Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

NOTARIAT TO‘G‘RISIDA

I BO‘LIM. NOTARIAT FAOLIYATINING TAShKILIY ASOSLARI

Oldingi tahrirga qarang.

1-bob. UMUMIY QOIDALAR

(1-bobning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli  Qonuni

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

1-modda. O‘zbekiston Respublikasida notariat

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston  Respublikasida  notariat  qonunda  nazarda  tutilgan  notarial  harakatlarni

hamda  ular  bilan  bevosita  bog‘liq  huquqiy  va  texnik  tusdagi  harakatlarni  notariuslar

tomonidan  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  huquqlari  hamda

qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.

(1-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  14-yanvardagi  O‘RQ-602-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari”ning 1-bandi (ro‘yxat  raqami

2170, 22.12.2010-y.).

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston  Respublikasida  notarial  harakatlar  ushbu  Qonunga  va  boshqa  qonun

hujjatlariga  muvofiq  davlat  notarial  idoralari  notariuslari  va  xususiy  amaliyot  bilan

shug‘ullanuvchi  notariuslar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Notariuslarning  reyestrini

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi

(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Boshqa  davlatlarning  hududida  notarial  harakatlarni  O‘zbekiston  Respublikasi

konsullari amalga oshiradi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi.

(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni

tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling