Notariat to‘g‘risida
I BO‘LIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TAShKILIY ASOSLARI
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. UMUMIY QOIDALAR
(1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
1-modda. O‘zbekiston Respublikasida notariat
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari”ning 1-bandi (ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |