9-Amaliy ish Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarda viruslarga qarshi himoyani o‘rnatish Antivirus dasturini o'rnatish va sozlash


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1027898


9-Amaliy ish 
Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarda viruslarga qarshi himoyani o‘rnatish 
Antivirus dasturini o'rnatish va sozlash 
Antivirusni o'rnatish uchun Kasperskiy Antivirusi tanlangan. 
Buning uchun rasmiy saytdan antivirusning 30 kunlik sinov versiyasini 
yuklab olinadi. 
"Virus va tahdidlarga qarshi himoya" optsiyasi 
Antivirus dasturini yangilash 


 
Faylni rasmiy saytdan yuklab olish. 
Yuklab olingandan so'ng dastur ishga tushiriladi. Bajarilishi lozim bo’lgan 
ish – faqatgina yuklanib olingan faylni ochish. Ogohlantirish paydo bo’lganidan 
so’ng, “Продолжить” bosiladi. 
Dasturni o'rnatish. 
Litsenziya shartnomasining shartlari bilan (34-rasm) va “Kasperskiy 
xavfsizlik tarmog'i to'g'risidagi Nizom” bilan tanishib bo’linganidan so’ng, "qabul" 
tugmasini bosing. 


Litsenziya shartnomasi. 
Kasperskiy xavfsizlik tarmog'i to'g'risidagi Nizom 
Shundan so'ng, dasturni o'rnatish boshlanadi. O’rnatish bir necha daqiqa 
davom etishi mumkin. 


O'rnatish jarayoni.
O'rnatish tugaganidan so'ng tavsiya etilgan sozlamalar oynasi ochiladi. 
Qabul qilish tugmasi bosiladi. Shu bilan o'rnatish ja rayoni tugallanadi. 
Tavsiya etilgan sozlamalar 


O’rnatishni tugatish oynasi 
Dasturning qo'shimcha imkoniyatlari


Dastur o’rnatilgandan so’ng, dasturni ishga tushirish jarayoni ketadi. 
Dastur birinchi ishga tushganida bizga turli xil tavsiyalar va dastur haqida 
ma’lumot beriladi. Qo’shimcha imkoniyatlar bilan tanishib chiqish kerak va har 
safar «далее» tugmasi bosiladi. 
Qo'shimcha imkoniyatlar bilan tanishib chiqilganidan so'ng signatura 
bazasini yangilash kerak bo’ladi. Buning uchun "Обновление баз" tugmasi 
bosiladi. "Обновить" tugmasini bosiladi, so’ngra ma'lumotlar bazasi yuklab 
olinguncha kutib turiladi. 
Qattiq (hard) diskni skanerlash. Kompyuterning hard diskini tekshirish 
uchun asosiy menyusi ochilib, " Проверка" tugmasi bosiladi. 
Signatura bazalarini yangilash. 


Dasturning asosiy menyusi 
Pastroqda xotirani skanerlash turlari keltirilgan. Biz o’zimizga ko’proq 
to’g’ri keladigan variantni tanlashimiz mumkin. Bizning holatda «Быстрая 
проверка» ko’rsatilgan.
Tezkor tekshiruv.
Tekshirish oxirida dastur xabar beradi. Agar zararli dastur ta'minoti 
aniqlangan bo'lsa, "Лечить с перезагрузкой компьютера" tugmasini bosish 
kerak.


Operatsiya jarayoni tugaganidan so'ng, kompyuter qayta ishga tushiriladi.
Faol darajadagi zaralanishni davolash 
Qo'shimcha sozlamalarda zararlanishdan keyin tiklash Ustasi mavjud, u 
operatsion tizimda zararni topadi. Bunday zararlarnishning paydo bo'lishining 
asosiy sababi - bu zararli dasturlarning faoliyati, tizimning noto'g'ri ishlashi
shuningdek, noto'g'ri ishlaydigan operatsion tizim optimizatorlaridan foydalanish 
bo'lishi mumkin. 


Zararlanishdan keyingi tiklash ustasi


Zararlanishdan keyingi tiklash ustasining asosiy parametrlarni sozlash. 
Asosiy parametrlarni sozlamalari 
Qo'shimcha sozlamalar bilan tanishish uchun bosh sahifaning pastki 
qismidagi "Настройки" belgisi tanlanishi lozim. Ular orqali kompyuterning 
antivirusni sozlash, sozlamalarni vaqtincha o'chirib qo'yish, yoki ularni o'zgartirish 
uchun maxfiy so'zni o'rnatish, turli cheklovlarini belgilash mumkin. 


a) 
b)
c)


d) 
e) 
Antivirusning asosiy sozlamalari 
 
Topshiriq: 
1. Antivirus dasturini o'rnatish.
2. Asosiy parametrlarni sozlash.
3. Hard diskni skanerlash.
4. Antivirus dasturini yangilash.
 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling