9- mavzu: Uskunalarni joylashtirish tamoyillari


Download 59.38 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi59.38 Kb.
#1059606
  1   2   3
Bog'liq
9- mavzu . Uskunalarni joylashtirish tamoyillari


9- mavzu: Uskunalarni joylashtirish tamoyillari


REJA:
1.Uskunalarni tanlash
1.1.Uskunalarni tanlashda ularga quyiladigan talablar.
1.2.Uskunalarni texnik xarakteristikasi.
2. Mashina va apparatlarni kerakli sonini aniqlash.
2.1.Uzluksiz uskunalar soni.
2.2.Uzluksiz uskunalar soni.
2.3.Vertikal avtoklavlarni xisoblash.
3. Texnologik jarayonlarning grafiklari.
3.1.Ishlab chiqarish siklining davomiyligi.
Adabiyotlar: 2,7,10,12.
Tayanch so‘z va iboralar: texnik xarakteristika, ishlab chiqarish quvvati,avtoklav,transportiyor.
1.Uskunalarni tanlash
1.1.Uskunalarga quyiladigan talablar
Texnologik uskunalarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak. Uskunalar uzluksiz ishlaydigan, konstruksiyasi oddiy, oson boshqariladigan, kam miqdorda bug‘, elektroenergiya, suvni sarflaydigan bo‘lishi shart. Tanlangan uskunalarni tozlash, remont qilish oson, xom ashyoni to‘liq qayta ishlab, chiqindilar va yo‘qotishlar kam, ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo‘lishi shart.
Apparatlar kilingan material tez topiladigan, arzon bo‘lib, zanglamaslik kerak va mahsulot sifatiga ta’sir kilmaydigan bo‘lishi kerak.
Masalan, tomat-pasta ishlab chiqariladigan liniyada mis uskunalari pulatga almashtirildi. Murabbo, jem, povidlo kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun esa misdan yasalgan uskunalar qo‘llaniladi. Ularda issiqlikni o‘tkazish koeffitsiyenti yuqori bo‘ladi, shu sababli pishirish jarayoni tez o‘tadi, shakarning yuqori konsentratsiyasi esa misning zanglashiga tuskinlik qiladi.
Uskunalar avtomatik, yarim avtomatik va avtomatik bo‘lmaganlarga ajratiladi. Avtomatik uskunalarning o‘lchamlari kichik, ishlab chiqarish quvvati esa yuqori bo‘lganligi sababli ularni ishlatish qulayrok xisoblanadi. Lekin uskunalar tanlaganda ularni to‘liq ishlatilishi ham xisobga olinadi. Ayniksa, vakuum-bug‘latish apparatlar (tomat-pasta, murabbo, povidlo ishlab chiqarish uchun), qovurish qozonlar, presslar, blanshirovatellar, yopish mashinalar, sterilizatorlardan to‘liq foydalanish juda muxim.
Loyihada tanlangan uskunalarning texnik xarakteristikasi beriladi.



Download 59.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling