9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar


Download 213.95 Kb.
bet90/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Quyidagilar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
(26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo‘lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo‘lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslarning, ular oila a’zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
(26-moddaning birinchi qismi beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136, 1126-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ushbu moddada aytib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qo‘yadigan tartibda amalga oshiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling