9-21 msm bajardi: Norbekov a qabul qildi : Boyeva O


Download 1.49 Mb.
Sana11.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1453301
Bog'liq
Elektr o\'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o\'rni

  • 9-21 MSM
  • Bajardi: Norbekov A Qabul qildi : Boyeva O
  • Mavzu:Elektr o'lchashlarning fan texnika taraqqiyotidagi o'rni
  • Reja:
  • Elektr o`lchash asboblari haqida ma’lumotlar.
  • O`lchash va o`lchash usullari.
  • Metrologiya haqida umumiy tushuncha
  • Har xil turdagi elektrotexnik qurilmalarning holatini va ishlashini baholash uchun elektr o`lchovi asboblaridan foydalaniladi.Elektr o`lchash asboblari yuqori sezgirligi, o`lchashning aniqligi, ishonchliligi va tuzilishining oddiyligi bilan ajralib turadi.
  • Elektr kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish, elektr energiyasining quvvati, magnit oqimi, sig`imi, chastotasi va boshqalar bilan bir qatorda ular yordamida noelektrik kattaliklarni ham o`lchash mumkin.
  • Elektr o`lchov asboblarining ko`rsatishini uzoq masofalarga uzatish mumkin (tele o`lchash), ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ta’sir etishi uchun ishlatilishi mumkin. (avtomotik boshqarish) yoki ular yordamida nazorat qilinuvchi jarayonlarni qayd qilib berish mumkin (masalan, magnit lentasiga yozish orqali).Yarim o`tkazgichli texnikaning qo`llanilishi orqali elektr o`lchov asboblarining qo`llanilish sohalari ancha kengaydi.
  • Biror fizik kattalikni o`lchash deganda maxsus texnik o`lchov vositalari yordamida uning qiymatini tajriba yuli bilan aniqlashga aytiladi.Har xil fizik kattaliklarni o`lchash uchun amalda turli o`lchash usullaridan foydalaniladi.Natijani olish usuliga ko`ra hamma o`lchashlar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi.
  • Bevosita o`lchashda fizik kattaliklar qiymati to`g`ridan to`g`ri-tajriba natijasida olinadi.
  • Bilvosita o`lchashda o`lchanayotgan kattalik bilan bevosita o`lchanishi mumkin bo`lgan kattaliklar orasidagi bog`lanishdan foydalaniladi.Misol uchun zanjirning bir qismidagi qarshilikni o`lchash uchun, undagi kuchlanish va tok kuchi bevosita o`lchanadi hamda Om qonunidan foydalanib qarshilik hisoblanishi mumkin.
  • Metrologiya talablari Davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.Shu sababli metrologiya va standartlashtirish hamisha biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi.
  • Metrologiya va metrologik ta’minot ilmiy texnik va tashkiliy yo`nalishda rivojlanib boradi.Metrologiya fizik kattaliklarni nomlashda dunyo ilmiy-texnik atamalaridan foydalanish yo`llarini o`rgatadi.Xalqaro birliklar tizimi SI ni jahon miqyosida yagona qonunlar asosida qo`llash tadbirlarini ishlab chiqadi.
  • 3.O`lchash vositalarining eng muxim xarakteristikalaridan biri metrologik xarakteristikalardir. Metrologik xarakteristikalarga o`lchashning aniqligi va intervali, sezgirligi, stabillik, ishonchlilik va boshqalar kiradi.
  • O`lchash aniqligi o`lchash vositalarining metrologik imkoniyatlarini asosiy aniqlovchi xarakteristika bo`lib hisoblanadi.
  • O`lchash aniqligi deganda o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga o`lchash natijasining qanchalik yaqinlik darajasi tushuniladi.
  • Biroq o`lchash aniqligini baxolash amaliy jihatdan o`lchash xatoligi orqali ifodalanishi qulay hisoblanadi.
  • O`lchash xatoligi ko`pgina faktorlarga bog`liq bo`lib, bu faktorlarga o`lchash metodini xatoligi, o`lchash vositasining mukammal emasligi, operatorning sub’yektiv xatoliklari, o`lchash ob’yektini o`lchash vositasi bilan aloqa kanalining ta’siri va boshqalar kiradi.Xatoliklar absolyut va nisbiy turlarga bo`linadi. O`lchash vositalari o`lchash intervali qo`llanishi sharoitlari, sezgirlik, tez ishlay olish (inertsiyasiz), stabillik, shovqin va halaqit signallarga himoya qobiliyati, ishonchlilik, iste’mol quvvati va shunga o`xshash parametrlar bilan xarakterlanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling