9-laboratoriya ishi Konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad


Download 89.31 Kb.
bet1/8
Sana01.11.2023
Hajmi89.31 Kb.
#1738177
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-


9-laboratoriya ishi


Konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlash


Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tariflarni qo‘llash bo‘yicha transportning universal konteynerlari “O‘TY” AJ va MDH temir yo‘llari tasarrufidagi universal konteynerlar hisoblanadi.
Konteynerlarda tashiladigan yuklarga kira haqlarini undirish uchun:
a) №4 sonli Tarif qo‘llanmasidan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi;
b) transportning universal konteynerlarda (quyida transport konteynerlari deb yuritiladi) va transport konteynerlari bilan parametrlari mos tushadigan xususiy va ijaraga olingan universal konteynerlarda (quyida xususiy konteynerlari deb yuritiladi) yuk tashish kira haqlari 9.1-jadvalda keltirilgan tarif sxemalari bo‘yicha har bir konteyner uchun uning massa bruttosiga muvofiq aniqlanadi.
9.1-jadval





Konteyner turi
(massa bruttosi, t)

Tarif sxemasini nomeri

Transport konteyneri

Xususiy konteyner

1

UUK - 3

93

99

2

UUK - 5

94

100

3

UUK - 20

96

102

4

UUK - 30

98

104

v) konteynerlarni harakatdagi sostavlarga ortish va tushirish “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ joylardagi filiallarining konteyner punktlarida amalga oshiriladi va 9.2-jadvalda keltirilgan ishlar va xizmatlar uchun shartnoma asosda yig‘imlar undiriladi.





Download 89.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling