9-Ameliy jumis Tema: aes proektlerin ekologiyaliq ekspertizalaw. Jobasi


Download 77.79 Kb.
bet2/6
Sana21.12.2021
Hajmi77.79 Kb.
#182261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ameliy jumis (1)

Atom elektr stansiyasi (AES) – bu atomning ichki energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarash amalga oshiriladigan elektrostansiya.

Atom elektr stansiyasi (AES) — Texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya.

Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi.

Atom Elektr Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr Stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi:

1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi);

2) Grafit-suvli (suv — issiklik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi);

3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi);

4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).

  

AES qurilishi orqali davlatlar kam sarf harajatda, katta foydaga ega bo'lishi mumkin. Misol uchun hozir mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb 80 foizi gaz, ko'mir va boshqa yoqilg'i mahsulotlarini yoqish orqali olinadi. Bu bir tomondan ularga bo'lgan talab va shu bilan birga narx oshishiga ham sabab bo'ladi. - Bundan tashqari, ushbu yoqilg'i mahsulotlari havoga ko'plab zaxarli moddalarni chiqaradi. Masalan, 1000 MVt energiya uchun issiqlik elektr stansiyalari atmosferaga 13 ming tonna zaxarli gaz va 165 ming tonna ko'mir changini chiqaradi. AES esa deyarli havoga zaxarli moddalarni chiqarmaydi.

Statistikaga e'tibor qaratsak, 2017-yilda dunyo bo'yicha 31 ta mamlakatda 451 ta energoblokka ega 191 ta AES ishlamoqda. Fransiya energota'minotining 78 foizi AESlarga to'g'ri keladi. 12 ta davlatda Rosatom tomonidan bunyod etilgan 41 ta energoblok ishlab turibdi va yana 36 tasi qurilish jarayonida.

Yurtimizda ham sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi, ayniqsa, aholi sonining yil sayin koʻpayib borayotgani elektr energiyasiga ehtiyojni tobora oshirmoqda. Uni toʻla-toʻkis qondirishning birdan-bir oqilona yoʻli – atom energiyasidan foydalanishdir. Chunki tahlillar bunday energiyaning istiqbolli ekanini koʻrsatmoqda. Bu nimalarda namoyon boʻladi?




Download 77.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling