9– laboratoriya ishi donador materiallarni elak analizini o‘rganish ishning maqsadi
Download 31.01 Kb.
|
9-Лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. KERAKLI JIHOZ VA USKUNALAR
- 3. NAZARIY QISMI
9– LABORATORIYA ISHI DONADOR MATERIALLARNI ELAK ANALIZINI O‘RGANISH ISHNING MAQSADI Maydalangan tog‘ jinslari va toshlarni donadorlik tarkibini turli xil o‘lchamli elaklardan o’tkazish. Elangan toshlarni o‘rtacha o‘lchamini aniqlash va elak osti va usti sinflarini foizli qiymatini va o‘rtacha xarakterli o‘lchamini aniqlash. 2. KERAKLI JIHOZ VA USKUNALAR Jag‘li maydalagich. Elaklar komplekti (1,2,5,10,15 mm). Tarozi. O‘lchov asboblari. Tosh nahmunalari aralashmasi. 3. NAZARIY QISMI Qurilish materiallari sanoatida eng ko‘p tarqalgan norudaviy maeriallardan chaqiq tosh, shakl, qum hisoblanadi. Chaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalash natijasida olinadi. Chaqiq tosh o‘lchamlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 5 - 10; 10 - 20; 20 - 4-; 40 –70 mm. Chaqiq toshlar uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: kubsimon, plastinkasimon, ignasimon. Shag‘al – donador material bo‘lib, yirikligi 3 – 70 mm li ovalsimon forma ko‘rinishida. Tog‘ jinslarining tabiiy parchalanishidan hosil bo‘ladi. Shag‘al donalari o‘lchamlari 70-150 mm bo‘lsa yirik hisoblanadi. Shag‘al qurilish ishlarida quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi. Qum qurilish sanoatida foydalanib quyidagi guruhlarga bo‘linadi. tabiy boyitilgan. Fraksiyalangan. Maydalangan Qumning o‘lchami 0,145 mm ni tashkil qiladi. Berilgan material o‘rtacha o‘lchamini maydalangan material o‘rtacha o‘lchamiga nisbati maydalash darajasi deyiladi. maydalash jarayoni maydalanuvchi material donalarining yirikligi bilan xarakterlanadi. Bu bo‘laklarning yoki donalarning yirikligi to‘g‘ri chiziqli o‘lchamda quyidagicha belgilanadi. Uzunligi – a Eni – V Qalinligi - S Bu uch o‘lchamni umumiy holatda uning diametri bilan xarakterlash mumkin. Ya’ni d=(a+v+s)/3 – o‘rtacha arfimetik o‘lcham. - o‘rtacha geometrik yoki (mm) maydalangan bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchamini aniqlash uchun saralovchi g‘alvir yordamida material bir necha fraksiyadagi eng katta va eng kichik bo‘lakning o‘rtacha o‘lchami quyidagilcha aniqlanadi. mm. aralashmadagi bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchami quyidagicha hisoblanadi bu yerda d1,d2,d3…..dn – sinflarning yoki fraksiyalarning o‘rtacha o‘lchami. m1, m2, m3….mn – berilgan sinflarning foizli miqdori. 4. LABOARTORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI 4.1. Tog‘ jinslari (tosh) 5 kg olinib jag‘li maydalash mashinasida maydalanadi. Maydalangan tosh elaklar komplektiga tashlanadi va elanadi. Har bir elak ostidan o‘tgan toshlar olinib tortiladi va foizli miqdori hisoblab topiladi. 4.4. Elangan tosh massasiga va foizli miqdoriga bog‘liq holda toshlarning o‘rtacha xarakterli o‘lchamlari topiladi va grafik quriladi. 1-rasm tajribalar uch marta takrorlanadi va og‘ishmalar hisoblanadi. 4.5. Olingan natijalar 1 – jadvalga yoziladi. 4.6. Laboratoriya ishi bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
f,% 100 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 d, mm Download 31.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling