9-14-laboratoriya


Download 0.63 Mb.
bet12/18
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1023542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Bahodir 9 14

Javoblar.




    1. Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.

Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin.


Parallel kodlarda;



Ketma – ket kodlarda.

Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi.



Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.


    1. Registrlar, odatda, triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liq.Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket-parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel registrlar. Parallel registrlarni D yoki RS-triggerlar asosida qurish miimkin. 8.1-rasmda D-trigger asosida qurilgan parallel registrning sxemasi keltirilgan. Unda S t kirish yo‘liga axborotni yozish signallari va S 2 kirish yo‘liga esa o‘qish signallari beriladi. a — registrga yoziladigan (axborotlar) ikkilik kodlar.





    1. Download 0.63 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling