9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja
Download 443.98 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Gavda muskullarining tuzilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rgazmali qurollar
9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja: 1.Gavda muskullarini guruhlarga bo‘linishi. 2.Yelka kamari, ko‘krak va qorin devori muskullarini topografiyasi. 3.Bosh muskullarini topografiyasi Darsning maqsadi: Elka kamarini hamda elka suyagini bosh, bo‘yin va tanaga birlashtiruvchi muskullarni boshlanish va tugash sohalarini aniqlash, funktsional anatomiyasini o‘rganish. Gavda va bosh muskullarini topografiyasi va funktsiyasini o‘rganish.. Ko‘rgazmali qurollar: Turli xil qishloq xo‘jalik hayvonlarini ho‘l va qotirilgan preparatlari, muskullarning sxematik tasvirlari. Anatomik preparatlar, skelet va jadvallar. Darsning mazmuni. Elka kamarining muskullari ikki guruhga bo‘linadi: a) oldingi oyoqning kamar suyagini tanaga birlashtiruvchi; b) elkani va oldingi oyoqning qolgan qismini tanaga birlashtiruvchi muskullar. Muskullar tizimi ko‘ndalang-targ‘il yoki skelet muskullaridan tashkil topgan bo‘lib, ular skeletga birikadi. Har bir muskul tutamining tolasi miofibrillalardan tuzilgan va ular ikkita qisqaruvchi oqsillardan – aktin va miozindan tashkil topgan. Hujayra darajasida muskulning qisqarishi aktin va miozin molekulalari o‘rtasida ko‘ndalang ko‘prik hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Muskul tolalarini qisqarishi nerv tolalari orqali kelayotgan impulslar vositasida.amalga oshiriladi. Muskul tolalariga keladigan bitta nerv tolasi harakatlantiruvchi nerv deyiladi. Aniq va nozik vazifani bajaruvchi bir nechta muskul tolalariga birdaniga bir qancha haprakatlantiruvchi nerv tolalaridan impuls keladi. Muskul to‘qimasi doimiy ravishda taranglashgan holatda bo‘lib, bu muskul tonusi deb yuritiladi. Muskul tonusi hayvon xavotirli, qo‘rquv holatda bo‘lganda ortsa, dam olayotganda yoki uxlayotgan vaqtda susayadi. Barcha muskullarning qorinchasi hamda suyaklarga birikib turadigan uchlari bo‘ladi. Skelet muskullari tashqi tomonda bitta yirik tolaga birikib o‘q hosil qiladi va bu muskullar tananing boshqa qismiga nisbatan harakatni amalga oshiradi. Bunga oyoq muskullari misol bo‘ladi. Ichki tomonda esa muskul tutami ikki uchiga birlashgan bo‘lib, bu muskullar oyoqning ma’lum belgilangan qismini harakatga keltiradi. Tananing har bir sohasida hayvonning norma funksiya ko‘rsatishi uchun ma’lum bir harakat tipini amalga oshiruvchi muskullar guruhi joylashadi. Download 443.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling