9-auditoriyadan tashqari mustaqil ish Mavzu. Tovar siyosati


Download 20.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.06.2024
Hajmi20.13 Kb.
#1899029
  1   2   3   4
Bog'liq
Marketing9



9-auditoriyadan tashqari mustaqil ish
Mavzu. Tovar siyosati
1. Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim?
2. Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushuncha bering. 
3. Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya etishimiz mumkin?
5. Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini 
tushuntiring.
6. Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz?
7. Shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar harakatini qanday 
tasavvur qilasiz?


1.Tovar hayotiylik davri nazariyasining 
asoschisi kim?
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 
1965–yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga 
xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin 
tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan 
tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga 
chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi.


2. Tovar assortimenti, markasi, tovar 
nomenklaturasiga tushuncha bering. 
Assortiment (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) sotayotganmahsulotlarning
guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, 
deganda – bir xil iste’mol ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, 
non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non 
turlari assortiment, deb ataladi. 
Tovar nomenklatura nomi – bu bir xil iste’mol ehtiyojini qondiruvchi tovarlar assotimentining
umumlashgan nomi. Masalan, “Yuvish vositalari”. “Non va non mahsulotlari” va hokazo. Tovar 
bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. 
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab
bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni
identifikatsiyalashda qo‘llaniladi. 



Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling