilishga,e’zozlanishga va sevilishga zarurat sezgan holda dunyoga keladi. Qo’rquv,aybdorlik va shafqat hissi ularni birlashtirib turadi.Oxiri yo’q bo’lgan qiziquvchanlik,bilimga bo’lgan chanqoqlik va sarguzashtga bo’lgan kuchli istak ularni azoblaydi.Hayotdagi eng katta baxtsizlik bolalarni bu xususiyatlardan qanchalar tez mahrum etilishidir.Biz buyuk ishlar qilishimiz mumkin agar biz yangi bir nuqtai nazar mahkam ushlab qololsak.Agar biz bu dunyoni bolalar ko’zlari bilan qarasak,bu olam qanchalar ajoyib ekanligi haqida bir tasavvur qilib ko’ring-a”.
“Yosh yozuvchilar uchun qanday maslahat bergan bo’lardingiz?” so’radi janob Quin.
Bu yozuvchi uchun juda o’rinli savol bo’ldi va u qoniqarli javob berish biroz sukut saqladi.
“Har doim bu olam sizni ruhlantirishiga va ta’sir o’tkazishiga qo’yib bering ammo hech qachon sizni umidsizlantirishiga yo’l bermang.Aslida Dunyo qancha ko’p tushkunlikka solsa, u sizga shunchalik ko’p muhtoj bo’ladi.Yozuvchilar sifatida bizda yangi olam yaratish uchun ulkan ustunlik va mas’uliyat bor . Ayni damdagisi esa hozir yomonlashib bormoqda. Ertak aytuvchilar qiziqchilardan ko’proq.Biz ruhiyat olimlarimiz,biz taraqqiyot ko’chalarining toshlarini teruvchilarmiz,Biz ideologiyani yaratuvchi cho’ponlarmiz.Bizga o’xshagan yaxshiroq
dunyoni tasavvur qiladigan , kuch bilan ularni ushlab turgan hokimyatga qarshi tura oladigan mardlar bo’lmaganida , biz haligacha men tug’ilgan zulmat davrida yashayotgan bo’lardik.
Tinglovchilar soat chiqqililashini eshitadigan darajada jim bo’lishdi.Birinchi yozuvchi tomoshabinlarni xafa qiladigan narsa ayib qo’ydim deb qo’rqib ketdi ammo bir necha daqiqadan so’ng ular yana gaplashishni boshlashdi.Tadbirlar zali qarsaklar sadosiga to’ldi.
“ Bu javob boshqa bir savolni olib keladi deb qo’rqaman , shuning uchun tomashabinlardan savol so’rashga imkoniyat bersak “ taklif qildi janob Quin.
Xonadagi deyarli barcha qo’llar birdaniga ko’tarildi. Janob Beyli tabassum qildi va unga o’xshagan qancha odamlar savol so’rashni xohlashiga qiziqdi.
“Kelin shu jigar rang ko’ylakdagi xinimdan boshlasak”dedi janob Quin.
“Starbodiya to’plami boshqa asarlaringizga qaraganda zulmatliroq,ayniqsa Amerika qullik tizimi.Bu sizning yosh muxlisingiz uchun juda og’irlik qiladi deb xavotir olganmisiz?”
“ Bir marta emas,ko’p marta “ dedi janob Beyli .”Men hech qachon tarixni yashirmayman shuning uchun odamlar tunda yaxshi uxlaydi. Biz o’tmishdag va hozirgi dunyo muammolariga qanchalik oydinlik kiritsak, ularni tuzatish shunchalik oson bo’ladi”.
“Keling oldindagi bolaga so’z beraylik” dedi janob Quin.
“Asarlaringizdagi qancha obrazlar o’zingiznikiga asoslangan?”
“Barchasi , ayniqsa, yovuzlar “ dedi ko’zini qisib janob Beyli.
“Endi o’rtada turgan anovi yosh kishiga so’z beramiz” dedi janob Quin.
“ Ertaklar va Afsonalar to’plamini yozishga sizga nima turtki bo’lgan?”
Yozuvchining ko’zlari yanada yorishib ketdi,ko’zlari deyarli projektorga o’xshab yorishib ketdi. “Agar men senga ularning o’z hayotimda yuz bergan desam ishongan bo’larmiding?” dedi u.
Tomashabinlar hiringlab qo’yishdi va janob Beyli farzandlari otalarining izohiga yanami deganday qilib uf tortishdi.Nima bo’gan taqdirda ham janob Beylidan taralayotagan nur hech qachon so’nmaydi.
U atrofga go’yo tomoshabinlar boshqalardek javobni jiddiy qabul qilmaganidan xafa bo’lgandek nazar soldi.
“To’g’ri” dedi u ishonch bilan.”Agar siz ko’ra olsangiz, bu dunyo sehrga to’la ammo men sizlar uchun qila olmaydigan bir tanlov bor”
Bu fikr uchinchi qatorda o’tirga kichik bir qizni o’rnidan turishga va qo’lini silkishga undadi. Savoli qanday bo’lishidan qat’iy nazar , qizcha uni xonadan kimdan bo’lsa ham so’rash istagida edi.
“Ha,kokilli yosh xonim “ dedi janob Quin.
“Salom,janob Beyli” dedi u. “ Mening ismim Anni va men sizni asarlaringizni juda ham yaxshi ko’raman. Men sizni olti jildlik Ertaklar va Afsonalar asaringizni ikki martalab o’qib chiqqanman”.
“Men buni ko’proq qadrlayman” dedi yozuvchi .” Xo’sh savoling qanday?”
“ Xo’sh, Bu siz aytgan gaplar bilan aloqador ya’ni Ertaklar va Afsonalar to’plamining to’g’ri bo’lishi haqida “ dedi u.”Hamma ma’lumki, Ertaklar va Afsonalar asari ertaklar olamiga sayohat qilgan egizaklar to’g’risida ammo men garov o’ynaymanki,ko’p odamlar o’sha egizaklar siz o’zingiz ekanligingizni bilmaydi. Men siz haqingizdagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqdan qidirdim va sizning Aleks ismli opangiz borligi haqida bilib oldim.Men tahmin qildimki,siz va singlingiz Ertaklar va Afsonalar turkumidagi Alek va Konni Bakstersizlar”.
Bu savol janob Beylini xavotirga soldi.Uning kitobxonlari odatda u yozgan asarlarga shunchalik mukkasidan ketishar ediki,hech uning shaxsiy hayoti,ayniqsa oilasi haqida so’rashmasdi.
“Bu ham asabiylashtiradigan ham haq savol,Anni” dedi janob Beyli.”Men senga aytishim mumkinki,senda xususiy tergovchi bo’lish uchun ba’zi….”
“Bu mening savolim emas” dedi qiz.”Mening izlanishlarimga ko’ra Aleks Beyli yettinchi sinfgacha Villov Krestdagi maktabga qatnagan ammo keyin barcha ommaviy yozuvlarda u haqidagi ma’lumotlar tasodifan g’oyib bo’lgan. Men har yerni izladim lekin uni qayerga ketgani bundan keyin kim bo’gani haqida zarracha ham ma’lumot topa olmadi.Shunday men bergan savol sizning kitobingizga emas ko’proq singlingizga aloqador.Aleksga nima bo’ldi?”
Dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan yozuvchi jim qotdi va ko’zlaridagi chaqnash ham yo’qoldi.U joyida qotib qolibdi bu savol tufayli emas ,bu u javob eslay olmayotganligi tufayli edi.U xotirasini har bir burchagidan izlab ko’rdi ammo u singlisi qayerdaligini hatto u bilan
qachon gaplashganini ham eslay olmadi. Aleks haqida uning xayoliga kelayotgan yagona xotirasi bu – o’smirlik davri ammo u uni oxirgi marta ko’rganiga ishonishdan bosh tortdi.U o’shandan buyon Aleks bilan suxbatlashganiga amin edi. U shunchaki bu kokilli qiz aytganidek go’yib bo’lgan bo’lishi mumkin emasdi yoki shundaymikin?”
“Men…Men…” diqqatini bir joyga jamlashga urinib ming’irladi janob Beyli.
Bu yerda nimadir noto’g’ri ekanligi kundek ma’lum edi .
Tomashabinlar asta o’rinlaridan tura boshlashdi.Yozuvchi tomoshabinlar o’zini noqulay his qilayotganini ko’rishi bilan u ularning bu munosabatlariga xuddi ular bilan hazillashayotgandek kuldi.
“Yaxshi, bu juda sodda savol” dedi u.”Asar so’ngida Konniga nima bo’ldi deysizmi?”
U yosh qiz bilan so’z o’yni o’ynayotgandek savolni takrorladi ammo qizig’i shunda ediki ,yozuvchi o’zi ham sevimli asarining yakunini eslay olmayotgandi.Singlisi qayerdaligini eslashga urinish uning xotirasidagi ancha narsalarni eslashga yordam berdi.
“U va Alek ikkalasi ham baxtli hayot kechirish kerak edi” dedi Anni.
“Shunday bo’ldimi?” so’radi yozuvchi.”Menimcha ha. Ha,savolingga ham javob shu”.
“Ammo janob Beyli…”
“Yaxshi , ajoyib kecha bo’ldi ammo men buni qisqartirishim kerak” dedi yozuvchi.”Bajonidil qolib savollaringizga javob bergan bo’lardim ammo menga to’rt soatlik tafakkur qilish yetadi”.
Yozuvchini esnoq tutdi va charchagan mudrab qo’ydi ammo bu ishonarli asos emasdi. Aslida,manan bo’shliq uni daxshatga solgandi va u qo’rquvini yuzaga chiqishidan qancha vaqt saqlab turishini bilmasdi.
Janob Beyli unga pand beradigan xotirasi haqida hazillar qilardi ammo bu tun u bu kuladigan masala emasligini anglab yetdi.
O’sha kechadan keyin farzandlari uni uyiga olib borib qo’yishdi va uni yaxshi joylashganiga amin bo’lishib ketishdi.Janob Beyli uyidan singlisini qayerdaligini bildiruvchi biror bir dalil izladi lekin u hech narsa topa olmadi hattoki biror surat ham.Farzandlari unga xuddi endi yurishni o’rganayotgan boladay muomila qilishdi.Shuning uchun ulardan singlisi haqida so’rashdan qo’rqdi.Xotirjam bo’lish uchun uni o’zi topishga qaror qildi.
Yozuvchi singilisining yuzini ko’z oldiga keltirishga urindi.Uning
Rangi o’chgan terisi,qizil yuzli yanoqlari,moviy ko’zlari,burnining uchidagi sepkillari va uning uzun oq-sariq sochlari doim uni ko’z oldida gavdalandi .Nima bo’lgan taqdirda ham bu uning yoshligidagi ko’rinishi edi. U hozir aniq qari ayolga aylangan.Qiziq nega uni biror marta suratga olmagan ekan.
“Eh Aleks , qayerga yo’qolding?” dedi u o’ziga.
Janob Beyli faqat bitta narsa uning xotirasiga turtki berishi mumkinligini bilardi.U o’zini o’quv xonasiga qamadi va o’sha to’plamini topguncha kitob javonini ag’dar to’ntar qildi.U kitob do’konida aytganidek, bu olti kitob u va singlisi yoshligida boshidan kechirga hayotiy voqealar ustiga qurilgan edi.Agar o’zi buni eslay olmasa,ehtimol hikoyalaridan biri unga turtki berar.
Janob Beyli javondan sabrsizlik birinchi kitobni oldi ammo har bir voqeani yozishga turtki bo’lgan narsa eslash u o’ylaganchalik oson kechmasdi.
“O’yla , qari chol ,o’yla”dedi u.”Ertaklar va Afsonalar: Orzularni amalga oshiruvchi tumor ertaklar dunyosiga bo’lgan birinchi sayohat edi shekilli… Biz nimadir yig’ayotgandik…Biz uyga olib ketishimiz kerak bo’lgan narsa edi…Eh, esladim Sehrli tilak!Dadamning jurnali bizga barcha narsalarni topishga yordam bergandi! Bizni bahaybat bo’ri Pak quvladi va biz Yovuz qirolicha bilan bo’lgan tasodifiy uchrashuvdan arang omon qoldik. Bu biz Frogi,Red,Jak va Goldilok bilan uchrashgan yilimiz edi”.
U xotiralarini eslaganidan juda xursand bo’ldi hatto sakrab ham yubordi keyin beli ko’p harakat qiladigan yoshdan o’tganini eslatib qo’yadigan darajada og’ridi.U kitobni joyiga qo’yib iziga qaytdi.
“Ertaklar va Afsonalar to’plami 2:Yozuv Elfning Qasosi” u o’qidi.”Nima haqida edi bu? To’xta, bu Jodugar qaytgan yil edi!Biz Granni kemasida butun ertaklar olamine kezib uchgandik.Aleks Jodugarni izzat-nafsiga tegib mag’lub qilgandi.U shunchalik zo’r edi. Bu Ona G’oz bilan uchrashgan va Onam Bobga turmushga chiqqan yilda bo’lgandi.
Ikkinchi eslagashi unga yanada madad berdi va to’plam ichidan uchinchi kitobni oldi.
“Ertaklar va Afsonalar 3: G’oyib bo’lgan Armiya” u o’qidi.”Bu ertaklar olamini bosib olishga uringan Grenda armiyasi bilan aloqador bo’lishi kerak!Askarlar Ona G’oz va Aka-uka Grimlar tufayli ikki yuz yildan ortiq portal ichida qolib ketgandi.Amakimiz ularga qo’shildi va ajdar tuxumini topib oldi.U mahluqni katta qildi va buvimiz sehrli olamga qaytishidan avval maxluqni o’ldirdi.Qoyil,Onam bizni shundan keyin ham tashqariga chiqishimizga ruxsat berganiga aql bovar qilmaydi”.
U to’rtinchi kitobdan beshinchisiga qo’l uzatar ekan,xotiralar ummondek oqib kela boshladi.U ularni barchasini saqlab turishga qiynaldi.Bu xuddi daxshatli qurg’oqchilikka uchragan yerdagi dovul kabi edi.
“Ertaklar va Afsonalar 5:Badiiyatga Sayohat
Download 41.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling