Botiq sirtlarni egovlash
1.Egrilik radiusi katta botiq sirtlarni egovlash.
|
1.Xomaki mahsulot rejalanadi.U girada shunday qisiladiki, botiq. qismi yuqorida bo’ladi. Botiq sirt yarim dumaloq egovning dumaloqlangan qismi bilan 0,1-0,2 mm qoldirib egovlanadi; egov ish vaqtida egovlanayotgan sirt bo’ylab sal burib,o’ngga yoki chapga siljitiladi. Botiq sirtga bo’ylama chiziqlar bo’ylab ishlov beriladi.
|
2.Egrilik radiusi kichik botiq sirtlarni egovlash.
|
2.Dumaloq egov shunday tanlanadiki, uning diametri egrilik radiusining ikkilanganidan kichrayadi. Egov ish yurishi vaqtida o’z o’qi atrofida aylantirilib, reja bo’yicha egovlanadi.
|
3.Egrilik radiusini shablon yoki radius bilan tekshirish.
|
3.Katta radiusli egrilik ma’lum andoza bilan yorug’lik tirqishi usulida tekshiriladi. Kichik radiusli egrilik andoza yoki radius o’lchagich bilan yorug’lik tirqishi usulida tekshiriladi.
|
Egri chiziqli sirtlarni mexanizatsiyalashgan asbob bilan ishlash
|
1.Sirtni freza - sharoshka, aylanadigan shakldor dumaloq egov, abraziv kallak bilan ishlash.
|
Eslatma.Freza-sharoshkalar bilan metallning qalin qatlami olinadi yoki sirtlar v a qirralar dag’al tozalanadi; shakldor dumaloq egovlar aniqishlov berish uchun qo’llaniladi; shakldor abraziv kallaklar bilan ishlangan sirtlarga oxirgi tozalash ishlovi beriladi. Asbobning shakli ishlov berilayotgan sirt konfiguratsiyasi-
ga ko’ra tanlanadi. 1.Qirquvchi asbobning orqa uchi egovlash-tozalash stanogining asbob tutqichiga qo’yiladi. Yuritgich ishga tushiriladi va stanok salt yurishda sinab ko’riladi. SHakl ma’lum shablonlar bilan tekshirilib, sirt kerakli tozalikkacha ishlanadi.
|