9 II bob Bolalarni rivojlantirishda o’yinning o‘rni


Download 141.5 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1806193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hamidova M

Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning o'ynashlari uchun eng qulay o'yin vositasi hisoblanadi. Qum maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigiyenik talablar qo'yiladi:

  1. qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo'lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf solmasligi kerak.

Kichik yoshdagi bolalar qum bilan o'ynashlari uchun bayroq­chalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan o'ynaladigan o'yinlar. Bu o'yinlar bilan kichik yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin. Suvda qo'g'irchoqni cho'miltirish, o'yinchoqlar bilan o'ynash, katta yoshdagi bola­lar esa suvda cho'milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalarda quvnoq kayfiyatni uyg'otadi. Buning uchun yog'och belkurakcha, qorni tashish uchun quticha ortilgan chana bo'lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar


II Bob O’yin bola hayotining asosiy turi sifatidagi o’rni
2.1. Milliy harakatli o’yinlarning bola hayotidagi afzalligi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda milliy xalq o'yinlarining ahamiyati kattadir. Bu o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:

  1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.

Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qad- riyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlar- ga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelin- gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblana­di. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter - xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jis­moniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlod- da chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

  • xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;

  • milliy o'yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tar­biyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;

  • xalq ertaklari, xalq og’zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;

  • bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa- lar o'tkazish.

  • Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о 'yin turlari. «Barmoq- qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qa- dam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: "O't o'yin", "Kesak qo'ydi”, "Ko'z boylag'ich", "Choriy chambar", "Awal- akam”, "Tayoq irg'itish", "Quloq cho'zish", "Chitti gul", "Xolam mehmonga keldi”, "Uchdi-uchdi”.
5yoshli bolalar bilan o'ynaladigon o'yin turlari: "Chir- Aylanma”, "Chillak", "Tortishmachoq", "Lafta", "Dor o'yin", "Ko'pkari", "Berkinmachoq", "Jami", "Chertan devor gir-gir aylan".
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: "Chavandozlar”, "Doiraga tort", "Do'ppi yashirma”, "Sapalak", "Besh tosh”, "Oq terakmi ko'k terak”. Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqon- lik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib bo­riladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boradi.
Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;

  1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.

  2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.

  3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qo- chirmaslik.

  4. O'yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog’lagan holda hayotga tatbiq etish.

  5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.

  6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.

O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, aso- san, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg’unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan: "Bar- moqlar", "Sichqon - sichqon” o'yinlari orqali bolalarda xush- chaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o'sib bora­di. Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrida "Sichqon- sichqon” o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon"ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydi- lar. "Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasawur hosil qilish­ga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo- chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu ja- rayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish ka­bi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligi- ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalanila­di. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po'choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,
To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.
Bolalarning matematik tasavvurlarini o'stirishga yordam beradigan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o'yin jarayoni­da bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tar- zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she'riy ohangda to'g'ri javob qay- tarishga o'rgatilib boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja- ranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog'chaga ketar,
Sanab ko'r chaqqon,
Bizlar nechta jon?
O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining alyor-u qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo'lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida kelti- rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir bo'layotgan voqea-hodi- salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan: Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma’rab,
O'z egasiga qarab.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy axloqiy pedagogik - psixologik jihatdan tar­biyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling