9-laboratoriya ishiga ilova
Qurbaqa boldir muskulining izolirlangan preparatni tayyorlash
Orqa miyasiga zond tiqib harakatsizlantirilgan qurbaqa tanasi qorin tomoni pastga qaratilib, chap qo`lga olinadi. Keyin esa uning orqa oyoqlaridan ushlab turib, umurtqa pog`onasi ko`ndalang ravishda qirqiladi va qorin bo`shlig`i devori o`ng va chap tomondan konus suyagi yo`nalishida qirqila boriladi. Bunda ichki a`zolar tananing oldingi qismi bilan birgalikda osilib qoladi. Ana shu holatda osilib qolgan tananing oldingi qismi qirqib tashalanadi. Tananing chap qo`lda qolgan qismi ustidagi teri ham tamomila shilib tashlanadi. Teridan holi qilingan tananing qolgan qismi Petri chashkasidagi sovuq qonlilar uchun mo`ljallangan natriy xlorid eritmasiga solib qo`iladida, 5-10 minutdan so`ng boldir muskuli axillov tog`ayi tagidan ligatura o`tkazib bog`lanadi va tog`ay distal qirqilib, muskulni ligatura orqali ko`tarib turib, uni biriktiruvchi to`qimalardan holi qilinadi va tizza orti tog`ayidan qirqib ajratiladi.
Nazorat savollari
Dj.Bernshteyn nazariyasini izohlab bering.
Keyinchalik Bernshteyn nazariyasi kim tomonidan tekshirib ko’rilgan va qanday xulosaga kelingan?
Xodjkin nazariyasini izohlab bering.
Tinchlik potensiali bilan harakat potensiallariaro bog`lanish izohlab bering.
Harakat potensiali kattaligi qaysi tenglama yordamida hisoblab topiladi?
Adabiyotlar
Қосимов М.М. Назарий биофизика асослари. Тошкент, Университет, 2006, 220 б.
Биофизика (практикум). Под редакцией Н.Г.Богача. – Киев: Высшая
школа, 1983.
Биофизические методы исследования. Под редакцией Ф.Юбера. – М., 1956.
Бурлакова Б.В., Вепренцев Б.Н., Коле О.Р., Крюгер Ю.А. Практикум по общей биофизике. - М.: Высшая школа, 1961.
Қосимов М.М. Биофизикадан амалий машғулотлар. Тошкент, 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |