9-11 amaliy ish blok bo‘yicha ruda sifatsizlanishi va yo‘qotilishining o‘rtacha miqdorini hisoblash


Download 152.97 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi152.97 Kb.
#1699503
  1   2
Bog'liq
9-11-amaliy ish


9-11 - amaliy ish

BLOK BO‘YICHA RUDA SIFATSIZLANISHI VA YO‘QOTILISHINING O‘RTACHA MIQDORINI HISOBLASH




Konni qazib olish jarayonida kon zaxirasining bir qismi yer ostida qolib ketadi yoki puch jinslar bilan birga yer ostidan chiqarilib ag‘darmaga joylashtiriladi.
Har qanday qazib olish tizimi qo‘llanilganda ham tasdiqlangan zaxiraning 2-3 foizi yo‘qotilishi muqarrar. Odatda qazib olish jarayonlarida yo‘qotilish 10-20 %, ba’zan bu ko‘rsatkich 50 % va undan ham ko‘proq miqdorda bo‘lishi mumkin.
Miqdor yo‘qotilishidan tashqari rudani qazib olish jarayonida sifat yo‘qotilishi ham uchraydi, ya’ni qazilgan rudaga yondosh jinslarning aralashib qolishi yoki sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan rudaning qo‘shilib qolishi natijasida yuzaga keladi.
Rudaning miqdor yo‘qotilishi va sifatsizlanishi konni qazib olishdagi iqtisodiy ko‘satkichlariga salbiy ta’sir ko‘satadi.
Miqdor yo‘qotilishi qidirish ishlariga sarfalanadigan xarajatlarning ko‘payishiga kapital xarajatlar amortizatsiyaning o‘sishiga va qazib olishga tayyorlash jarayonlarida foydali qazilmalarni qazib olish vaqtidagi sarf-xarajatlarning yuqori bo‘lishiga olib keladi va yo‘qotilgan foydali qazilmalar hisobiga korxonaning oladigan foyda miqdorining kamayishiga sababchi bo‘ladi. Konni qazib olishda yo‘qotilish darajasining yuqoriligi bevosita ko‘riladigan iqtisodiy zarardan tashqari konchilik korxonasini xizmat muddatini ham qisqarishiga sababchi bo‘lib, yangi rudnik (Shaxta) qurishga yoki yangi qavatlarni ochish va tayyorlashga katta o‘lchamdagi kapital qo‘yilmalarni jalb etishga olib keladi.
Yonishga (alangalanishga) moyil bo‘lgan yoki yonuvchi foydali qazilmalarni qazib olishdagi yo‘qotilishlar ko‘p holatlarda konda yong‘inni yuzaga keltiradigan asosiy sabablardan bo‘lib qolishi mumkin. Qo‘llanilgan qazib olish tizimi va usuli miqdor jihatidan yuqori darajada yo‘qotilishiga sababchi bo‘lsa, qazib olish uchun maxsulot tan narxining pasayishi yoki sifatsizlanish darajasini kamayishi bilan ortiqcha xarajatlar o‘rni qoplanadi.
Rudani qazib olishda uning sifatsizlanish darajasining yuqoriligi korxonaga keltiradigan iqtisodiy zarari, ahamiyat jihatidan miqdor yo‘qotilish darajasidan ko‘p hollarda kam bo‘lmaydi. Bu zararlar unumsiz ishlarga sarflanadigan xarajatlar bilan ifodalanadi. Bular sifatsizlangan rudani tashish va boyitish fabrikasida yoki metallurgiya zavodida qayta ishlashga sarflanadigan unumsiz xarajatlarning o‘sishi, qayta ishlash jarayonida foydali birikmalarning yo‘qotilishi darajasining yuqoriligi boyitish fabrikasining ishlab chiqarish quvvatini pastligi ko‘pincha ishlab chiqaradigan tovar maxsulotining sifatini pasayishiga olib keladi. Qazib olishda maxsulotning sifat yuqotilishi korxona va xalq xo‘jaligi oladigan foydaning kattagina ulushining kamayishiga olib keladi.
Qazib olish jarayonida miqdor va sifat yo‘qotilishi biri ikkinchisi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun texnikaviy-iqtisodiy hisoblarini ham birgalikda aniqlashni taqazo etadi.
Ruda yo‘qotilishi – qazib olingan va qazib olinishi lozim bo‘lgan ruda miqdorlari orasidagi farq.
Ruda sifatsizlanishi bu – ruda tarkibidagi foydali komponentning massivdagi ruda tarkibidagi foydali komponentga nisbatan pasayishi.
Ruda yo‘qotilishi miqdorini quyidagi formula bilan hisoblaymiz:
, %
Bunda: -qazib olinishi lozim bo‘lgan ruda zaxirasi, t.
-qazib olingan ruda zaxirasi, t.
-massiv holatdagi ruda tarkibidagi foydali komponent,%.
-qazib olingan ruda tarkibidagi foydali komponent,%.
-sifatsizlantiradigan atrof jinslaridagi foydali komponent, %.
Rudani ajratib olish koeffitsienti:

Rudaning sifatsizlanish miqdorini quyidagicha hisoblaymiz:
, %
Rudaning sifatsizlanish koeffitsientini quyidagicha hisoblaymiz:

4-jadval



Blok elementlari va ish bosqichlari

Sanoat zaxirasi, t

Koeffitsient

Ajratib olingan ruda zaxirasi, t

Sifatsizlanish bilan hisoblaganda qazib olingan ruda miqdori, t

Blokdagi qazilgan rudaning ish bosqichlari bo‘yicha ulushlarda ifodalanishi

Ajratib olish

Sifatsiz-lanish

Tayyorlash ishlari
Jami

























Kesish ishlari
Jami

























Qazish ishlari;
Kamerani qazish
Seliklarni qazish
Jami





































Blok bo‘yicha;
Hammasi




























Download 152.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling