9-bilet Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan etti mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti inson huquq
Fuqarolik jamiyati taraqqiyotning yuqori bosqichi
Download 40.13 Kb.
|
fuqaolik jamiyati 9-10 variant
1. Fuqarolik jamiyati taraqqiyotning yuqori bosqichi.
“Fuqarolik jamiyati” va “huquqiy davlat” tushunchasi birgalikda XVIII asrda paydo bo‘lgan. Odamlar hayoti va faoliyatining ikki tomoni: ularning shaxsiy manfaatlari, tashabbusi, ixtiyoriy faoliyati jabhasi va odamlar xulq-atvori davlatning xohish-irodasiga bo‘ysunuvchi xalq hokimiyati jabhasi shu tushunchalar bilan ifodalandi. Fuqarolik jamiyati hokimiyatning oqilonaligi va odilonaligi, shaxs erkinligi va farovonligi haqidagi g‘oyalarning huquqiy ustunligi, huquq va qonunning birligi, davlat hokimiyatining turli tarmoqlari faoliyatini huquqiy chegaralash g‘oyalari bilan mushtarakdir. Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi. Totalitar davlatda xavfsizlikni ta’minlash huquqiy tartibotni muhofaza qilish, odamlar xulq-atvori davlat belgilagan huquqiy qoidalarga muvofiqligini ta’minlash faoliyatidan iborat bo‘ladi, davlat hokimiyatiga tatbiqan xavfsizlikni davlat xavfsizligi va fuqarolik jamiyati xavfsizligiga ajratish muammosi yuzaga kelmaydi. Fuqarolik jamiyatining xavfsizligi (jamoat xavfsizligi) quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin: -ijtimoiy adolat; -davlat bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolarning va umuman jamiyatning huquqlari; qonuniylik tartibi; fuqarolarning iqtisodiy farovonligi; demokratik plyuralizm; jamiyatning ochiqligi; fuqarolik jamiyatining milliy jihatdan muayyanligi. Fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi inson huquqlari va fuqaro huquqlarining farqlanishini belgilab berdi. Inson huquqlarini fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqdarini davlat ta’minlaydi. Ikkala holatda ham shaxs huquqlari to‘g‘rsida so‘z yuritiladi, biroq birinchi holatda ayrim inson sifatidagi shaxsning yashash, erkinlik huquqlari nazarda tutilsa, ikkinchi holatda uning siyosiy huquqlari nazarda tutiladi. 2. Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida taʼkidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquklarni toʻldiradi. Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, gʻayriinsoniy, odam shaʼnini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquklari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning , turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saklash huquqi, oʻz shaʼni va obroʻsini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquki kabilar kiradi (3— 5, 8—12moddalar). Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquklari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fiqolash, vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish h>’kuqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—21moddalar). Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda takdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22—27moddalar) insonning asosiy ijtimoiyiqtisodiy huquqlari hisoblanadi. Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadrqimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan babbaravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7moddalar). Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir. Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991 yil 30 sentabr). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla moye boʻlib, unda OʻzR barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlangan. 3. Avvalambor, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni muhofaza etishga da’vat qiladi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini ta’minlaydi. Bu esa pirovardida jamoatchilik nazorati orqali bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanib kelinayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi. Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bo‘lmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda islohotlarning yanada samarali olib borilishini ta’minlaydi. Davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari jamoatchilikning ishonchi va ko‘magida o‘z faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniga ham ega bo‘ladi. “ Download 40.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling