9-laboratoriya ishi quymalarni bir martali qum-gilli qoliplarda olish Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlari. Ishning maqsadi


-rasm. Quyma qolipni tayyorlash ketme-ketligi va unga metallni qo’yib quymani olish sxemasi


Download 81.7 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi81.7 Kb.
#1503744
1   2   3   4
Bog'liq
9-laboratoriya

18-rasm. Quyma qolipni tayyorlash ketme-ketligi va unga metallni qo’yib quymani olish sxemasi:
1-model taglik taxtasi; 2-model; 2'-oziqlantirgich modeli; 3-pastki opoka; 3'-qolip materiali; 4-shibba; 4'-six sim; 5-ustki opoka; 6-shtir; 7-shlak tutkich modeli; 7'-stoyak modeli; 8-elak; 9-lineyka; 10-sterjen.






Talabalar berilgan topshiriqqa ko’ra yuqorida ko’rilgan misoldagi tartibda quymalar olishni mustaqilbajaradilar va ishlov materiallari asosida 1-jadval to’ldiriladi. Quymalarni gilli qum qoliplarda olishning bu usuli og’ir mehnat talab etishi, sirt yuza va aniqligi pastligi, ish unumi kamligi sababli kam seriyalab quymalar olishdagina qo’llanadi.
1-jadval

Tartib №

Detal eskizi

Qolip tayyorlash bilan bog’liq ishlar zskizi

Qolip (sterjen) materiali tarkibi

Quyma metalli va uni qolipga quyish harorati, 0C

Quymadan quyish sistemasi metalini ajratilgach, uni qay usulda tozalanadi

Quyma sifati qanday kuzatiladi






















Quymalarni ishlab chiqarish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar (masalan, quyma devorlari qalinliklari turli o’lchamli bo’lishi, qolip va sterjen materiallari tarkibini to’g’ri belgilamaslik va xossalarining pastligi, metalning qolipga bir me’yorda kirmasligi, tekis sovimasligi va boshqalar) oqibatda turli nuqsonlar uchraydi. 1-jadvalda quymalarda ko’proq uchraydigap nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlarn haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqorida qayd etilgan nuqsonlardan tashqari quyma sirtining shikastlanishi, o’simtalar, sirt yuzaning qattiqligining karbidlar hisobiga haddan tashqari ortishi, kimyoviy tarkibining texnik talablarga javob bermasligi va boshqalar ham uchraydi.
Quymalarni texnik talablarga javob berish darajasiga ko’ra tiklab bo’lmaydigan va tiklab bo’ladigan xillarga ajratiladi. Tiklab bo’lmaydigan nuqsonlar yirik nusqonlar bo’lib, ularni mutlaqo tiklab bo’lmaydi yoki tiklash iqtisodiy jihatdan foydasizdir. Bu xil nuqsonlari bor quymalar yaroqsiz bo’lgani uchun qayta eritishga yuboriladi. Tiklash mumkin bo’lgan nuqsonlar ancha kichik bo’lib, ular tiklanganlarida normal ishlashlariga putur yetkazmaydi. Ma’lumki, quymalarda uchraydigan nuqsonlarni aniqlashda qator usullar (ko’z, lupa, andazalar, o’lchov asboblar yordamida, magnitli nuqson izlagichlar yoki rentgen nurlari, ultratovush va boshqalar) bo’lib, ularning qaysi biridan foydalanish quyma materialga, massasiga, shakliga, nuqsonlar tabiati, quymalarga qo’yilgan talablarga bog’liq. Nuqsonlar aniqlangach, texnik nazorat vakillari ularning hosil bo’lish sabablarini bilish uchun quymalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan modellar, sterjen yashiklari va bo’lak moslamalarni, barcha operatsiyalarning qay tarzda bajarilishini ko’rmog’i lozim. Keyin esa usta va texnologlar bilan zaruriy tadbirlar ko’riladi.
1-jadval

Download 81.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling