9 – A va 9 – B sinflar uchun informatika va AT
Sana : 01.04.2020
Mavzu : HTML haqida tushuncha
Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog‘liq ekan, “Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?” deb savol berishingiz tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Macromedia Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, JavaScript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturularning barchasi HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli.
Vazifa : “Bizning maktab” sarlavhali matnli soda web-sahifa tayyorlang
Sana : 03.04.2020
Mavzu : Web-sahifaga matn kiritish
Web-sahifadagi matnda bir nechta mavzu yoritilishi mumkin. Bu holda web-sahifada bir nechta sarlavha ishlatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, shaxsiy web-sahifangizga o‘z haqingizda, qiziqishlaringiz, yoqtirgan filmlar haqida ma’lumot kiritsangiz, mos ravishda “O‘zim haqimda”, “Qiziqishlarim”, “Yoqtirgan kinofilmlarim” kabi sarlavhalar qo‘yishingiz mumkin. Ba’zan, bir sarlavha matnini yirik harflar bilan yozish kerak bo‘lsa, boshqasini maydaroq shriftda yozish zarur bo‘lib qoladi.
HTML tili 6 ta pog‘ona sarlavha qo‘yish imkonini beradi. Buning uchun HTML tilida quyidagi juft teglar mavjud: , , , , , . Demak, bu teglarning har biri uchun mos ravishda yopiluvchi (yakunlovchi) teglar (, …,) ham bor (“H” belgisi “Heading”, ya’ni inglizcha sarlavha so’zining bosh harfi).
Vazifa : Bizning sinf nomli web-sahifa tayyorlang. Unda turli formatlash teglaridan foydalaning.
Sana : 06.04.2020
Mavzu : Web-sahifaga matn kiritish mavzusiga doir amaliy mashg’ulot
1. “Mening oilam” nomli web-sahifa tayyorlang. Unda turli formatlash teglaridan tashqari belgilar yordamida hosil qilingan sodda rasm (uycha, archa va hokazo) ham bo’lsin.
Mening oilam
Bizning oilamiz
Bizning oilamiz katta: bobom, buvim, otam, onam, 2 ta akam, 1 ta opam bor. bulardan tashqari yana bitta jajji singilcham ham bor.
Vazifa : “Buyuk ajdodlarimiz” nomli web-sahifa tayyorlang. Unda sahifa o’rtasida joylashgan ajdodlarimiz nomi1-pag’ona sarlavhasida qilgan ishlari o’ngdan tekislanib 3-pag’ona sarlavhasida ko’rinsin.
Sana : 08.04.2020
Mavzu : Shrift o’lchami rangi va web-sahifa foni
Shrift o‘lchamini belgilash uchun HTML tilida juft tegi SIZE (o’lcham) parametri bilan birga ishlatiladi. Bu teg ishlatilganda kiritilayotgan matnning shrift o’lchami o‘zgarmaydi. Shrift o‘lchami o‘zgarganini faqat web-brauzerda ko‘rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o‘lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 gan 7 gacha parametr qiymati bilan belgilanib, 1 eng kichik, 7 esa eng katta shrift o‘lchamini bildiradi. Masalan, shrift o‘chamini 5 ga teng qilib olish uchun ko‘rinishdagi juft teg yoziladi. Asosiy shrift o‘lchamiga qaytish uchun tegi qo‘llaniladi.
Vazifa : 1. Buyuk ajdodlarimiz nomli web-sahifada har bir so’z boshqasidan farqlansin
2. Mening oilam nomli web-sahifada so’zlar, matn va fon rangini o’zgartiring
3. Bizning sinf nomli web-sahifa foniga rasm joylashtiring
Sana : 15.04.2020
Mavzu : Shrift o’lchami rangi va web-sahifa foni takrorlash
Web-sahifada familiyangiz, ismingiz va sharifingizni turli o’lchamli shriftda ko’rinishini uchun Html-kod yozing.
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Aliyev Ilhom
Vazifa : 127-sahifa, 3,5-topshiriqlar
Sana: 16.04.2020
Mavzu: Web sahifada grafika
Web-sahifani “jonlantirish”ning eng samarali usuli – unga turli rasmlar joylashtirishdir. Faqat matndan iborat web-sahifa ma’lumotga boy bo’lishi mumkin, lekin zerikarli bo’ladi. Ammo web-sahifaga haddan ziyod rasm joylashtirish web-sahifani bachkana qilib yuboradi hamda web-sahifa faylining hajmini kattalashtirib yuboradi. Fayl qanchalik katta hajmga ega bo’lsa, uni Internet tarmog’idan o’qib olish shuncha ko’p vaqt talab etadi. Demak, web-sahifaga fayl hajmi kichik bo’lgan rasmlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Internet tarmog’ida, asosan, jpeg va gif formatli rasm fayllari qo’llaniladi. Chunki, birinchidan, web-sahifa hajmi kichik bo’lishi uchun, ikkinchidan, web-brauzerlar bu fayllarni qo’shimcha dasturlarsiz aks ettira oladi. Darhaqiqat, bmp formatli rasm faylini jpeg formatga o’tkazilsa, fayl hajmi bir necha barobar kichrayadi. Rasm faylini bir formatdan boshqasiga o’tkazish maxsus dasturlar (ACDSee, Photoshop,…) yordamida amalga oshiriladi.
Vazifa:
Sana: 22.04.2020
Mavzu: Web sahifada grafika
Wev sahifani “jonlantirish”ning eng samarali usuli-unga turli rasmlar joylashtirishdir. Faqat matndan iborat web-sahifa ma’lumotga boy bo’lishi mumkin, lekin zerikarli bo’ladi. Ammo web-sahifaga haddan ziyod rasm joylashtirish web-sahifani bachkana qilib yuboradi va web-sahifa faylining hajmini kattalashtirib yuboradi. Fayl qanchalik katta hajmga ega bo’lsa, uni internet tarmog’idan o’qib olish shunchalik ko’p vaqt talab etadi. Web-sahifada matn va rasmni ALIGN parametrining quyidagi jadvaldagi qiymatlariga mos holatlaridan birida joylashtirish mumkin:
MIDDLE Rasmning o’rtasi joriy satrning tagiga tekislanadi
ABSMIDDLE Rasmning o’rtasi joriy satrning o’rtasiga tekislanadi.
Savollar:
1. Qanday grafik formatlarni bilasiz?
2. BMP formatli rasmni JPEG va GIF formatiga PAINT dasturi yordamida o’tkazing
Uyga vazifa: 1) Darslikdagi o’tilgan mavzuni o’qish 2) 131-betdagi 4,5,7 –savollarga javob yozish 3) 132-betdagi 1-mashq
25.04.2020 9-sinf Informatika
O’qituvchi: Sabohat Muhiddinova
Mavzu: Mintaqaviy va global kompyuter tarmog’i va uni himoyalash
Dars o’tilgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi. Uyga berilgan vazifalar tekshirildi. Bugungi mavzu uchun berilgan topshiriqlardan 1-,2-,3- topshiriqlar ishlab ko’rsatildi. Har bir topshiriq kodlari alohida yozib amaliy tarzda ham ko’rsatildi. Dars so’ngida mustahkamklsh uchun bugungi darsda foydalanilgan teglarga to’xtalib o’tdi.
Uyga vazifa: 132-bet 4-5- topshiriq
29.04.2020 9-sinf informatika
Mavzu: Wev –sahifaga ro’yxat joylashtirish
MS Word matn protsessori yordamida tayyorlangan hujjatda ro’yxat hosil qilishning 2 xil usuli bo’lib, biri markerli (tugmasi yordamida), ikkinchisi tatiblangan (tugmasi yordamida) ro’yxatdir. Masalan, markerli ro’yxat
Web sahifaga ro’yxat kiritish uchun (unordered list-nomerlangan ro’yxat) yoki (ordered list- nomerlangan ro’yxat ) juft teglaridan foydalaniladi. Ko’rish mumkinki, HTML hujjatda va teglaridan keyin joylashgan ma’lumotlar web-brauzer tomonidan o’ng tomonda ma’lum bir masofada chekinish b ilan aks ettiriladi. Ro’yxat elementlarini belgilash uchun - tegi bilan boshlangan ro’yxat elementi doimo yangi satrda aks etadi. Masalan, jadvaldagi birinchi ustunidagi markerli ro’yxatni ifodalovchi HTML hujjat lavhasi quyidagicha yoziladi. Mustahkamlashda savollar:
1. MS Wordda qanday ro’yxat turlasri bor?
2. Web sahifada necha xil ro’yat ishlatish mumkin?
Uyga vazifa:140-bet 3-mashq
02.05.2020 9-sinf informatika
MAvzu: Web-sahifaga jadval joylashtirish
O’tilgan mavzu takrorlandi. Berilgan vazifa tushuntirildi, bajarib ko’rsatildi. Bugungi mavzuga doir web-sahifada jadval joylashtirish uchun ishlatiladigan teglar, , , , | , | teglari haqida ma’lumot berildi. BORDER, CELLSPASING VA CELLPADDING, BORDERCOLOR, COLSPAN (ustunni birlashtirish ), ROWSPAN (satrni birlashtirish) parametrlari vazifalari tushuntirildi va amalda qo’llab ko’rsatildi.
Uyga vazifa:
1. savol va topshiriqlar
2. 3-mashq
06.05. 2020 9-sinf informatika
Mavzu: Web-sahifaga ro’yxat va jadval joylashtirish.Amaliy mashg’ulot
Ichki chiziqlar qalinligini (ikkita katakchani ajratuvchi parallelchiziqlar orasidagi masofa) CELLSPASING parametric bilan (masalan, CELLSPASING=5) piksellarda tanlash mumkin. Katakchaga kiritilgan ma’lumotlar bilan katakcha orasidagi masofa esa CELLPADDING parametric bilan ( masalan, CELLPADDING=9) piksellarda aniqlanadi. Avvalroq, web-sahifaga rasm joylashtirganda uning atrofida matnning joylashishi haqida mja’lumot bergan edik. Xuddi shunday, jadvalning ham atrofida matn joylashtirish imkoni bo’lib, matn jadvalning faqat chap yoki o’ng tomoniga joylashtirilishi mumkin. Buning uchun tegi ALIGN parametric bilan birga ishlatiladi, masalan, . Agar jadval web-sahifani chap tomoniga tekislansa, matn jadvalning o’ng tomonida aks etadi va aksincha. Shuni ta’kidlash joizki, katakcha ichidagi ma’lumotlarni formatlash uchun sarlavha, matn va rasmlarni formatlash uchun ishlatilgan barcha teglardan foydalanish mumkin. Jadval, satr v katakchalar chegara chiziqlarini rangini o’zgartirish BORDERCOLOR parametric orqali amalga oshiriladi.
Uyga vazifa: 2,3 va 4- mashqlarni bajarish
07.05.2020 9-sinf informatika
Mavzu: Web-sahifaga o’tish . Gipermurojaat
Web-sahifadagi axborot bir nechta bo’limdan iborat bo’lishi mukin. Bu bo’limlarga tez o’tish imkoniyati web-sahifani ko’rib chiqishni osonlashtiradi. Web-sahifada bunday o’tishlar gipermatnli aolqani tashkil etadi. Gipermatn texnologiyasi o’z vaqtida WWW xizmatining oz fursatda ommaviylashishiga sabab bo’lgan edi. Gipermurojaat, ya’ni hujjatning bir joyidan boshqa joyiga yoki bir hujjatdan boshqa hujjatgao’tish, juft tegi yordamida amalga oshiriladi. Bu tegning HREF parametric bor bo’lib, uning qiymati o’tish joyi manzili (adresi) bo’ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi manzili (adresi) bo’ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi o’tish nuqtasi deyiladi.Tarkibiy web-sahifa –bir mavzuga bag’ishlangan , bir-biriga bog’liq va bir-biriga o’tish imkoni bo’lgan web-sahifalar majmui.
Darsni mustahkamlash
1. URL manzil deganda nimani tushunasiz?
2. Web-sahifada gipermurojaat qanday tashkil etiladi?
Uyga vazifa: 144-bet 3-mashq
13.05.2020 9-sinf informatika
Mavzu: Formalar
Mavzu o’tilgan mavzu yuzasidan savollar bilan boshlandi. Bu uchun ekrandarasm bor bo’lib, ushbu rasmning o’tilgan mavzuga bog’liqligini topish kerak edi. Elektron pochtaga murojaat qilishda qaysi so’zdan foydalaniladi? Nima deb o’ylaysiz? Qaysi hollarda foydalanuvchi bilan brauzer o’rtasida faol muloqot qilishga to’g’ri keladi?Web saytlarda formalar juda ko’p joyda ishlatiladi.Tuzilishiga ko’ra formalar 2 turga bo’linadi: Ixtiyoriy javob kiritish uchun mo’ljallangan, tavsiya etilgan javoblardan birini tanlash
Forma hosil qilish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |