9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja
Umurtqa pog‘onasini muskullari
Download 443.98 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Gavda muskullarining tuzilishi.
Umurtqa pog‘onasini muskullari. Bu muskullar umurtqa pog‘onasini atrofida joylashgan bo‘lib, joylashishi va funktsiyasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: Umurtqa pog‘onasini dorsal (orqa tomon) muskullari – umurtqa tanasini ustida joylashgan bo‘lib, boshdan to dum umurtqasini oxirgisigacha davom etadi, aksariyat holda uzun lenta yoki tasma holatida bo‘lib, juft bo‘ladi. Bu muskullar umurtqa pog‘onasini yozadi, bo‘yin va boshni ko‘tarib turadi, dumni ko‘taradi. Bu guruhga quyidagi muskullar kiradi: Umurtqa pog‘onasini uzun muskuli – m. longissimus dorsi – kuchli taraqqiy etgan muskul bo‘lib, u bir tomondan bel va ko‘krak umurtqalarining elka o‘simtasini vertikal jiyagi hamda ikkinchi tomondan bel umurtqalarining ko‘ndalang qovurg‘a o‘simtasi va ko‘krak umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtasini gorizontal jiyagidan hosil bo‘lgan uchburchak bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Yon tomondan uni dorsal tishsimon muskul yopib turadi. Muskulni funktsiyasi– barcha umurtqalarni tutib turish, qisqarganda umurtqa pog‘onasini yozish, hayvon o‘rnidan turayotganida tananing oldingi qismini ko‘tarishdan iborat. Plastrsimon muskul – m. Splenius – uchburchak shaklda bo‘lib, birmuncha alohidalashgan, ammo tolalarining yo‘nalishi bo‘yicha uzun muskullar tarkibiga kiradi. U yag‘rin va bosh o‘rtasidagi uchburchak bo‘shliqda joylashadi. Muskulning ikkala qismi ham birdaniga qisqarganda bosh-bo‘yin bo‘g‘imi yoziladi. Bir tomoni qisqarganda bo‘yin va bosh bir tomonga buriladi. Bu muskul qoramollarda uncha yaxshi taraqqiylashmagan, u 3-4-ko‘krak umurtqalaridan boshlanib, atlant qanotida, epistrofiyaning ko‘ndalang o‘simtasida va ensa suyagida tugaydi. Bo‘yinning uzun muskuli – m. longissimus cervicis – birinchi ko‘krak va oxirgi bo‘yin umurtqalari o‘rtasida, umurtqa pog‘onasining burmasida joylashadi. U dastlabki oltinchi yoki ettinchi ko‘krak umurtqasining ko‘ndalang o‘simtasidan boshlanib, 7-6-5- va 4- bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtasiga boradi va shu erda alohida tishchalari bilan birikadi. Boshning uzun muskuli – m. Longus capitis – uzun tutamli tishchalari bilan 4- 3- va 2- bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang qovurg‘a o‘simtalaridan boshlanib, bitta qorinchani hosil qiladi. Muskul bo‘yin va boshni egishda ishtirok etadi. Chov kanali – canalis inguinalis qorin devorini tashqi va ichki qiyshiq muskullari hisobidan hosil bo‘ladi. Erkak hayvonlarda chov kanalida eriksimon ikkita teshik bo‘lib biri kattaroq – teri ostida bulsa, ikkinchi kechikroq – qorin teshigi hisoblanadi. Erkak hayvonlarda chov kanalidan embrion davrida urug‘don urug‘ xaltasiga tushadi. Tug‘ilgandan keyin unda urug‘don tizimchasi joylashadi. Urg‘ochi hayvonlarda chov kanali reduktsiyaga uchragan. Download 443.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling