9-11iqts-19-guruh talabasi Sattorov Sodiqmirzoning amaliyot hisoboti


Sanoat statistikasi boʻlimi toʻgʻrisida


Download 292.1 Kb.
bet5/8
Sana28.01.2023
Hajmi292.1 Kb.
#1135927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot Sodiqmirzo Sattorov

Sanoat statistikasi boʻlimi toʻgʻrisida
Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) sanoat statistikasi boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish va bajarish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini taʼminlash va davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida:

Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, metodologik ishlarning reja-jadvali, viloyat statistika boshqarmasining ish rejalarini oʻz vaqtida shakllantirilishida ishtirok etish;
statistik maʼlumotlar foydalanuvchilari talabini oʻrgangan holda uzoq muddatli maqsadlar va yoʻnalishlar boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni joriy etib borish;Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining sanoat statistikasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
sanoat statistikasi sohasida davlat statistika pritsiplari va xalqaro standartlarga javob beradigan yagona statistika uslubiyotiga rioya etilishini taʼminlash;
ishlab chiqiladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga Boʻlimning vakolati doirasidagi takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.



xalqaro standartlarga javob beradigan yagona statistik uslubiyotniva davlat statistika kuzatuv shakllarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlashva joriy etish sohasida:
sanoat statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yoʻli bilan statistik kuzatuvlar
tizimini qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirishni amalga oshirish;
sanoat statistikasi boʻyicha davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash, amaliyotga joriy etish, statistik kuzatuvlar oʻtkazish usullarini aniqlash;
davlat statistika sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda
Boʻlim vakolati doirasida ishtirok etish;
sanoat statistikasi sohasida xolis, sifatli va dolzarb hisobot maʼlumotlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va idoraviy kuzatuvlar shakllarini kelishishda ishtirok etish;
foydalanuvchilarning statistik maʼlumotlarga boʻlgan talabiga muvofiq, sanoat statistikasi sohasi boʻyicha rivojlanayotgan xorijiy tajribani oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish;
sanoat statistikasi sohasida xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini oʻrganishni tashkil etish, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik koʻrsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat statistikasi boʻyicha davlat statistika hisobotlari tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
viloyat, hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari bajarilishi boʻyicha davlat statistika kuzatuvlarini

Boʻlim vakolati doirasida tashkil etish va amalga oshirish;
sanoat statistikasiga oid davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda,
zarur hollarda qogʻoz koʻrinishida yigʻishni, soʻrovlarni va boshqa kuzatuvlarni tashkil etish;

sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlarining statistik hisobini yuritish, viloyat boʻyicha muhim jarayonlarining birlamchi statistik tahlilini amalga oshirish;statistik hisobot koʻrsatkichlarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini hamda statistik maʼlumotlarning shaffofligi va ochiqligini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga sanoat statistikasiga oid davlat statistika hisoboti koʻrsatkichlarini ishonchli taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashish;
Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasining yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilib va yangilanib borilishini taʼminlash;
sanoat statistikasi sohasiga oid statistik maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq, Boʻlim ish faoliyatida shakllangan arxiv hujjatlarinii jamlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish.

davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda sanoat statistikasiga oid axborotlar bilan taʼminlash sohasida:milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlarni maksimal darajada shaffofligi va oshkoraligini, xalqaro statistik toʻplamlar uchun tayyorlanishini taʼminlash;
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun sanoat sohasida yuz berayotgan oʻzgarishlarni ifodalovchi tahliliy maʼlumotlar va press-relizlar tayyorlash;
sanoat sohasini tavsiflovchi tezkor va sifatli statistik maʼlumotlarni tayyorlashni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi yuzasidan Boʻlim vakolati doirasida yillik, choraklik va oylik statistik hamda tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish;sanoat statistikasiga oid statistik kuzatuvlar va rasmiy statistik maʼlumotlarni tarqatish boʻyicha tashkil etiladigan axborot-tushuntirish ishlarida ishtirok etish.
Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:



-sanoat statistikasi sohasi uslubiyati, statistika ishlarini tashkil etish va ularni bajarish masalalari boʻyicha viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy statistika organlariga yordam koʻrsatadi;
-jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va ogʻzaki murojaatlarini oʻz vaqtidava toʻliq koʻrib chiqilishini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda
murojaat egalariga javoblar tayyorlaydi;
-Boshqarma rahbariyatining topshiriqlari va foydalanuvchilarning soʻrovlariga asosan sanoat statistikasi boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi;
-Boʻlimning uslubiy, iqtisodiy, tashkiliy va statistik ishlari rejalarini shakllantiradi va ularning ijrosini taʼminlaydi;

-Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasining yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda toʻldirilib va yangilanib borilishini taʼminlaydi;
-Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati koʻrib chiqishi uchun tahliliy va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
-davlat idoralari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda sanoat statistikasiga oid statistik maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
-Boʻlim ish uslubini takomillashtirib boradi, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi, Boʻlim xodimlari tomonidan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha masʼuliyatini oshirib boradi;



-Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy statistika organlari bilan birgalikda sanoat statistikasi sohasida axborotlarni shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
-Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturining sanoat statistikasi qismi boʻyicha vazifalar ijrosini taʼminlaydi;
-hududiy statistika idoralari tomonidan, sanoat statistikasi sohasiga oid davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika uslubiyoti asosida tashkil etish ishlarini
muvofiqlashtiradi;
-sanoat statistikasiga oid davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish ishlarini tashkil etadi, bu yoʻnalishda hududiy statistika organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

-zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, sanoat statistikasi
-asosiy koʻrsatkichlarining takomillashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Boshqarma oʻziga yuklatilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

2022-yil sanoat statistikasi bo'yicha buxoro viloyati sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi quyidagi diagrammada keltirilgan.





Download 292.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling