9-laboratoriya ishi Konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad
-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
Download 89.31 Kb.
|
18-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-laboratoriya ishi Vagonlarni tushirishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va tushirishdan so‘ng vagonlarni tozalanmaganligi uchun jarimalarni hisoblash
- 2 soatdan kech qolmay xabar berishi
- GU-2 shakldagi vagonlarni ortishga yoki tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabar berish Kitobi yuritiladi
- Xabardagi muddatlarga rioya qilmasdan yoki xabar bermasdan vagonlar tushirish uchun olib kirib berilsa, yuk oluvchi ularni stansiya taqdim etilgan paytdayoq qabul qilishi kerak.
- olib kirib berilgan deb hisoblanadi
14.1-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
15-laboratoriya ishi Vagonlarni tushirishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va tushirishdan so‘ng vagonlarni tozalanmaganligi uchun jarimalarni hisoblash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga vagonlarni tushirishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va tushirishdan so‘ng vagonlarni tozalanmaganligi uchun jarimalarni hisoblashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish. Stansiyalarda va temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida yuk oluvchilarning vositalarida tushirishga olib kirib berilgan vagonlarni belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi uchun mulkiy javobgarlikning miqdori Ustavning 132-bandida ko‘rsatib o‘tilgan va 14-laboratoriya ishida bayon etilgan tartiblarda va miqdorlarda jarimalar undiriladi. Temir yo‘l stansiyasining boshlig‘i yuk oluvchining vositalarida tushirishga vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida yuk oluvchini vagonlarni olib kirib berishdan 2 soatdan kech qolmay xabar berishi shart (Ustavning 57-bandi). Xabar berish tartibini stansiya boshlig‘i belgilaydi (telefon, telegraf, pochta aloqasi va boshqalar). Yuk oluvchi xabar berish usullaridan birini tanlab oladi va bu haqida stansiya boshlig‘iga ma’lum qilib qo‘yadi. Vagonlarni tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabarlarni yozib borish uchun stansiyada GU-2 shakldagi vagonlarni ortishga yoki tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabar berish Kitobi yuritiladi (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 2). Telefon orqali xabar berish tartibi belgilanganida, yuk oluvchi xabarni qabul qilish uchun mas’ul shaxsni tayinlashi kerak va uni familyasi va telefon nomerini stansiya boshlig‘iga bildirib qo‘yishi shart (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 3). Tushirish uchun vagonlarni olib kirib berish, xabardagi muddatdan so‘ng 2 soatdan ortiqqa kechiksa, stansiya yuk oluvchiga yangitdan kelgusi olib kirib berish vaqti haqida xabar berishi kerak (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 4). Xabardagi muddatlarga rioya qilmasdan yoki xabar bermasdan vagonlar tushirish uchun olib kirib berilsa, yuk oluvchi ularni stansiya taqdim etilgan paytdayoq qabul qilishi kerak. Bunda vagonlar: - belgilangan muddatdan oldin olib kirib berilganida – ushbu muddat boshlangan paytdan; - belgilangan muddatdan kech hamda xabar bermasdan olib kirib berilsa – vagonlar haqiqiy olib kirib berilgan paytdan 2 soat o‘tgandan so‘ng, olib kirib berilgan deb hisoblanadi (yuklarni tashish Qoidalarini 4-bo‘limi, § 5). Tushirishdan so‘ng tozalanmagan harakatdagi sostavlar temir yo‘liga topshirilgan vaziyatlarda yuk oluvchi temir yo‘lining foydasiga Ustavning 141-bandida ko‘rsatilgan miqdorda, ya’niy oddiy vagon uchun eng kam ish haqining 1 karrsi miqdorida va ixtisoslashtirilgan vagon uchun eng kam ish haqining 2 karrasi miqdorida jarima to‘laydi. Jarima yuklarni tashish Qoidalarini 37-bo‘limi, § 3, v) bandiga muvofiq tuzilgan va vaziyatni (vagonni tozalanmaganligini) guvohlashda qatnashgan, lekin ikkitadan kam bo‘lmagan shaxslar imzolagan umumiy shakldagi (GU-23) akt asosida undirib olinadi. O‘z vaqtida yuklarni tushirmaganligi va ularni yuk oluvchi tashib ketmaganligi sababidan stansiyalarida qiyinchiliklar vujudga kelganida temir yo‘lining mintaqaviy bo‘linmasini boshlig‘i stansiyalarida yoki temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida belgilangan muddatlardan 24 soatdan ziyod ushlanib qolgan vagonlarning to‘xtab turishi uchun jarimani ikki baravargacha, boshqa davlatlarning vagonlari uchun esa o‘n baravargacha miqdorda oshirish huquqiga ega bo‘ladi. (Ustavning 136-bandi). 15-misol. GU-2 shakldagi xabar berish Kitobi bo‘yicha, 5ta vagondagi “Lenoleum” ni yuk oluvchining vositasida tushirishga 07,12.22 y. soat 1000 da olib kirib berish haqida yuk oluvchiga stansiya o‘z vaqtida xabar bergan. Stansiya 07.12.22 y. soat 1200 da vagonlarni tushirishga olib kirib bergan. Yuk oluvchi bir vaqtni o‘zida olib kirib berilgan partiyadagi vagonlarni olib chiqishga tayyorligi haqida 09.12.22 y. soat 1600 da temir yo‘liga xabar bergan. Vagonlarni qabul qilishida ularni tozalanmaganligi aniqlangan, stansiyani vagonlarni tozalab topshirish haqidagi talabi rad etilgan, bu haqda stansiyaning yuklarni qabul qiluvchi topshiruvchisi va yuk oluvchini vakolatli vakili imzolagan umumiy shakldagi akt (GU-23) tuzilgan. Vagonlar mexanizatsiyalashgan usulda tushirilgan. Vagonlarni tushirishda belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi uchun jarimalar aniqlansin. Yechish. Bazaviy hisoblash miqdori 245 000 so‘m (01.02.21 y). a) yuk oluvchi temir yo‘liga tozalanmagan vagonlarni topshirganligi uchun: 5x 245 000= 1225 000 so‘m jarima to‘lashi kerak. b) yuk oluvchi temir yo‘liga vagonlarni to‘xtab turishi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan jarima miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: - yuklarni tashish Qoidalarining 11-bo‘limi, 4-ilovasiga muvofiq mexanizatsiyalashgan usulda vagonlarga turish uchun belgilangan muddat: 5 x 0,63 = 3,19 soat. Yuklarni tashish Qoidalarining 11-bo‘limi 267-§ da frontga sig‘adigan barcha guruhdagi vagonlar uchun mexanizatsiyalashgan usulda ortish va tushirish uchun vagonlarni to‘xtab turish normasi mazkur yukni vagonga (dan) mexanizatsiyalashmagan ortish yoki tushirish muddatidan ziyod bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. - shuning uchun partiyadagi 4 ta vagonga tushirish muddati 2,52 soat emas balki 2 soat 05 daqiqa qabul qilinadi. (Yuklarni tashish Qoidalari 11-bo‘limi, 3-ilova) - vagonlarni yuk tushirishda to‘xtab turgan vaqti: 54 – 5 = 49saot; - vagonlarni tushirishda belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi: 49 soat – 2 soat 05 daqiqa = 46 soat 55 daqiqa = 47saot; - bitta vagonga 47 soat uchun hisob jadvali [8] bo‘yicha jarima miqdori 7,5 eng kam ish haqini tashkil etadi, 2ta vagonga esa yuk oluvchi temir yo‘liga: x 7,5*5 = 37,5 x 245000 = 9 1875000 so‘m jarima to‘lashi kerak. Jami jarimalar 1 225000 + 9 1875000= 10 412 500 so‘m. Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 15.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha jarimalarni aniqlaydi. 15.1-jadval
Download 89.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling