9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
152-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish uni hisobga qo‘ygan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: notarius jinoiy javobgarlikka tortilganda — u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan e’tiboran va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar; Oldingi tahrirga qarang. notarius qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilganda — bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar bo‘lgan davrga; notariat to‘g‘risidagi qonunchilik, Notariusning kasb etikasi qoidalari talablari, notarial harakatlar siri va notarius qasamyodi notarius tomonidan buzilganligi aniqlanganda; (152-modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Notarial palataning yoki adliya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan, shu jumladan notariusning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari notarius tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda; Oldingi tahrirga qarang. notariusda fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud bo‘lmaganda yoki tuzilgan shartnoma qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmaganda — bunday shartnoma tuzilgan yoki tuzilgan shartnoma qonunchilikka muvofiq holga keltirilgan kunga qadar; (152-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablar bajarilmaganda — bunday hollar bartaraf etilguniga qadar; notarius Notarial palataga a’zolik badallarini bir oydan ortiq muddat davomida to‘lamaganda — uch oygacha, a’zolik badallarini to‘laguniga qadar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariusga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish davrida litsenziyaning amal qilishini o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo‘lmaydigan xususiyatga ega bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmalarining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish notarius maqomining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning maqomi to‘xtatilganligi yoki tiklanganligi haqida xabardor etadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tegishli xabarni e’lon qiladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomining to‘xtatib turilishi notariusning Notarial palataga a’zoligi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi. Notariusning maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin shaxs notarial faoliyatga kirishadi. Notarius maqomi to‘xtatib turilgan shaxsning Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib keladigan qoidabuzarliklar hollari va ular bo‘yicha litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadi. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling