9. Электр тармоқларнинг иш режимларини анализи ва режимларини бошқариш
Download 311.13 Kb. Pdf ko'rish
|
JrCW2w7XUxjTPzfk2jacUrndee3TUw03fWlNDiyV
9. Электр тармоқларнинг иш режимларини анализи ва режимларини бошқариш Qishloq joylaridagi elektr tarmoqlarning aksariyat qismini shaxobchalangan ochiq yoki radial tarqalgan tarmoqlar tashkil etadi. Radial tarmoqlarning taxminiy tuzilishi 5.26 – rasmda tasvirlangan bo‘lib ta’minot manbi A harfi bilan belgilangan. Radial tarmoqlarni qurish kam metal va mablag‘ sarfini talab etadi. Biroq bunday tarmoqlar jiddiy kamchilikka ega. Elektr ta’minot tizimining boshlang‘ich nuqtasida buzulish yuzaga kelsa tarmoqning keyingi qismlari elektr ta’minotisiz qoladi va ushbu tarmoqdan ta’minlanuvchi barcha elektr iste’molchilar ishdan to‘xtaydi. Ayni paytda qiщloq va suv xo‘jaligi sohasida elektrlashtirilgan tizim jadal rivojlanmoqda va u o‘z navbatida yuqori sifatli, uzluksiz elektr ta’minotini talab etmoqda. Bunday komp’yuterlashgan boshqaruv tizimli elektr iste’molchi ob’ektlarda elektr energiyasi uzulishi katta miqdordagi avariyalarga va zarar ko‘rishga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunning talabiga ko‘ra, suv xo‘jaligi va nasos stansiyalarining elektr ta’minoti uzluksiz, ishonchli va yuqori sifatli bo‘lishi shart. Radial tarmoqlar afsuski bunday talabga javob bermaydi. Yuqori darajadagi ishonchlilikka berk tarmoqlardan foydalanib erishi mumkin. 5.26-rasm. Radial tarmoq sxemasi. 5.27-rasm. Bir manbaga ega bo‘lgan berk tarmoq sxemasi 5.28-rasm. Bir iste’molchiga ega bo‘lagan murakab yopiq tarmoq sxemasi 5.29-rasm. Ikki manbadan ta’minlanuvchi liniyaning sxemasi Yopiq tarmoq deb ikki va undan ortiq ta’minot manbaidan elektr energiyasini oluvchi tarmoqqa aytiladi. Eng oddiy yopiq tarmoqning sxemasi 5.27–rasmda tasvirlangan. Bunday tarmoqning har qanday nuqtasidagi elektr liniyasining uzilishi elektr iste’molchilarni energiya ta’minoti uzluksizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan 3 - nuqtadagi yuklama yuqoridagi liniyaning 2-3- nuqtasida liniya uzilganda, pastki tarmoqning 4 -3- nuqtasi orqali, yoki pastki 4-3 tarmog‘ida uzulish bo‘lganda, yuqoridagi 2-3 tarmoqdan ta’minlanishi mumkin. Elektr tarmog‘ining ishonchliligini oshirish maqsadida 5.27–rasm sxemada qo‘shimcha A-2, A-3, A-4 - ichki tarmoqlarni ham qurish mumkin (5.28-rasm). U hodda 2, 3 va 4 –nuqtalar uch tomondan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Bunday nuqtalar tugunli yoki tugunlar deb atalib, elektr tarmog‘i tugunli deyiladi. Bunday tarmoqning har qanday nuqtasmidagi uzilishda ham iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’milashga erishish mumkinligini, uning oddiy yopiq tarmoqdan ustunligini ko‘rsatadi. Ikki ta’minot manbai (A va V) ga ega bo‘lgan oddiy berk tarmoq 5.29-rasmda tasvirlangan. Bunday tarmoqdagi bitta ta’minot liniyasining uzulishi yoki manbaning ishdan chiqishi elektr ta’minotining batomom yo‘qolishiga olib kelmaydi va elektr iste’molchilarning asosiy qismida elektr energiyasi mavjud bo‘ladi. 5.30-rasm. Bir nechta ta’minot manbaiga ega bo‘lgan murakkab berk tarmoq 5.31 - rasm. Ikki tomonlama ta’minlanuvchi tarmoqdagi toklarning taqsimlanishi. Download 311.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling