9-2btus/19 guruh talabasi Izomova Adibaning 13-amaliy mashgúlot uchun tayyorlagan taqdimoti
Download 157.41 Kb.
|
ADIBA 13-AMALIY MASHGÚLOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilova . «Bo‘sh xalqa»
- Ilova. Masal o‘qish darsini qurilishi
Topshiriq:
Odamdan nima qoladi? mavzusida oiladagi katta yoshdagilar bilan suhbatlashish. 1-ilova. «Bo‘sh xalqa» o‘yini o‘tkaziladi.O‘yinda o‘qituvchi tomonidan savollar beriladi, guruhlar savollarga bir daqiqa mobaynida javob beradilar. Javob topa olmagan guruh o‘yinni tark etadi. O‘yinda quyidagi savollardan foydalaniladi. 1. Badiiy asar nima? 2. Badiiy asarning turlarini ayting. 3. Boshlang‘ich sinf «O‘qish darsliklari»da qanday janrdagi asarlar berilgan? 4. Biron bir she’rni yoddan ayting. 5. 2-sinfda qaysi masallar o‘rganiladi? 6. Boshlang‘ich sinfda doston, maqol, topishmoqlarni o‘qitishdan maqsad nima? 7. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar. 8. Asar mazmunini tahlil qilishdagi ish turlari. 9. Doston,maqol, topishmoqlarni o‘rganish dars qurilishini ayting. O‘yinda g‘olib chiqqan guruh va talaba taqdirlanadi Ilova. Masal o‘qish darsini qurilishi: Tayyorgarlik ishlari: a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi; b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog‘liq suhbat; v) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat. Masalni o‘qituvchi o‘qishi. Masal matni ustida ishlash: a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va h.); b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe’l-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish); v) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash; g) krossvordlar, ta’limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmunini va g‘oyasini o‘zlashtirish. 4. Allegoriyasini ochish. Download 157.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling