9- mavzu: Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi


- Mavzu: Mutaxassislik fanlari darslarini tiplari


Download 16.65 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1150305
1   2   3
Bog'liq
9МК-Mavzu

8- Mavzu: Mutaxassislik fanlari darslarini tiplari
Har bir aniq dars oldiga qo‘yiladigan asosiy ta’limiy vazifaga qarab darsning strukturasi va ayrim bosqichlarining vazifasi o‘zganishi mumkin. Shu nuqtai nazardan o‘quv kabinet va ustaxonalaridagi darslar bir necha tiplarga bo‘linishi mumkin.
Mutaxassislik fanlari darslarini talabalar yangi bilimlarini egalaydigan, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradigan darslar, bilimlarni amalda qo‘llash, takrorlash darsi, bilim,ko‘nikma va malakalarni tekshirish, kombinatsiyalashgan dars kabi tiplari bo‘ladi(5-rasm).
Mutaxassislik fanlari darslarining talabalar yangi bilimlarini egalaydigan tipi. Ushbu dars tipiga yangi materialni bayon qilish, talabalar mustaqil ishlari muhim rol o‘ynaydigan kirish mashg‘ulotlari, shuningdek, asosiy ta’limiy vazifasi talabalarga nazariy ma’lumotlar berish, ularda ba’zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa mavzulariga doir darslar kiradi.
Ko‘nikma va malakalarni shakllantiradigan darslar. Bunday darslar o‘quv kabinet va ustaxonalarida ko‘proq o‘tkaziladi. Ko‘nikma va malakalarning shakllantirish darsining asosiy bosqichi o‘qituvchi kuzatuvida talabalarning mustaqil ishlaridan iborat bo‘ladi. Yangi mahsulot buyumlarini tayyorlashda ana shunday darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bilimlarni amalda qo‘llash darslari. Bilimlarni qo‘llash darslarida (misol uchun modellashtirish mavzu) talabalarning mustaqil ishlari alohida o‘rin tutadi. Ammo, u ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslaridagiga qaraganda bir muncha boshqacharoq yo‘sinda baholanadi. O‘qituvchini avvalo talabalar biror ishni bajarishda o‘z bilimlarini qanchalik mohirlik va mustaqil qo‘llay olishlari qiziqtiradi. Bunda u talabalarning Texnologiya usullarini to‘g‘ri bajarishini nazorat qiladi.
Takrorlash darsi. Talabalarning yangi materialni o‘zlashtirish va mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan takrorlash hamma tipdagi darslarda qo‘llanadi. Takrorlash o‘qituvchiga darsning asosiy ta’limiy vazifasini bajarishda yordam beradigan muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ammo ba’zan takrorlashning o‘zi darsning markazida turadi. Bunday dars yakunlovchi mashg‘ulot bo‘ladi.

Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling