9-bob. ER-XOTINNING UMUMIY MOL-MULKIDAGI ULUShGA BO‘LGAN MULK HUQUQI TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMALAR BERISh. MOL-MULKNI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZIShNI TAQIQLAB QO‘YISh VA TAQIQNI BEKOR QILISh
62-modda. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish
Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
63-modda. Marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berish
Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi.
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi.
(63-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |