9-amaliy mashg’ulot 9-mavzu. O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligining yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari


Harakat xavfsizligi sohasini boshqaruv


Download 94 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1336301
1   2   3   4
Bog'liq
9-amaliy 2 soat

3. Harakat xavfsizligi sohasini boshqaruvi bo’yicha maxsus vakolatli davlat organlari


O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O’zbekiston avtomobil va daryo transport agentligining vakolatlari quyidagilardir:
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan normativ hujjatlarni amalga oshirish;
transport vositalari va transportda ko’rsatiladigan xizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga oshirish;
yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlariga
(avtomobil transportida) rioya etish ustidan nazorat olib borish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


O’zbekiston avtomobil yo’llarini qurish va ulardan foydalanish davlat aksiyadorlik kompaniyasining yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O’zbekiston avtomobil yo’llarini qurish va ulardan foydalanish davlat aksiyadorlik kompaniyasi vakolatlari quyidagilardan iborat:
o’z tasarrufidagi avtomobil yo’llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu yo’llarning soz holda saqlanishini ta’minlash;
yo’l harakati qatnashchilarini yo’l qoplamasining holatiga oid va boshqa sharoitlar to’g’risida zarur axborot bilan ta’minlash;
avtomobil yo’llarida yo’l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va jihozlanishini amalga oshirish hamda ularning saqlanishini ta’minlash;
avtomobil yo’llarining qatnov uchun xatarli joylarini aniqlash va bu joylarda yo’l harakatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko’rish;
og’ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo’nalishlarini belgilashda ishtirok etish, shuningdek, yo’l xizmat ko’rsatish ob’ektlari joylashuviga rozilik berish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo’l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasining vakolatlari quyidagilardan iborat:
yo’l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
yo’l harakati qatnashchilarini yo’l harakati xavfsizligi qonun va qoidalariga, boshqa qonun hujjatlarining yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazorat olib borish;
jamoat transportining, shuningdek, og’ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo’nalishlarini belgilashda ishtirok etish;
yo’llarni, temir yo’l kesishuvi joylarini, avtomobil yonilg’isi quyish tarmoqlarini, transport vositalarining konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik berish;
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazorat olib borish, transport vositalarining texnik ko’rigini o’tkazish;
yo’llar va temir yo’ldan o’tish joylarining saqlanishi, ularning yo’l harakatini boshqarish vositalari bilan jihozlanishi va avtomobil yo’llarini texnik ko’rikdan o’tkazish ustidan nazorat olib borish;
yo’l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo’lgan yo’llar va temir yo’l kesishuvi joylaridan foydalanishni ta’qiqlash;
transport vositalari, yo’l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo’l-transport hodisalari hisobini va ro’yxatini yuritish;
qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rish.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling