9- §. Hujayrani o‘rganish tarixi va hujayra nazariyasi
Download 10.96 Kb.
|
ODAM GENETIKASINING O\'RGANISH USULLARI stITOGENETIK, DERMATOGLIFIKA, BIOKIMYOVIY . PRENOTAL DIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitogenetik usul
- Biokimyoviy usul.
Sitogenetik usul so‘nggi yillarda katta ahamiyat kasb etdi. U odamda uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina qimmatli materiallar beradi. Genetika nuqtai nazaridan olganda irsiy kasalliklar mutatsiyalardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi retsessivdir. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan darajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi.
Biokimyoviy usul. Odamda uchraydigan juda ko‘p patologik holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o‘zgarishlar yuzaga kelishi ga bog‘liq bo‘ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining sabablari o‘rganiladi. Bu kasallik me’da osti bezining odatdagi faoliyati buzilishiga bog‘liq bo‘ladi, bu bez qonga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko‘payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Egizaklarni о’rganish usuli genetikaning eng qadimiy usullaridan bо‘lib, unga о‘tgan asrning oxirlari va asrimiz boshlarida F.Galton birinchi bо‘lib asos solgan. Egizaklar usulini о’rganishdan oldin egizaklarning biologiyasi bilan tanishmoq lozim Barcha tug’ilgan bolalar ichida egizaklar ( ikkita) 2% ni tashkil qiladi. Uchta egizaklar undan ham kam uchraydi, Ya’ni 8000-10000 tug’ilishiga bitta tо’g’ri keladi. Tо’rtta, beshta va undan ortiq egizaklarning tug’ilishi esa juda ham kam. Download 10.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling