9- mavzu: Ma’lumotlar bazalari va kata hajmdagi malumotlar bilan ishlash texnologiyalari Asosiy savollar
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
9 Dars Mavzu Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtoforma: svodnaya diagramma
- Forma
Avtoforma: tablichnaya (jadvalli) – maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar
ko`rinishida tuzish. Avtoforma: svodnaya tablitsa – bir necha jadallardan jamlanma jadval ko`rinishida forma tuzish. Avtoforma: svodnaya diagramma – bir necha jadallardan jamlanma diagramma ko`rinishida forma tuzish. Diagramma – diagramma ko`rinishida formalar tuzish. Svodnaya tablitsa (jamlanma jadval) – Excel jadvallari bilan taqqoslash usulidan foydalanib formalar tuzish.
muloqot oynasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so`rov nomi ko`rsatiladi. Ma’lumki, Forma asosan, boshqarish elementlaridan iborat bo`lib, uning tashqi ko`rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog`liq. Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tahlil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. MO ning oynasida Sozdat tugmasini bosish bilan Novaya forma muloqot oynasi ochiladi. Unda kerakli so`rov yoki jadvalni tanlab “sichqoncha” chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tahlil qilish esa 4 bosqichdan iborat: a) formaga kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni tanlash; b) formaning tashqi ko`rinishini tanlash; d) formaning fon tasvirini tanlash; e) forma nomini berish. Microsoft Access 9x boshqarish panelining Vid tugmasini bosish natijasida forma tuzilmasi bilan panel elementlari (formani boshqarish jarayonini tahlil qiladigan asboblari bilan jihozlangan) ochiladi. Shuni nazarda tutib, Forma tuzilmasi haqida to`liqroq ma`lumot berishga harakat qildik. Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat: - forma sarlavxasi; - ma’lumotlar beriladigan joy; - eslatmalar satri. Boshqarish elementlari, asosan, ma’lumotlar beriladigan joyda ifodalangan bo`ladi (11.11-rasm). Boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi maydonini ifodalaydi. “Sichqoncha” ni surish bilan bu o`lchamni o`zgartirish mumkin. Shuni eslatish lozimki, ba’zan maydon nomi bilan ma’lumotlar joylashadigan oraliqda yozuv kiritish mumkin. Har qanday MOBT ning dizayni, ko`rinishi forma- interfeyslar bilan baholanadi. Chunki foydalanuvchi bilan MO orasidagi muloqot shu
formalar orqali amalga oshirilganligi uchun katta mahorat bilan yaratilgan, qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`lgan tizimlar hozirgi zamon talabiga javob berishi kerak. Masalan, rasm, menyular, yordam(help), gipermurojaatlarni joriy etish mumkin. (11.12-rasm).
11.11-rasm Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling