9-amaliy mashg’ulot 9-mavzu. O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligining yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari
Download 94 Kb.
|
9-amaliy 2 soat
9-amaliy mashg’ulot 9-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING YO’L HARAKATI XAVFSIZLIGI BOSH BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI 1. Davlat tashkilotlarining harakat xavfsizligi sohasini boshqarish umumiy tizimi Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, maxsus vakolatli davlat organlari va ularga tegishli turli tashkilot hamda korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi: O’zbekiston avtomobil va daryo transport agentligi; O’zbekiston avtomobil yo’llari qurish va ulardan foydalanish davlat aksiyadorlik kompaniyasi; O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi. Avtomobil transporti soxasidagi harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar davlat vakolatli organi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va yuridik maqomga ega bo’lgan turli vazirlik, kompaniya, konsern, uyushmalarga tegishli avtokorxonalar, shuningdek, xususiy avtotransport korxonalari tomonidan olib boriladi. Avtomobil yo’llarida va shahar ko’chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ishlarni yo’l xo’jaliklariga qarashli tashkilot va korxonalar bajaradilar. Bunda mavjud tizimga ko’ra umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llaridagi barcha turdagi ishlarni O’zbekiston avtomobil yo’llarini qurish va ulardan foydalanish «O’zavtoyo’l» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli viloyat, tuman yo’l tashkilotlari; mahalliy ichki yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini suv xo’jaligi, «O’zneftgaz» DAK, «O’zdonmahsulot» DAK va boshqa vazirliklar; shahar yo’l va ko’chalarida harakatni xavfsiz tashkil etish masalalariga qaratilgan vazifalarni shahar hokimliklariga tegishli obodonlashtirish korxonalari va yo’l-foydalanish tashkilotlari tomonidan tashkil etiladi. Haydovchilarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash davrida bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, vatanparvar OTJ, avtohavaskorlar OTJ, turli vazirliklar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar tomonidan haydovchilarning yo’l harakati qoidalariga va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bilim, saviya va ko’nikmalar berishga oid masalalar bilan shug’ullanishlari vazifa qilib qo’yilgan. Piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha respublikada halq ta’limi vazirligiga bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga maxsus dastur asosida yo’llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari o’rgatilishi yuklatilgan. Lekin bu masala yuzasidagi ishlarni keng xalq ommasiga boshqa vazirliklar, kompaniya, konsern, uyushma, tashkilot, korxona va mahallalar miqyosida ham keng targ’ib etishga e’tiborni kuchaytirish lozim. O’zbekiston Respublikasida «Avtomobil-yo’l-haydovchi-piyoda-muhit» tizimiga bog’liq bo’lgan harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha barcha ishlarni davlat tomonidan nazorat qilish ichki ishlar vazirligi qoshidagi yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning viloyat boshqarmalari va tuman bo’limlariga yuklatilgan. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling