9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja
Elkani bosh, bo‘yin va tanaga birlashtiruvchi muskullar
Download 443.98 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Gavda muskullarining tuzilishi.
Elkani bosh, bo‘yin va tanaga birlashtiruvchi muskullar:
Ko‘krak–elka – bosh muskuli – m. sternobrachiocephalicus – lenta shaklida, elka va to‘sh suyaklari o‘rtasida joylashib, ikki qismdan iborat: yuqorigi – elka–bosh muskuli; pastki – to‘sh –bosh muskuli. Elka–bosh muskuli – m. brachiocephalicus - yakka va pastki jag‘ suyaklaridan boshlanib, elka suyagining deltasimon tarog‘ida tugaydi. To‘sh–bosh muskuli – m. sternocephalicus - chakka va pastki jag‘ suyaklaridan boshlanib, to‘sh suyagining dastasida tugaydi. Muskul oralig‘ida ariqcha bo‘lib, unda bo‘yinturuq vena – vena jugularis joylashadi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni old tomonga tortadi, elka bo‘g‘imini yozasi, bosh va bo‘yinni egadi. Elkaning keng muskuli – m. latissimus dorsi - ko‘krak qafasining yuqorigi va yon qismini o‘rab turadi, 3-nchi ko‘krak umurtqasi hamda oxirgi bel umurtqasigacha bo‘lgan oraliqdan boshlanib, elka suyagining ichki yuzasida tugaydi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni orqaga tortadi, ko‘krak qafasini siqib nafas chiqarishga yordam beradi. Ko‘krak muskullari – m.m. pectoralis - ko‘krak devorining pastki qismi bilan elka suyaklari oralig‘ida joylashadi. Muskul yuza va chuqur qavatlardan tashkil topgan. Ko‘krakning yuza muskuli – m. pectoralis supericialis - elka va elka oldi qismlariga bo‘linadi. Har ikkalasi ham to‘sh suyagining oldidan boshlanib, ikki boshli muskul fastsiyasida va elka suyagining tarog‘ida tugaydi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni oldingi tomonga tortadi, tanani oldinga itaradi. Ko‘krakning chuqur muskuli – m. pectoralis profundus - kuchli taraqqiylashgan bo‘lib, elka qismi – pars brachialis chin qovurg‘alar ustidan boshlanadi va elka suyagining katta–kichik do‘ngliklarida tugaydi; old qismi – pars praescapularis 2–4-nchi qovurg‘alar ro‘parasidan boshlanadi va kurak suyagi oldiga o‘tib, muskul fastsiyasida tugaydi. Funktsiyasi: elka bo‘g‘imini yozadi va oyoqni tanaga birlashtiradi. Download 443.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling