9-§. Mexanik harakat
Download 0.72 Mb.
|
9-mavzu.Mexanik harakat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik harakat
- Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir.
9-§. Mexanik harakat Siz molekulalarning xaotik (tartibsiz) harakatining murakkab bo‘lishini allaqachon bilasiz. Kundalik hayotda biz harakatning oddiy ko‘rinishlariga duch kelammiz. Odamlar, avtomobillar (8.1-rasm), samolyotlar, Quyosh, Oy va boshqa jismlar harakatlanishadi. Jismlarni harakatdaligi yoki tinch turganini qanday aniqlash mumkin? Siz bekatda turibsiz va uzoqdagi avtobusni ko‘ryapsiz (8.2-rasm). U harakatlanmayaptimi yoki yo‘q? Mexanik harakat Avtobusning g‘ildiraklarning aylanishiga qaramasdan (ular ko‘rinmaydi), siz ishonch bilan avtobus harakatlanayotganini aytib bera olasiz. Cunki vaqt o‘tishi bilan uning holati yer sirtiga nisbatan harakatsiz bo‘lgan daraxtlarga, uylarga nisbatan o‘zgaradi. Bu esa avtobusning harakatlanayotganidan dalolat beradi. Xuddi shu kabi osmondagi bulutlarning, qushlarning, akvariumdagi baliqlarning, maydondagi futbolchilarning, poezdlarning va xohlagan boshqa jismlarning harakati haqida xulosalar chiqara olamiz. Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Shunday ekan, harakat fazoda vaqt bo‘yicha sodir bo‘ladi. Siz tezyurar poyezdda ketayapsiz (8.3-rasm). Unda o‘tirgan holda, siz tinch holatda ekanligingizni aytsa bo‘ladimi? Ushbu savolga ha deb ayni chog‘da yo‘q ham deb javob berishingiz mumkin. Ha, chunki siz o‘rindiqda tinch o‘tribsiz, yani vaqt o‘tishi bilan sizning vaziyatingiz tezyurar poyezdga nisbatan o‘zgarmayapti. Yo‘q, chunki siz tezyurar poyezd bilan birga Yer sirtiga nisbatan harakatlanyapsiz. Agar tezyurar poyezd to‘xtasachi? Endi siz tezyurar poyezdga va yer sirtiga nisbatan tinch holatda bo‘lasiz, lekin Yer bilan birga Quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan har sekundda taxminan 30 km ga ko‘chib harakatlanasiz(8.4-rasm). Shunday qilib, tinchlik va harakat nisbiydir. Harakat xususiyatlari ham nisbiy. Buni tajribada oson ko‘rish mumkin. Velosipedingiz g‘ildiragining gardishiga yorug‘lik qaytargich (fliker)ni mahkamlang. G‘ildirak harakatlanayotganda fliker chizadigan chiziq (uni trayektoriya deyishadi) qanday bo‘ladi? Sizga yoki sizning yoningizda ketayotgan do‘stingizga nisbatan fliker aylana bo‘ylab harakatlanadi. Siz o‘tayotganda yoningizda tinch turgan odam esa, fliker aylana emas, murakkab chiziq chizayotganini ko‘radi (8.5-rasm). Shunday ekan, trayektoriya ham nisbiy. Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir. Bundan keyin biz jismlarning mexanik harakatini asosan Yer sirtiga nisbatan o‘rganamiz. Bilib oling 1. Mexanik harakat – bu vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismga yoki jismlarga nisbatan o‘zgarishi. 2. Mexanik harakat va tinchlik nisbiy. Savollar 1. Mexanik harakat nima? 2. Nima uchun boshqa jismlarni ko‘rmasdan, jism harakatlanyaptimi yoki yo‘qmi aniqlash mumkin emas? 3. Yo‘lakda turgan odam, o‘tib ketayotgan avtobusga nisbatan harakatlanyaptimi? 3. Daryoda suzib yurgan solda turgan odam qaysi jismlarga nisbatan: a) harakatlanadi; b) tinch holatda bo‘ladi. 4. Kombayn to‘xtamasdan avtomobil kuzoviga bunkerdan don yuklamoqda, bunda kombaynga nisbatan avtomobilning harakati haqida nima deyish mumkin? Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling