9-laboratoriya ishi qurbaqa ko’ndalang-targ’il muskulida yuzaga keladigan shikastlanish potensialini o’lchash shikastlanish potensiali
Laboratoriya ishining bajarilishi
Download 1.24 Mb.
|
portal.guldu.uz-Qurbaqa koʻ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-rasm. Muskul shikastlanish potensialini o`lchashga mo`ljallangan moslamaning sxemasi
Laboratoriya ishining bajarilishi
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, qutblanmaydigan elektrodlar o`rnatiladigan shtativ, agarli sifon, sovuq qonli hayvonlarga ishlatiladigan Ringer eritmasi, fiziologik eritma, kaliy xloridning 1% li eritmasi, doka, ip, preparat nabori, qurbaqalar. Qurbaqaning orqa oyog`idan boldir muskuli ajratib olinadi (boldir muskuli preparatini tayyorlash metodi ilovada keltirilgan). Preparat o`lchov moslamasiga shunday joylashtirilsinki, u eritma quyish uchun mo`ljallangan stakan (1) ustida vertikal holatda osilib tursin. Buning uchun muskulning distal qismidagi tog`ay ligaturaga olinadi va shtativga o`rnatilgan sterjen (7) ga bog`lanadi (11-rasm). 11-rasm. Muskul shikastlanish potensialini o`lchashga mo`ljallangan moslamaning sxemasi: 1-eritma quyiladigan stakan, 2-muskul, 3-dokadan tayyorlangan tasma, 4-agarli sifon, 5-kaliy xloridning to`yingan eritmalari quyilgan stakanlar, 6-xlorlangan kumush elektrodlar, 7-sterjen, 8-ligatura. Muskulni elektrodlardan biriga ulash maqsadida unga o`ralgan doka tasmaning ikkinchi uchi elektrod tushirilgan kontakt eritmaga botiriladi. Muskulning ikkinchi elektrod bilan bo`ladigan aloqasi agarli sifon vositasida amalga oshiriladi. So`ngra muskulning proksimal tomonidan muskul uzunligining 1/5 ulushiga teng qismi qirqib tashlanadi va stakan (1) ga quyib qo`yilgan fiziologik eritmaga shunday tushiriladiki, muskul uzunligining yarmi eritmaga botib tursin. Shu ishlar bajarilgach o`lchash ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki 10 minut davomida muskulning shikastlanish potensiali uning fiziologik eritmadagi holatida o`lchab olinadi. Bunday o`lchash ishlari har 5 minutda takrorlanishi shart. So`ngra, stakan (1) dagi fiziologik eritma kaliy xloridning 1,1% li eritmasiga almashtirilib, navbatdagi 20 minut davomida, shikastlanish potensialining o`zgarishi qayd etiladi. Shunday qilib, har biri 5 minut davom etadigan to`rtta o`lchashdan keyin o`lchash ishlari yana yangidan fiziologik eritmada takrorlanadi. Bu xil o`lchash shikastlanish potensialining dastlabki kattaligi tiklanmaguncha davom ettiriladi. Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar koordinata sistemasiga tushiriladi, ya`ni abtsissa o`qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata o`qiga esa millivoltlarda ifodalangan shikastlanish potensiali kattaliklari tushiriladi. Grafikda eritmalarning almashtirilish paytlari strelkalar vositasida ko`rsatiladi. Eslatma. 1. Muskul va doka tasma qurib qolmasligi uchun ular fiziologik eritma bilan ho`llab turilishi shart. 2. Eritmalar almashtirilganda, muskul navbatdagi eritma bilan chayilishi shart. 3. O`lchash ishlarini boshlashdan oldin, muskulning qutblilik holati aniqlangan bo`lishi shart. Ish bajarilib bo`lingach, grafik ma`lumotlari asosida, ish yuzasidan tegishli xulosalar chiqariladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling