32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash
Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 3-bandi.
33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish
Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 4 — 5-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |