Ortib borayotgan uzatish tezliklarini (kanalga 40 Gbit/s dan va 1 Tbit/s gacha) qo‘llash uchun optik tashuvchi chastotalarni bir necha modulyasiyalash formatlari ishlab chiqilgan va joriy etilmoqda, ularda CW lazer shakllantirgan optik nurlanishning amplitudaviy ASK (amplitude shift keying), fazaviy PSK (phase shift keying) va polyarizatsion PolSK (polarization shift keying) tashkil etuvchilarini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarni uzatish tezliklarini oshirishda va optik kanalning chastotalar polosasini saqlash uchun amplitudaviy-fazaviy va polyarizatsion kodlash ishlatiladi, bu kanalning polosasidan past foydalanish samaradorligidan (1 bit/s/Hz dan past) 12 bit/s/Hz gacha etadigan yuqori foydalanish samaradorligigacha (2 bit/s/Hz dan ortiq) oshirishga yordam beradi.
ASK (BP - bipolar, CS-RZ - carrier suppressed return to zero , AMI - alternate mark inversion, RZ - return to zero, NRZ - non return to zero, binary) amplitudaviy kodlash formatlari past spektral samaradorligi tufayli terabitli tizimlar uchun qiziqish uyg‘otmaydi.
Lekin yuqori sathli echimlar uchun formatlar bo‘yicha cheklashlar mavjud. Modulyasion formatlar spektral samaradorligiga bu cheklashlar, avvalo, optik shovqinlar, optik kanalning uzunligi, mumkin amplitudaviy-fazaviy holatlar soni, optik kanalning chastotalar polosasiga bog‘liq.
Amplitudaviy-fazaviy va polyarizatsion kodlash DP(PM) - mPSK, DP(PM)-mQAM (m=4, 8, 16 va h.k.) qo‘llaniladigan yuqori spektral samaradorlikli formatlar taqqoslashda ko‘rib chiqilishi mumkin. - Amplitudaviy-fazaviy va polyarizatsion kodlash DP(PM) - mPSK, DP(PM)-mQAM (m=4, 8, 16 va h.k.) qo‘llaniladigan yuqori spektral samaradorlikli formatlar taqqoslashda ko‘rib chiqilishi mumkin.
- m - QAM - Quadrature Amplitude Modulation (m=8, 16, 32, 64, 128, 256 va h.k. (rasm)) va m – PSK ko‘p pozitsiyali modulyasiyalash
- Optik kanallarda yuqori uzatish tezliklariga (terabitli va petabitli) erishish uchun ko‘p pozitsiyali modulyasiyalash formatlarining (16 dan 256 tartibgacha) qo‘llanishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |