9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja


Download 443.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi443.98 Kb.
#1030462
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Gavda muskullarining tuzilishi.

Ko‘ndalang – targ‘il muskullar ko‘rinishidan Yumshoq va to‘q qizil rangli 
bo‘ladi. Ularning tanada qancha bo‘lishi hayvonlarning zotiga, yoshiga, 
sog‘lomligiga, yashash sharoitiga bog‘liq. R.Shmals ma’lumotiga ko‘ra, tirik vazni 


456 kg bo‘lgan otning hamma skelet muskullari 47,4 % ga yaqin bo‘ladi. Muskullar 
sistemasi muskul ishi vaqtida transformatorlik vazifasini bajarib, moddalar 
almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini 70 % gacha saqlaydi. 
Shuning uchun ishlayotgan organizmning asosiy issiqlik manbai hisoblanadi.
 
Targ‘il muskul to‘qimalari yoki skelet muskullari ixtiyoriy, organizmning 
ixtiyoriga bo‘ysungan holda vazifalarni amalga oshiradi. Muskullar markaziy nerv 
tizimidan impulslarni olishi bilan ma’lum bir harakatni yuzaga keltiradi. Har bir 
targ‘il muskul miofilament va miosimfilamentdan iborat miofibrillalardan tashkil 
topgan.
Muskullar qisqargan vaqtda aktin va miozin oqsillari bir-biridan sirpanadi hamda 
miozin ipi boshchasi bilan aktin ipi boshchasi o‘rtasida ko‘ndalang ko‘prikcha hosil 
bo‘ladi. Ko‘ndalang ko‘prikcha ingichka ipcha ortidan yo‘g‘on ipchani yoy orqali 
tortishi natijasida sarkomerlar qisqaradi. Shundan so‘ng, ushbu harakat tugashi bilan 
kross-ko‘prik ingichka ipdan yechiladi va o‘ziga keyingi ipni biriktirib oladi. 
Miozin va aktin filamentlari o‘rtasidagi ko‘prikcha muskullarning qisqarishini 
ta’minlovchi uzluksiz mexanizm sifatida xizmat qiladi. Bu jarayon juda ko‘p 
energiya sarfini talab qilib, u adenozin uchfosfat molekulasi hisobidan ta’minlanadi. 
Muskullarning qisqarish jarayonida kalsiy ionlari ham muhim rol o‘ynaydi. 
Tana muskullari faqat bir emas, balki bir necha bo‘g‘imni harakatga keltirishi 
mumkin. Masalan, yelkaning ikki boshli muskuli yelka bo‘g‘imini yozadi, tirsak 
bo‘g‘imini bukadi. Muskul tolalari organizmning yoshiga qarab o‘zgarib boradi. 
Masalan, odamlarda 30 yoshda kuchli bo‘ladi, 40 yoshda esa asta –sekin kuchi 
kamayib boradi, buning natijasida qorin osilishi, bukchayib qolish hollari ro‘y 
beradi. 
 
Muskullarni boshqaruvchi nerv muskul ichiga kirganidan so‘ng juda ko‘plab 
tolalarga tarmoqlanib ketadi va muskul tolalari tutamarini nerv bilan ta’minlaydi. 
Bitta nerv tolasi tomonidan innervasiya qilinadigan muskul tutamlarining soni 
harakat tppi bilan bog‘liq ravishda keskin farq qiladi. Agarda nafis, kuchsiz harakat 
bo‘lsa, faqat kamroq muskul tutamlarini innervasiya qiladi. Shunga qaramasdan, 
birmuncha kuchli harakatni, masalan oyoq muskullarinining harakatini ta’minlashda 
bitta nerv tolasi 200 yoki undan ziyod muskul tolalarini qo‘zg‘atadi. 
Nerv tolasi bilan muskul tolasining birikishi nerv-muskul birikmasi deyiladi va 
kimyoviy birikma asetilxolin impulsni ushbu tirqish orqali uzatadi. 
Immun tizimning kuchsizlanishi natijasida kelib chiqadigan miasteniya kasalligida 
asetilxolin resptorlari nerv-muskul birikmasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu itlarda 
muskullarning kuchsizlanishini chaqiradi va fizikaviy og‘irlikni ko‘tara olmaslik
so‘lak oqishi kabi belgilar bilan xarakterlanadi. 
Og‘irlik markazi hamma hayvonlarda bir xil bo‘lmaydi. Otlarda og‘irlik 
markaziya tananing o‘rta qismiga, kuraksimon o‘simtaning orqa tomoniga, ko‘krak 


qafasining pastki, o‘rta va yuqori qismiga to‘g‘ri keladi. Qoramollarda birmuncha 
keyinroqda, odamlarda esa bir oz oldiroqda joylashadi. 
Muskul tonusi. Skelet muskullarining ko‘pchiligi organizmda biroz taranglashgan 
holatda bo‘lib, muskul tonusi sifatida ma’lum. Hayvon tinch holatda bo‘lganda 
uning pozasini saqlab turishda ishtirok etadigan muskullar haqiqiy bo‘shashgan 
holatda bo‘lmaydi. Muskul tonusi muskullarning harakatiruvchi birliklari hisobidan 
ta’minlanib turadi, ya’ni ayrim muskul tolalari qisilganda, boshqalari bo‘shashgan 
holda bo‘ladi. 
 
Muskullar ikki tipdagi qisqarishga uchraydi: somatik qisqarish ro‘y berganda 
qo‘zg‘alish muskullarga kuchaytirilib o‘tkaziladi va muskul tonusi ortadi, ammo 
muskul kichraymaydi; izotonik qichqarishda muskul haqiqatda ham harakatlanadi 
yoki kichrayadi. 
Muskullar qanchalik ko‘p ishlasa yoki qisqarsa, shunchalik taraqqiylashadi va 
gipertrofiya deyiladi, agarda u sust harakat qilsa yoki qandaydir sabab tufayli 
ishlamasa, masalan, hayvon kasallik natijasida yotib qolsa, oyoqlar giplasda bo‘lsa 
quriy boshlaydi yoki kichrayadi va gipotrofik deb yuritiladi.
Muskullar atrofiyasi oqsash, suyakni sinishi, nerv tolalarini shikastlanishi kabi 
omillar sabab bo‘lishi mumkin. 
Muskullar gipertrofiyasi yoki kattalashishi bitta oyoqni kam harakati oqibatida 
uning vazifasini ham bajarishi uchun ikkinchi oyoqdagi muskullarni me’yoridan 
ko‘p ishlashi natijasida kelib chiqishi mumkin. 

Download 443.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling