9-amaliy mashg’ulot 9-mavzu. O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligining yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy xokimiyat organlarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni


Download 94 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1336301
1   2   3   4
Bog'liq
9-amaliy 2 soat

2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy xokimiyat organlarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o’rni

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari quyidagilardan iborat:


yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini tasdiqlash va ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib borish;
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda uni tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlash;
vazirliklar va idoralarning yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
transport vositalari va yo’llarning texnik holatiga, yo’llar va temir yo’ldan o’tish joylari bo’ylab yo’l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash;
transport vositalari haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek, aholiga yo’llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o’rgatishga doir umumiy talablarni belgilash;
transport vositalarining haydovchilarini, shunday vositalarning o’zini, yo’l harakati qoidalarining buzilishi hollarini, YTHlari va boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlash;
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish;
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash hududiy dasturlarini tasdiqlash hamda ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib borish;
yo’l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlashini, shuningdek, yo’l-transport hodisalari sodir bo’lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatilishini tashkil etish;
yo’l-transport hodisalari oqibatidagi jarohatlanishlarning oldini olish, aholiga yo’llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o’rgatish, yo’l harakati xavfsizligini targ’ib etish hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish chora-tadbirlarini ko’rish;
shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi ko’chalarning, yo’laklarning hamda yo’l harakatini boshqarish vositalarining, shuningdek, shahar elektr transport yo’llarining qurilishi va soz holatda saqlanishini ta’minlash.



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling