9-auditoriyadan tashqari mustaqil ish Mavzu. Tovar siyosati


 Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga


Download 20.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.06.2024
Hajmi20.13 Kb.
#1899029
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing9

3. Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga 
bo‘linadi?
Iste’molchilarning ehtiyojlari bo‘yicha motivlarni amerikalik marketolog Allen birlamchi va
ikkilamchiga ajratgan. Birlamchi motivlar – ochlik, tashnalik, qulaylik, shinam, kasalliklar, xavflar, 
yaqinlarining tinchlik – xotirjamligi, atrofdagilar tomonidanma’qullanishi boshqa odamlardan
ustunlik. Ikkilamchi motivlar – go‘zallikka, ozodalikka, foydaga, hisobkitoblilik va tejamkorlikka
intilish, hayotga ishonch va o‘z salomatligini saqlashga ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik, 
ma’lumotlilikka, karyeraga, ishchanligini, qiziqishlarini oshirishga intilish, tovarlardagi sifatga va
ularning universalligiga, ishonchliligiga intilish. “Tovar” tushunchasi moddiy obyektlar bilan
cheklanmaydi. Talabni qondiruvchi barcha xizmat turlari tovar hisoblanadi. Marketingda tovar qator
belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Tovar – butun marketing kompleksining asosidir. Agar tovar
xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hech qanday qo‘shimcha
xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqeyini yaxshilay olmaydi. 


4. Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi 
yo‘llarni tavsiya etishimiz mumkin?
Tovar, deb ma’lum bir ehtiyojni qondirish maqsadida bozorga sotib 
olish, foydalanish va iste’mol qilish uchun taklif etilayotgan mahsulot 
tushuniladi. Mahsulotga narx belgilanishi va bozorga taklif etilishi 
bilanoq u tovarga aylanadi. Shuning uchun ham «tovar» atamasi 
«mahsulot» atamasi bilan teng ma’noda ishlatiladi. Marketing nuqtayi 
nazaridan tovar ma’lum bir iste’mol qiymatiga ega bo‘lishi kerak. 
Tovarning iste’mol qiymati esa, inson ehtiyojlarini qondirishi mumkin 
bo‘lgan xususiyatlarining majmuyidan tashkil topadi.



Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling