9- мавзу: Ўпкали моллюскалар кенжа синфи. Поячакўзлилар уруғи Поячакўзлилар
Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi
Download 0.97 Mb.
|
9-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- uruqlik o’pkali mollyuskalari
- Quruqlik o’pkali mollyuskalarning ko’zlari paypaslagichlari uchlarida joylashgan. Nafas olish organi
- 4. Вiologiyasi
Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi
Quruqlik o’pkali mollyuskalari - barcha quruqlikda yashovchi mollyuskalarni birlashtirgan ekologik guruh bo’lib, hozirgi dunyo faunasida 25 mingga yaqin retsent turlari bor. Qorin oyoqli mollyuskalar evolyutsiyasi davomida quruqlik o’pkali mollyuskalari quruqlikka yashashga o’tishi bir necha marotiba sodir bo’lgan. Shuning uchun ular nihoyatda xilmaxil, ko’pincha bir-biriga yaqin bo’lmagan sistematik guruh hisoblanadi. Quruqlik mollyuskalari er sharining Antraktidadan tashqari barcha qismida uchrab, cho’ldan to yomg’irli o’rmonlargacha bo’lgan turli xil biotoplarda yashaydi. Ular asosan ikkita hayot shakliga ega: chig’anoqlilar va yalang’och shilliqqurtlar. Quruqlik o’pkali mollyuskalarning ko’zlari paypaslagichlari uchlarida joylashgan. Nafas olish organi-o’pka bo’shlig’i devori qon tomirlariga boy. Tanadagi suvni haddan tashqari bug’lanishini, tanadan ajralib chiqadigan shiliq va chig’anoq himoya qiladi. Helix avlodi vakillari bir necha kun davomida tanadagi suv yo’qotishni 50% ga va yalang’och shiliq qurtlar 80% ga bardosh bera oladi. Noqulay va xavfli vaziyatlarda tanasini chig’anoq ichiga tortib chig’anoq og’zi mantiyaning yo’g’onlashgan chetlari bilan, uzoq davom etgan issiq va sovuq davrda chig’anoq og’zi epifragma bilan yopiladi. Yalang’och shiliq qurtlarda ichki qop reduktsiyaga uchragan, ichki organlari ikkinchi marta tseflapodiyga joylashgan; shunga ko’ra hayvon simmetrik tuzilshga o’xshab ko’rinadi, ammo baribir nafas olish va jinsiy teshigi tananing o’ng tomonida joylashgan. 4. Вiologiyasi Ovqat hazim qilish sistemasi tuzilishi qorin oyoqli mollyuskalar sinfining boshqa vakillarinika o’xshaydi, faqat ichaklarining bir oz uzunligi bilan farqlanadi. Qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasi tuzilishi qorin oyoqlilar sinfiga mos, biroq nerv sistemasi Geophila larga o’xshab yuksak darajada rivojlanmagan. Masalan, ko’payish paytida - neyrosekeret bezlarining faol davrida ham, har bir gangliyni farqlash mumkin. Bu holatni ilk bor, Stinberg Chondrina similis vaVertigo moulinsiana tserebral nerv sistemasini o’rganish davrida aniqlagan. Bu gangiliylar bir-biri bilan ikkita: oshqozonning ustki qismidan o’tgan baquvat yuqorigi va oshqozonni pastki qismidan o’tgan ingichka-pastki(subtserebral) komissurlar bilan bog’langan. Gonada(germafrodit bezi) bilan boshlanadigan reproduktiv organi, sprialsimon tarzda chig’anoq ustuni yonidan pastga tushadi va unga yaqin joyda oyoq bo’shlig’iga o’tib, o’ng paypaslagich asosida jinsiy teshik bilan tugaydi(1-rasm). Erkaklik bo’limining distal qismida shakillangan halqa, urg’ochi yo’li bo’ylab tortilgan. Umuman, erkaklik bo’limining distal qismini o’ziga xos tuzilishini e’tiborga olmaganda, Pupilloidei kichik turkumi vakillari reproduktiv organi, boshqa qorin oyoqli mollyuskalar reproduktiv organiga xos tarzida tuzilgan. Gonada chigarning yuqorigi qismida qalin to’qimlarda joylashgan va bir nechta bosh follikullardan iborat. Hayvon katta va kichigliga qarab u o’zgarib turadi, masalan yirik va o’rtacha kattaliklarga ega bo’lganlarda 7-8 ta bo’lsa, maydalarida gonada 2 bosh follikuldan tashkil topgan. Har bir follikulda ham erkaklik va ham urg’ochilik gametalari shakillanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling