9- дарс 1- топшириқ


Download 18.91 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi18.91 Kb.
#119349
Bog'liq
Гимнастика, енгил атлетика, баскетбол 1 u


9- Дарс

1- топшириқ

O'z -o’zini nazorat qilish usullari talabalarda alohida qiziqish uyg’otadi.O’qituvchi rahbarligi ostida o’z - o’zini nazorat qilish tala-baning o’rganish motivasiyasinirivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi.O’z salomatligini muntazam kuzatayotgan inson unda ro’y berayotgan turli oqishlarni o’z vaqtidasezadi va ularni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni ko’radi.Kundalik, pasport tutish o’z - o’zini nazorat qilishning samarali tashkiliy shakllaridir. O’zini hisqilish, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati, mushaklarning og’rishi -bu sub'ektiv ko’rsatkichlar, bo’y, tana vazni,vazn - bo’y ko’rsatkichlari, bo’yin, qorin aylanasi, hayotiy ko’rsatkich, jismoniy ahvolni baholash - bularesa ob'ektiv ko’rsatkichlardir.O’z - o’zini nazorat qilish muhim ta'lim va tarbiyaviy a?a-miyatga ega. U jismoniy sog’lomlashtirishmashg’ulotlarini sama-rali o’tkazish uchun zarur va bu mashg’ulotlarga ongli munosabatda bo’lish vaularga jalb etishning samarali usuli hisoblanadi.O’z - o’zini nazorat qilayotgan talaba o’z organizmi bilan chu-qurroq tanishadi, u yoki bu organlar vatizimlar ishini o’rganadi, u yoki bu yuklama organizmga qanday ta'sir ko’rsatayotganini o’rganadi.Shunday qilib, o’z - o’zini nazorat qilish, o’z - o’zini baholashning vazifalariga quyidagilar kiradi:talabani o’z organizmiga e'tiborliroq bo’lishga ishon-tirish;jismoniy mashg’ulotlar paytida o’zini boshqarishning oddiy usullariga o’rgatish;olingan ma'lumotlarni qayd etish, baholash, taqqoslash va umumlashtirishga o’rgatish;pedagogik hamkorlik asosi bo’lgan "talaba - O’qituvchi" pedagogik tizimi bo’yicha Yaqin aloqao’rnatish;tibbiy nazorat ma'lumotlarini to’ldirish, unga yanada aniqlik kiritish;o’z - o’zini nazorat qilish ma'lumotlaridan jismoniy ahvol, jismoniy rivojlantirishdarajalari, gavda tuzilishi, qon aylanishi xususiyatlarini aniqlashda foydalanishni o’rgatish.O’z - o’zini nazorat qilish va baholash talaba ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi.Jismoniy mashg’ulotlarga motivasiyani faollashtirishga o’z-o’zini nazorat qilish usullari yordamberadi. Uning eng muhim afzalligi shundaki, shug’ullanuvchilar o’z salomatliklarini mun-tazamkuzatar ekanlar jismoniy mashg’ulotlarning o’z organizm-lariga ijobiy ta'sirini his qiladilar.O’z - o’zini ob'ektiv nazorat qilish uchun turli sinov va testlardan foydalaniladi.



2- топшириқ

O’rta masofalarga yugurishga 800 m va 1500 m ga yugurish, uzoq masofalarga yugurishga 3000 m dan 10000 m gacha yugurishlar kiradi. Ular stadionda yoki kross masofalarida o’tkaziladi. Yugurish jarayonini shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin: start va startdan tеzlik olish, masofa bo’ylab yugurish va marraga еtib kеlish. Yugurish tехnikasi asoslari eng konsеrvativ bo’lib, ko’p asrlar davomida ular jiddiy o’zgarmagan. Yetakchi sportchilarning individual tехnikasini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar faqat kichik o’zgarishlar kiritilishiga asos bo’lgan.

O’rta masofalarda yugurish tеzligining qadam uzunligini oshirish hisobiga ortishi chеklangan, chunki juda katta qadam katta enеrgiya sarfini taqozo etadi.

Yuguruvchilarda qadam uzunligi masofaga va individual qobiliyatlarga qarab taхminan 160-220 sm ni tashkil etadi. YUgurish tеzligi, odatda, qadamlar uzunligi saqlangan holda ularning sur’ati hisobiga oshadi.

Marraga еtib kеlish. O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar odatda oхirida marraga tashlanishni (otilishni) yoki spurt bajaradilar. Uning uzunligi masofaga va yuguruvchining potеnsial imkoniyatlariga qarab o’rtacha 150-200 m ga еtadi. Marraga tashlanish vaqtida yugurish tехnikasi bir oz o’zgaradi: gavdaning oldinga egilishi ortadi, qo’llarning yanada faolroq harakatlari kuzatiladi. Masofaning oхirgi mеtrlarida harakat tехnikasi buzilishi mumkin, chunki toliqish boshlangan bo’ladi. Toliqishning ta’siri birinchi galda yugurish tеzligiga ta’sir qiladi: harakatlar sur’ati pasayadi, tayanch vaqti ortadi, dеpsinish samaradorligi va dеpsinish shiddati kamayadi.

Yugurish tехnikasi va, birinchi navbatda, yugurish qadamining tuzilishi hamma masofalarda saqlanib qoladi, faqat qadamlar uzunligi va sur’ati nisbatlari, kinеmatik va dinamik tavsiflar (masofa uzunligiga, yugurish tеzligiga, har bir sportchining antropomеtrik хususiyatlariga va jismoniy imkoniyatlariga qarab) o’zgaradi.O’rta va uzoq masofalarga yugurishda nafas olish burun va og’iz orqali amalga oshiriladi. Nafas olish ritmi yugurish ritmi bilan uyg’unlashtiriladi. Organizmning kislorodga bo’lgan talabi oshgan sharoitda nafas olish ritmi tezlashtirilishi talab qilinadi.xususiyatlari, ular tomonidan qo’llaniluvchi taktik variantlar) hisobga olish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. to’rtinchidan, yugurish davomida turli xil tashqi omillarning (ob – havo sharoiti, yugurish yo’lagining holati, kross trassasining relefi, tomashabinlarning ko’rsatuvchi reakstiyasi va hakozolar) e’tiborga olinishi talab qilinadi.

Ushbu bilimlarni egallash va ulardan mashg’ulotlar va musobaqalar jarayonida foydalanishda yuguruvchi tomonidan ma’lum bir masofalarga nisbatan eng to’g’ri taktik harakatlar rejasi tuzib chiqilishi, yugurish grafigi tuzilishi va yugurish davomida foydalanish uchun bir qancha asosiy taktik variantlarning belgilab olinishi amalga oshirilishi talab qilinadi. Musobaqa davomida sportchi masofa bo’ylab asosiy raqiblarining harakatlarini kuzatib borishi, o’z vaqtida va to’g’ri holatda, aniq tarzda ularning harakatlariga nisbatan mo’ljal ola bilishi, marraga yaqinlashish momentida tezlikni oshirish vatqini to’g’ri aniqlay olishi, har qanday taktik variantlarni qo’llash orqali marra chizig’ini oldinroq kesib o’tishga intilishga qodir bo’lishlari talab qilinadi. Bunda yuguruvchi ob – havoning har qanday o’zgarishlariga moslasha olishi, yugurish yo’laklari holatiga moslashishi va shunga o’xshash hakozo holatlarni amalga oshirishi talab qilinadi.

Sportchilarning taktik bilim va ko’nikmalari turli xil manbalar asosida o’zlashtiriladi, biroq eng asosiysi – bu maxsus mashg’ulotlar, tahminiy chamalablar va nazoratlar, shuningdek taqvim musobaqalari hisoblanadi.

Yuguruvchi mashg’ulotlar va musobaqalar jarayonida o’z oldiga qo’yuvchi taktik vazifalar juda turli xilda bo’lishi mumkin. Masalan, oldindan belgilangan tezlikda bir nechta aylanani yugurib o’tish yoki ma’lum bir masofa kesimlarini bosib o’tish; yugurishni tezkor tarzda boshlash va raqiblar guruhi tarkibida kerakli o’rinni egallash; turli xil vaziyatlarda raqiblarni quvib o’tish, yugurish ritmini o’zgartirish; ikkinchi 400 metrlik masofani tezroq va birinchi bo’lib bosib o’tish va hakozo ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.

800 metr masofaga yugurishda vaqtning taqsimlanishi qanday amalga oshiriladi, bu albatta nisbatan oddiy ko’rinishga ega hisoblanadi. O’z navbatida, bunda yuguruvchilar ikkinchi 400 metrni birinchisiga nisbatan 3 – 4 sekund yomonroq natija bilan bosib o’tishadi. Ushbu ko’rinishda, agar siz 2.02,0 natijasini hisobga




3- топшириқ

Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar


1. Òik turib, oyoqlarni kengroq qo‘yish. Qo‘lda kaft

espanderi — espanderni qisish va qo‘yib yuborish —

qo‘llar pastda, yonda, oldinda, orqada.

2. Devor oldida 0,5 — 0,7 m masofada tizzada turib

barmoqlarga (kaftlarga) tayangan holda qo‘llarni bukish

va yozish.

3. Òik turib oyoqlarni kengroq qo‘yish va 1 — 3 kg li

gantellarni ko‘krak oldida ushlab turish. Qo‘llarni yonga

yozish. Shuning o‘zi, faqat oldinga egilib yoki o‘rindiqda yotish. Variant: tik turib, o‘tirib, yotib qo‘llarni

yuqoriga, yonga bukish va yozish.

4. Oyoqlar yelkadan kengroq qo‘yilgan, qo‘llarda

gantellarni ushlab, oldinga oyoq uchiga egilish. Òo‘g‘-

rilanib, qo‘llarni yonga uzatish. Variant: oldinga egilib,

qo‘llarni birga qilib yerga tekkizish, turayotib qo‘llarni

yuqoriga ko‘tarish.

5. Gimnastik o‘rindiqqa yotib tayanish. Qo‘llarga

tayanib bukilish. Shuning o‘zi, faqat oyoqlar skameykaga tiralgan. Yotib bo‘ksada, boldirda, oyoq uchida

tayanish va bukilish. Bir oyoqni tepaga ko‘tarib qarsak

chalish.

6. Òik turib tayanish. Stul suyanchig‘iga qo‘llar bilan tayanib, qo‘llarni bukish va shu paytning o‘zida

oyoqlarni tizzadan bukish. Shuning o‘zi, faqat oyoqlarni burchak hosil qilib ushlash.

7. Rezina (espander) bilan mashqlar. Rezinaning

o‘rtasida turib, uning uchlarini qo‘lda mahkam ushlab,

yon tomondan yuqoriga, oldinga cho‘zish va dahanga

yetkazish.

8. Arqondan, ustundan yuqoriga qo‘l va oyoq yordamida chiqish. Shuning o‘zi, faqat qo‘llar yordamida

chiqish. Shuning o‘zi, yuqoriga va pastga qo‘lning

o‘zida chiqib-tushish.9. Qorinda stulga (tumbochkaga) yotib, qo‘llar bilan yaqin turgan tayanchni ushlab, belni bukib ko‘tarish va tushirish. Shuning o‘zi, faqat oyoqlarda 1 —2,

3 — 4 kg li to‘ldirma to‘pni ushlab turish.

10. Òik turib oyoqlarni yelka kengligida qo‘yish va

qo‘llarda gantellar bilan chuqur o‘tirib-turish. Bir oyoq

bilan oldinga qadam tashlash va orqaga qaytish. Oyoqlar holatini o‘zgartirib sakrash. Variant: qo‘llarda gantellar bilan bir oyoqda o‘tirib-turish.

11. Sherik bilan mashqlar: sherikni bir va ikki qo‘l

bilan o‘z tomoniga tortish. Shuning o‘zi, faqat tizzada

turib tortishish.
Tezlikni rivojlantiruvchi mashqlar
1. Basketbol va voleybol to‘pini katta tezlikda devorga urish va ilib olish. Ikki oyoqda va bir oyoqda

sakrash, joyida yugurish. Variant: shu mashqlarning

barchasini sherik bilan tik turib, yotib, o‘tirib, tizzada

turib bajarish. Ko‘krakdan, bosh ustidan, chapdan,

o‘ngdan, pastdan otishlarni tez bajarish.

2. Daraxt shoxiga qarab turib, yuqori tezlikda o‘tirib-turib, osilib turgan shoxni ushlash.

3. Chalqancha yotib yoki o‘tirib qo‘llarga tayanish

va yuqori tezlikda „velosiðed“ haydash mashqini

bajarish. Variant: yuqori tezlikda oldinga egilish va

turish.


4. 3 m ga, 5 m ga va 10 m ga mokisimon yugurish

va qaytish. Oyoqdan oyoqqa sakrab yugurish.

5. Zinapoyaga yugurib chiqish.

6. Joyida turib, tizzalarni ko‘krakka tortib, „kenguru“ga o‘xshab sakrash. Oldinga „qurbaqa“ga o‘xshab, yuqori tezlikda ikki oyoqlab sakrash.

7. Engashib gimnastik tayoqni ikki qo‘llab ushlab

turish va undan sakrash.

8. Joyida turib sonlarni yuqori ko‘tarib, katta tezlikda yugurish. Shuning o‘zini oldinga siljib bajarish.

9. Avval bir oyoqda joyida turib, so‘ngra oldinga

siljib sakrash. Sherik bilan bir oyoqlab quvlashmachoq o‘ynab sakrash.10. Sherik bilan 20, 30, 40, 50, 60 m masofalarga vaqtga — kim oshdiga yugurish.

11. Rezina arqon bilan qarshilikni yengib yugurish

(„ot“ o‘yini, sherik arqonni qo‘l bilan ushlaydi)
4- топшириқ

O‘yin markaziy doiradan boshlanadi. Bahslashayotgan o‘yinchilar to‘pni ilib olishga haqlari yo‘q, faqat

olib qo‘yib, sheriklariga uzatadilar. Òo‘pni egallagan

jamoa o‘yinchilari uni bir-birlariga uzatishlari mumkin.

O‘yinchilar to‘pni faqat bir qo‘llab olib yurishga haqlidirlar. Agar to‘pni olib yurib ushlab turilsa, yana olib

yurishni davom ettirish mumkin emas. Hujum qilayotgan jamoaning xohlagan o‘yinchisi halqaga to‘p tashlashga haqi bor. Irg‘itishni bajarish uchun 30 soniya

beriladi. Agar irg‘itish paytida o‘yinchini itarib yuborsalar yoki qo‘liga ursalar (bordi-yu, shu sabab bo‘lib,

to‘p halqaga tushmasa), bu o‘yinchiga 2 ta jarima to‘-

pi irg‘itish huquqi beriladi. Agar bu qoidabuzarlik

3 ochkolik maydonda ro‘y bersa, unda o‘yinchi 3 ochkoli jarima irg‘itishni oladi. 5 ta shaxsiy ogohlantirish

olgan o‘yinchi o‘yindan chetlatiladi. Qo‘lda to‘p bilan

yugurishni, 2 qo‘l bilan yoki takroriy olib yurishni qo‘-

shaloq olib yurish deyilsa, to‘pni maydon tashqarisiga

oyoq bilan chiqarib yuborishni oyoq bilan o‘ynash

deyiladi. Bunday qoidabuzarliklardan keyin o‘yin yon

chiziqdan qayta boshlanadi. Halqaga tushirgandan so‘ng

esa o‘yin old chiziqdan, ya’ni halqa tagidan boshlanadi.Bahs to’pi — maydondagi uchta doiradan birida jamoalarning ikki o'yinchisi o'rtasida to'pni tashlab, o'yinga kiritishga aytiladi.

Jarima to’pi tashlash — to'pni savatga tashlash paytida uni to'xtatib qolish maqsadida raqib tomonidan yoi qo'yilgan xato uchun belgilanadi va u jarima tashlash chizigMdan bajariladi.

5- топшириқ

1. 1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shahriga yurish bo’yicha Rossiyada mashur bo’lgan Lev Barxash keladi,u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib,ular

bilan birgalikda Marg’ilon soy (Mustaqilik ko’chasi) qirg’og’ida velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingohlarni qayta ko’rib yugirish uchun moslashtitish, 280 metirlik yugurish yo’lagi ko’radi va hatto,sakrash uchun kundoklar o’rnatadi. U paytlarda sharlarda yengil atletika to’garaklarida,asosan,katta yoshdagi,juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa,sport ishqibozlari jamiyatlari,xususan sport klublari va skavo’tlari tashkilotlari a’zolari bo’lgan. Oktyabr inqilobidan so’ng jismoniy tarbiya va sportning ommoviy rivojlanisiga katta e’tibor beriladi.Turkiston Respublikasi Xalq ta’limi komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh

boshqarmasi tamonidan moydonlarda nomoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda turli musabaqalarni tashkil etish,shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga rahbarlik qilgan.

Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan mashg’ulotlar tashkil etilagn. 1920 yilning oktabrida Toshkentda 1 O’rta Osiyo Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shahmat va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan. Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi quvonchli zafarlarni qo’lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, hatto ikki marotaba birinchi o’rinni egallashadi (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich akauka Bo’rmakinlar). 8x100 m estafetasida esa farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan holda g’alaba qozonadi. Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantrishga bo’lgan ehtiyoj 1921 yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha Markaziy kengash tuzishga olib keladi. 1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. SHuning uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’lim tizimida uch oylik ko’rsatlar ochilib, jismoniy ta’lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy qo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi. 1922 yilda yengil atletika bo’tsicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’lga kiritgan g’alabalarining 1jadvali tuziladi. SHu davrning yetuk yengil atletikachilari: N. Ovsyannikov, P. Taranov, YA. Valishevlar ishchi va dehqon-yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish olib borishadi. 1924 yilning mayida Toshkentda, o’lkada, birinchi o’yingoh (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o’rniga V. S. Mirofanov nomli suv

sporti saroyi barpo etilgan. SHu yilning avgust oyida Umum turkiston jismoniy

madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha nafar sportchi

qatnashgan.

O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston davlat milliy tuzilishiga ko’ra, 1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. SHu yildan boshlab O’zbekistonning yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi. Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II sezdi qarorlarini bajara borib, respublika o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari jalb qilina boshlandi. 1926 yilning 15 iyulida Toshkentning SHayxontoxo’r tumanida eski shahar (“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umum o’zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I Butun Ittifoq spartakiadasi oldidan o’tkazildi. 1927 yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay ovsyannikov Yugurish bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17. 0 sek yugurib o’tdi hamda balandlikka sakrash bo’yicha sobiq SSSR rekordini o’rnatdi. U vatan yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyanikov masofani 16. 2 sek da yugurib o’tdi. So’ngra u masofani 15. 2 sek chopib o’tadi. Biroq sportchi Yugurish chog’ida ikki to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi. Moskvada o’tgan I Butunittifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilari ishtirok etishdi. N. Ovsyannikov 110 metr Yugurishda (16. 2), YU. Dunaev baladlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12. 75), A. Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25. 33), Z. L. Rikova ayollar ichida langar cho’p bilan balandlikka sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.

1929 yil bahoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi o’tkazila boshladi. Samarqand, O’rganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o’rtasida yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishning dastlabki harakati bo’lgan. 1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog’iston Respublikasi qonkursdan tashqari ishtirok etdi). 1934 yilning 512 sentabrida bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturning 16 turidan o’ntasida o’zbek sportchilari (E. Po’tsillo 100, 200 va 400 metrga Yugurish, V. TSexmestrenko 3000 va 1500 metrga Yugurish, V. Bezrukov: 500 va 1000 metrga Yugurish, YU. Dunaev to’siqlar ora 100 metrga Yugurish, E. Rubyashev balandlikka sakrash, N. Bespakoynov uch hatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.

Ayollar dasturi bo’yicha yetti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek sportchilari (L. SHaternikova 100 metrga Yugurish va balandlikka sakrash, M. Toporova Yadro irg’itish va nayza otish, T. Ko’zneova lappak otish, T. Basharina uzunlikka sakrash, 800 metrga Yugo’rish) g’alabani qo’lga kiritadi.

Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida o’sha davr sportning yetuk mutaxassislari bo’lgan N. Ovsyannikov, P.

Kravchenko, P. Klyazu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari katta bo’lgan. 1936 yilning sentabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi.

Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda L. SHaternikova, V. TSexmestrenko, M. Toporova, T. Vesednova, L. Olixova, A. Kotsarevlar o’z yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.

Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib,

unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi. Respublikaning kuchli sportchilari M. Toporova, L. Maksimicheva, SHaternikova, A. Borisov, P. Taranev, V. TSexmistrenko, G. Kotsarev, A. Kotsareva, L. Olixovlar, E. Po’tsillo, N. SevrYukova (Borisova), N. Bespokoynov, F. Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilagn rekordlar yana bir

yangilandi.

2. Muhsin Hisomiddinov-Kurash. Svetlana Radzivil -yengil atlerika. Isroil Madrimov-Boks va boshqa ko'plab sportchilar.



3.Hasanboy Do'stmatov (boks), Ruslan Nuriddinov (og'ir atletika), Shahobiddin Zoyirov (boks) va Fazliddin G'oyibnazarov (boks) lar.Diyorbek O'rozboev (dzyudo), Rishod Sobirov (dzyudo), Elmurot Tasmurod (yunon-rum kurashi), Rustam To'laganov (boks), Murodjon Ahmadaliev (boks), Ixtiyor Navro'zov (erkin kurash) va Magomed Ibragimov (erkin kurash).
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling