9 – Mavzu: Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo‘ljallangan dasturlar


Download 207 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi207 Kb.
#225174
Bog'liq
9 мавзу



9 – Mavzu: Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo‘ljallangan dasturlar


Mathcad dasturi foydalanuvchi interfeysi Windows operatsion tizimida ishlashga muljallangan. Biz bunda dasturiy ta’minot muhiti interfeysi moslashtirilgan versiyasini ko‘rib chiqamiz. (1-rasm)

(1-rasm)

Mathcad tizimida hujjat ish varag‘i deb nomlanadi (WorkSheet), bunda oyna tahrirlashda yangi hosil qilinadi yoki o‘zgartiriladi va foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Tahrirlash oynasi ikki moslamalarni o‘z ichiga olgan: hujjatning yangi komponentlarini joriy etish va o‘rnini aniqlash uchun kursor, davriy vertikal sahifa chegaralari.

Ko‘chirish tahrir oynasida klaviaturadagi ko‘rsatgich yoki sichqoncha tugmasini tanlash orqali amalga oshiriladi. Sahifa chegaralarini o‘zgartirish Fayl menyusi nastroyka bo‘limi orqali bajariladi.



Dastur oynasining yuqori qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • stroka zagolovka - dastur va joriy hujjat nomi;

  • stroka menyu - turli vazifalarni bajarish imkonini beradi;

  • standartnaya panel – standart uskunalar paneli;

  • panel formatirovaniya - formatlash uskunalar paneli;

  • panel instrumentov "Matematika" (Math) - matematik obyektlarni kiritish uchun - matematik va maxsus belgilar palitrasi (rasm-2).

(2-rasm)

Oynada zarur bo‘lgan panellarni Vid – Paneli – Imya paneli bo‘limlari orqali tiklash imkoniyati mavjud.

Yuqorida ta’kidlanganidek Mathcad dasturi ishlanishi kerak bo‘lgan matematik masalani va unga yaqin yozuvarni tasvirlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Dastur nafaqat formulalar bilan emas balki, hisob-kitoblarni amalga oshiradi, har xil turdagi tenglamalarni ishlash, turli grafika qurish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Matnni formatlash, hujjat MSWord uslubida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bunday imkoniyatlarni taqdim etish uchun qo‘yidagi funksiyalardan foydalaniladi:



  • Vstavitgrafik elementlar, obyektlarni kiritish uchun;

  • Format – obyektlarini formatini o‘zgartirish;

  • Instrument – hisoblash jarayonini boshqarish uchun;

  • Simvolika –belgili protsessor vazifalarini tanlash uchun.

Mathcad dasturi belgilarni kiritish uchun emas balki, klaviatura yordamida "Matematika" panelidagi palitradan maxsus matematik belgilarni joylashtirish mumkin.

"Matematika" panelidagi tugmalar orqali quyidagilardan foydalanish mumkin: Kalkulyator (1), Grafika (2), matritsalar bilan ishlash imkoniyati-Matritsa(3), Hisoblash(4), hisoblash matematikasi(5), mantiqiy ifodalar(6), Dasturlash(7), belgilarni kiritish (8), Belgilar va belgili operatsiyalar. (2-rasmga qarang)
Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling