Quyida shu nisbiy seysmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz : - ball-Sezilarsiz –Faqatgina seysmik asboblardagina qayd qilinadi.
- ball-Juda kuchsiz- Uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi).
- ball-Kuchsiz, ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta- sekin tebranadi.
- ball-O’rtacha sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro’zg’or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi.
- ball-Ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam yug’onadi. Ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib to’kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi.
- ball-Kuchli, Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi. Ko’pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi, uy hayvonlari betoqat bo’ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidan kitoblar, javonlardagi idishlar ag’darilib tushadi.
- ball-Juda kuchli. Ko’pchilik odamlarni qo’rquv bosadi, ko’chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqtida ham seziladi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi, havzalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi.
- ball – Yemiruvchi. Xom g’ishtdan qurilgan imoratlarda butunlay vayron bo’ladi,ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo’ladi,uy tepasidagi mo’rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog’lik joylarda qulash ,surilish hodisalari yuz beradi.
- ball-Vayron qiluvchi. Yer qimirlashga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorlardan siljib ,qiyshayib qolishi mumkin, oddiy imoratlar butunlay vayron bo’ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo’ladi,yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
- ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar katta shikast ko`radi. Temir yo’l relslari to’lqinsimon shaklga kirib,bir tomonga qarab egilib qoladi.
V. Ko`chkilar. Umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. - Tabiy favqulodda vaziyat turlaridan yana biri ko`chki bo`lib, uni o`rganish, baholash, bashorat qilish va undan aholini va xalq xo`jaligi ob’ektlarini muhofaza qilish mamlakat iqtisodini ko`tarishda muhim xisoblaniladi. Dengiz, ko`l, soylar va tog` yonbag`irlarida joylashgan bo’sh tog` jinslari ustki qismining yer ustki va ostki suvlari hamda o`zining og`irlik ko`chi ta’sirida pastga qarab harakat qilish xodisasi ko’chki deyiladi. Ko’chkilar Qirim, Kavkaz, Volga bo’yi, Dnepr, Markaziy Osiyoning tog`lik tumanlarida tez-tez bo`lib turadi. O’zbekistonning kon sanoati rivojlangan Oxangaron, Olmaliq, Oltin topgan, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bog`iston, Xo`jakent, Chibargota va boshqa qishloqlarida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog`li hududlarida ko`chli xodisalari ro’y berishi mumkin. 1911 yilda G`arbiy Pomirda 9 ball zilzila natijasida Usoy ko’chkisi hosil bo`lgan. Murg`op vodiysi daryosiga hajmi 2,2 m\kv tog` jinsi bulogi ko`chib, 2,5 km masofani bosib o’tib daryo o’zanini 450-500 m qalinlikda, 2 km uzunlikda, 1km kenglikda qum tosh, oxak tosh, gips va boshqa jinsdan tashkil topgan tog` to’sib qo`ygan. Talofat natijasida Usoy qishlog`i ko`chki ostida qolib 54 kishi nobut bo`lgan.1973- 1975 yillarda Respublikamizning Oxangaron vodiysida asrimizning eng katta ko’chkisi “Atche” ko’chkisi sodir bo`lgan. Ko`chkining sathi 12 km \kv qalinligi 80-170 m bo`lib, 1975 yildan beri ko`chayotir. Sodir bo`lish sababi Oxangaron daryosinining chap qirg`og`idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko`mir qatlamidagi o’zgarishlar natijasidagi ko`mir yonib gazga aylangan va bo’shliq paydo bo`lgan, uning oqibatida ko`chki vujudga kelgan. Tojikistonning Xisor rayonining Sharora qishlog`ida 1984 yil 25 yanvarda katta ko`chish ro`y bergan. Ko`chkining kengligi 400 m uzunligi 4,5 km, qalinligi 7-8 m tashkil qilgan. Natijada 50 ta uy ko’milib qolgan, 207 kishi xalok bo`lgan. Ko`chkilar xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Shuningdek imorat va inshoat yo`l yer osti komunikatsiyasi, to`g`on, tunil va ko`priklar mustahkamligining susayishiga yoki butunlay buzulishiga sabab bo`ladi. Masalan: 1963 yil 9 oktiyabrda shimoliy Italiyada ro’y bergan ko`chkining balandligi 265,5 m bo`lgan va yon to`g`onini vayron qilgan. Natijada 300 ta odam halok bo`lgan va katta miqdorda moddiy zarar ko`rilgan.Tojikistonning Ayniy qishlog`ida 1964 yil aprel oyida sodir bo`lgan tog` o’pirilish xodisasi natijasida Zarafshon daryosi butunlay to’silib qolgan. Faqat olimlarning o`z vaqtida ko`rgan chora tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning unumli yerlari suv bosishdan saqlanib qolindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |