9-11iqts-19-guruh talabasi Sattorov Sodiqmirzoning amaliyot hisoboti


Demografiya va mehnat statistika boʻlimi


Download 292.1 Kb.
bet8/8
Sana28.01.2023
Hajmi292.1 Kb.
#1135927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hisobot Sodiqmirzo Sattorov

Demografiya va mehnat statistika boʻlimi
Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, boshqarmaning ish rejalarini, boʻlim ish rejasini, Boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqishda ishtirok etadi va ijrosini taʼminlashda ishtirok etish;
-statistik maʼlumotlar foydalanuvchilari talabini oʻrgangan holda uzoq muddatli maqsadlar va yoʻnalishlar boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni joriy etib borish;
- statistika ishlari dasturining statistik demografiya va mehnat sohasiga oid qismi boʻyicha takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;

-ishlab chiqiladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalariga Boʻlim vakolati doirasidagi takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
-davlat statistika sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda Boʻlim vakolati doirasida ishtirok etish;

-foydalanuvchilarning statistik maʼlumotlarga boʻlgan talabiga muvofiq,
statistika sohasi boʻyicha rivojlanayotgan xorijiy tajribani oʻrganish, umumlashtirish va tarqatish;
-Hududiy statistika organlarining xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻrtasida profilaktika ishlarini tashkil qilish, hisobot va ijro intizomini taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish, maʼmuriy amaliyotni qoʻllash borasidagi faoliyati monitoringini yuritish;
-umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq statistik metamaʼlumotlar tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
-tavsiya etilgan xalqaro standartlar asosida statistikada sifatni boshqarish tizimini joriy etish va rivojlantirish;
-demografiya va mehnat sohasiga oid statistik maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
-qonunchilikka muvofiq, Boshqarma ish faoliyatida shakllangan arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish;
-davlat organlari, yuridik shaxslar, halqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda statistika axboroti bilan taʼminlash;
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlari ijrosi yuzasidan Boʻlim vakolati doirasida yillik va choraklik statistik hamda tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish;
-Demografiya va mehnat sohasi boʻyicha ochiq statistik maʼlumotlarni davlat statistika organlari, boshqa davlat organlari, xalqaro tashkilotlar nashrlarida joylashtirish uchun va barcha foydalanuvchilarga statistik maʼlumotlardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash;
-xorijiy statistika organlari bilan demografiya va mehnat sohasi boʻyicha ochiq statistik axborotlarni almashish, respublikaning rivojlanishi toʻgʻrisida materiallarni xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish uchun axborotlarni tayyorlash;
-Boʻlim oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, statistika boshqarmasining ish rejalarini, boʻlim ish rejasini, Boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqishda ishtirok etadi va ijrosini taʼminlaydi;
-Davlat statistikasini tashkil etish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtiri va hujjat loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegish organlarga kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
-Boʻlimning ish usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va munosabat bildirish, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun masʼuliyatlarini oshiradi;
-korxonalar va tashkilotlar haqida belgilangan tartibda toʻliq va aniq maʼlumotlar bilan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa foydalanuvchilarni taʼminlaydi;
-mehnat munosabatlari boshqarmasi, soliq organlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
-statistik demografiya va mehnat sohasiga oid maxfiy statistik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashning tegishli tartibini taʼminlaydi;
hududiy statistika organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi;
-Boʻlim tomonidan ishlab chiqiladigan statistik koʻrsatkichlarning ishonchliligi, xolisligi, tezkorligi, komplekliligi va tizimliligini taʼminlaydi;
-Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan iqtisodiyotning eng muxim ustivor yoʻnalishlarini,
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlarda belgilangan vazifalarni hamda mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning tendensiyasini (holatini) hisobga olgan holda taʼminlaydi;
Boʻlim oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


Xulosa
Xulosa sifatida aytadigan bo'lsam men ushbu amaliyot davri davomida buxoro viloyati aholisi korxonalari sanoati bo'yicha barcha iqtisodiy malumotlarga ega bo'ldim. Buxoro viloyati statistika boshqarmasidagi har bir bo'limda amaliyot o'tadim va ularning faoliyatini o'rgandim. Narx bo'limida buxoro viloyatidagi oziq ovqat, qurilish, sanoat va ko'plab sohalar bo'yicha buxoro viloyatidagi narxlar bilan tanishdim. Sanoat bo'limida buxoro viloyati sanoati bilan tanishb chiqdim.Shuningdek har bir bo'limning ish faoliyatini ko'rib tanishib chiqdim olgan bilimlarimni mustahkamladim. Bu bilimlardan kelajak faoliyatimda ham foydalanishni o'zimga maqsad qildim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1.Buxoro viloyati statistika boshqarmasi nizomi.
2.bux.stat.uz sayti
3.www.stat.uz sayti
Download 292.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling