9- §. Kurakli nasoslar nazariyasi


Nasos bilan ta'minlangan trubalarning hisobi


Download 473.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi473.89 Kb.
#1333323
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA\'RUZA

Nasos bilan ta'minlangan trubalarning hisobi.Biz gidravlika bo`limida 
ko`rganimizdek, trubalarni hisoblashda uning xarakteristikasini tuzishi yoki 
qarshilikni yengish uchun sarf bo`ladigan energiyani hisoblash zarur bo`ladi. 
Sarflanadigan energiya trubaning uzunligi va diametri, qarshilik koffitsiyenti 
mahalliy qarshiliklar va boshqalarga bog`liq. Bu sarfni yengish uchun qancha bosim 
kerakligini hisoblash yo`li bilan suv to`ldirilgan idishni qancha balandlikka 
ko`tarish zarurligini yoki berilgan bosim yordamida qancha sarf olish mumkinligini 
hisoblash yo`llari bilan tanishgan edik. Trubalardagi energiya sarfini yengish va 
tegishli sarf olish uchun nasoslardan ham foydalanish mumkin. Bunda albatta 
nasosning bosimi kerakli bosimdan kichik bo`lmasligi kerak, shuning uchun 
truboprovodda tegishli sarfni olish uchun yetarli bosmni hosil qilib bera oladigan 
nasosni tanlash nasosli trubalar hisobining asosini tashkil qiladi. Buni amalga 
oshirish 
uchun bir grafikning 
o`ziga 
nasosning va trubaning 
bosim 
xarakteristikalarini chizamiz (12.2-rasm). Rasmda 1-chiziq nasos xarakteristikasi 


bo`lsa, 2-chiziq truboprovod xarakteristikasi va 3-chiziq nasos FIK grafigidir. 
Ko`rinib turibdiki, xarakteristikalar joylashgan sohani uch qismga ajratish mumkin. 
Birinchi qismda nasosning bosimi trubaning shu sarfga tegishli bosimidan ortiq 
bo`lib, bu qismda nasosning foydali ish koeffitsiyenti kam bo`ladi. Ikkinchi qismda 
nasos
bosimi bilan, trubada tegishli sarf olish uchun zarur bo`lgan bosimlar deyarli 
teng bo`lib, bu qism xarakteristikalar kesishgan A nuqtani o`z ichiga
oladi.
 
12.2-rasm. 
Shunday qilib, sohaning bu qismida nasos eng yaxshi ishlaydi va uning 
foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo`ladi, ya'ni uning bosimi trubada suyuqlikning
kerakli sarfini hosil qilish uchun butunlay sarf bo`ladi.
A nuqta esa nasos truba bilan eng yaxshi ishlaydi. Uchinchi qismda nasosning 
bosimi trubada tegishli sarf olish uchun zarur bo`lgan bosimdan kichik bo`ladi, ya'ni 
nasos kerakli sarfni ta'minlay olmaydi. Bu rasmdan ko`rinadiki, berilgan trubada 
tegishli sarfni olish uchun shunday nasos tanlab olish kerakki, ularning 
xarakteristikalari shu sarf qiymati atrofida kesishsin. Albatta, zahira kuch nuqtaiy 
nazaridan qaraganda xarakteristikalari kesishish nuqtasi A tegishli sarfdan bir oz 
chaproqda joylashish kerak. 

Download 473.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling