9– laboratoriya ishi ims kuchaytirgich xarakteristika va parametrlarini tadqiq etish Ishning maqsadi
Download 431.88 Kb.
|
3-лаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiqishlarining konfigurasiyasi
LM324 mikrosxemasi
LM324 mikrosxemasi (MS) 5 V oralig‘ida bir manbadan ishlaydigan, yagona korpusda yig‘ilgan, bir xil xarakteristikalarga ega to‘rtta operatsion kuchaytirgichdan (OK) tashkil topgan. Har bir OK o‘zining tarkibida kirish differensial, qisqa tutashuvlardan (QT) himoya va birlamchi kuchaytirishda chastota bo‘yicha korreksiyalash (sozlash, to‘g‘rilash) kaskadlariga ega. Ushbu mikrosxemaning arzonligi elektronika sanoati radio sxemalarida keng qo‘llanishini ta’minlaydi. U kompakt olib yuruvchi elektron qurilmalar yasashda ishlatiladi. LM seriyasi National Semiconductor da ishlab chiqilgan integral mikrosxemalarga asoslangan. LM prefiksi dastlab linear monolithic (chiziqli, monolitli) degan iborani bildirgan va umumiy maqsadlarga mo’ljallangan (General Purpose) kuchaytirgichlarni belgilash uchun qo‘llangan va ularga yuqori shartlar qo’yilmagan. “324” sonlari mikrosxemaning seriya raqamini bildiradi. Oxiridagi «-N» harfi bilan National Semiconductor dan Texas Instruments sotib olgan qurilmalarni belgilash uchun qo‘llaniladi. 2011 yil sentyabrida National Semiconductor Texas Instruments ga berilgan u o‘zining mahsulotida LM prefiksini o‘zgartirmagan. Shuning uchun hozirda LM belgisi Texas Instruments ishlab chiqarish kodi hisoblanadi, ammo undan ushbu mikrosxema analoglarini ishlab chiqishda boshqa tashkilotlar ham keng foydalanadilar. LM324 va N xarfli mikrosxemalar bir xil fizik va elektrik xarakteristikalarga ega. Ko‘pgina ishlab chiqarish tashkilotlarida “-N” simvollarining oxirida belgilanishi DIP14—mikrosxemasi korpusining plastikli turda ekanligini ko’satadi. Chiqishlarining konfigurasiyasi U DIP-turli korpusda ishlab chiqariladi: plastikli CDIP, keramikali PDIP yoki sirtqi montaj (ulash) uchun SO-turli: SOIC, TSSOP. Konstruktiv qurilma 14 ta chiqish (oyoqcha)ga ega. Shuning uchun ayrim texnik ko‘rsatmalarda DIP-14 yoki SO-14 belgilanishlarini ko‘rish mumkin. 10.1 – rasmda LM324 mikrosxemasi va korpusining tuzilishi bo‘yicha ko‘rinishlari keltirilgan. 9.2– rasm. LM324 mikrosxemasi va korpusining tuzilishi bo‘yicha turlari. Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pgina ishlab chiqarish firmalari o’zlarining mahsulotlarini doim takomillashtiradilar. Hozirgi paytda o’zlarining bir qator funksiyalari bilan ustun turadigan modifikasiyalar paydo bo‘lmoqda, masalan, elektrik razryaddan ichki himoyaga ega LM324K, LM324KA (HBM ESD); 21 mkA iste’mol tokiga ega mikroquvvatli LP324; BiCMOS texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan, iste’mol toki 9 mkA, kuchlanishi 2,7V ÷ 5,5V gacha bo‘lgan, kichik voltli LMV324 va boshqalar shular jumlasidandir. Belgilanishida «A» simvolli kuchaytirgichlar, masalan, “LM324A-N” yaxshi elektr xarakteristikalarga egadir. LM324 analoglarining importli ro‘yxati: ULN4336N, GL324, LA6324, IR3702, HA17324, MB3614, NJM2902D, SG324N, TDB0124, UA324, TA75902P, Rossiyada ishlab chiqilgan 1401UD2 va 435UD2. Sxemadagi chiqishlarining vazifasi turli korpuslar uchun bir xil: 2,3, 5,6, 9,10, 13,12 - kirishlari, 1,7,8,14 – chiqishlari, 4 – plyus (+) manba, 11 – minus (-) manba. 9.3– rasmda LM324 mikrosxemasining ichki tuzilishi keltirilgan. 9.3– rasm. LM324 mikrosxemasining ichki tuzilishi Download 431.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling