9-laboratoriya ishi quymalarni bir martali qum-gilli qoliplarda olish Quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlari. Ishning maqsadi


Download 81.7 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi81.7 Kb.
#1503744
1   2   3   4
Bog'liq
9-laboratoriya

15-rasm. Detalning ishchi chizmasi.
Tayyorlanadigan detal chizmasiga asosan va metallning sovishi natijasida qisqarishini xisobga olgan xolda yogoch yoki metalldan detalning modeli va qutisi tayyorlanadi. Qolip tayyorlashni osonlashtirish maqsadida model va sterjen qutilari bo’lakli qilib tayyorlanadi.



16-rasm.Detalning modeli3-rasm. Bo’lakli sterjen qutilari.
Qolip tayyorlashda model osti taxtasi ustiga model o’rnatiladi (4-rasm,a), so’ngra usti va osti ochik turtburchak quti shaklidagi opoka qo’yiladi. Opokaning ichi to’lguncha qolip materiali solinadi va yaxshilab shibbalanadi (zichlanadi) (4-rasm,b). Qolip materialining ortiqchasi chizgich yordamida sidirilib, opoka yuzidan olib tashlanadi. Shundan so’ng opoka ustiga ikkinchi model osti taxtasi berkitilib, opoka 1800 ga aylantiriladi.
Ustki modelning ostki taxtasi olinib, pastki opokaga ustki opoka o’rnatiladi va uning ichiga model va quyish sistemasi o’rnatiladi. Keyin ustki opoka xam qolip materialiga to’ldirilib shibbalanadi. Opokalar ajratilib ostki opokadan model oxistalik bilan olinadi, quyish yullari tuzatilib, ostki opoka bo’shligidagi tayanch yuzaga sterjen o’rnatiladi, ustki opoka qayta quyilib qolip yigiladi. va tayyor qolipga quyish yo’li orqali suyuqlantirilgan metall quyilib, quyma xosil qilinadi. Quyma qotgandan keyin qolip buzilib, quyma chiqarib olinadi. Quyish sistemasi kesib olinadi va quyma qolip materiali qoldiqlaridan yaxshilab tozalanadi. Olingan quyma maxsus tekshiruvdan o’tgandan so’ng kesib, ishlash sexiga yuboriladi.
Qolip tayyorlash texnologik jarayonini borishi quyidagicha bo’ladi:

A ) B)



17-rasm. model o’rnatiladigan taxtalar
Quymakorlikning eng ko’p tarqalgan usullaridan biri bir marta quyma olishga yaroqli qum-tuproq qoliplariga quyish xisoblanadi. Bu usul bilan quymalarning 85% ga yaqini olinadi.
2.Quymani olish tartibi
1. Qolip materiali tayyorlanadi. Qolip tayyorlanadiganjoyga model taglik taxtasi 1 ni gorizontal qilib ko’pilib, unga model 2 quyiladi, unga esa qolipga metall kirituvchiquyish sistemasi modeli 2 biriktiriladi (18-rasm,a).
2. Model taglik taxtasiga pastki opoka 3 o’rnatiladi. Keyin yupqa qilib qum kukuni, uning sirtiga 10-15 mm qalinlikda qoplama material solinib, so’ngra opoka to’ldirgichmaterial 3´ bilan to’ldirilgach, shibba 4 bilan shibbalanadi. Opoka zixidagi ortiqcha material chizg’ich 9 bilan sidirib tashlanadi. Qolip materialining gaz o’tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida uning bir necha joyida six sim 4 bilan kichik teshiklar ochiladi (18-rasm,b).
3. Opoka ikkinchi taglik taxta bilan yopilib, ularni birgalikda 180°C ga burib, tekis joyga qo’yamiz, ustidagi model taglik taxtasini olamiz. Keyin pastki opokaga ustki opoka o’rnatib, ularni o’zaro shtirlar 6 bilan mahkamlaymlanadi. So’ngra qolipga metall kirituvchi quyish sistemasi elementi modeli 2 ga shlak tutgich modeli 7, unga esa stoyak modeli 7' ni biriktiramiz, ustki opokani ham pastki opoka singari qolip materiallari bilan to’ldirib shibbalaymiz, ortiqcha materiallarni sidirib tashlab, gaz chiqarish teshiklari ochamiz (18- rasm, e va g).
4. Stoyak modeli atrofini andava bilan o’yib, metall quyish kosachasi ochamiz. Keyin ehtiyotlik bilan stoyakni tortib olamiz.
5. Opokalardan shtirlar olinib, keyin ustki opokani ko’tarib, 180°C ga aylantirib tekis joyga qo’yamiz, undan ehtiyotlik bilan shlak tutgich modelini ajratib olamiz. Keyin xuddi shu tarzda pastki opokadan qolipga metalni kiritish modeli 2' va quyma modeli 2 ni ajratib olamiz (18- rasm, d).
6. Qolipga metall kiritish yo’llari kuzatilib, yaroqliligiga ishonch hosil etilgach, pastki opokadagi qolipning yarim pallasidagi bo’shliqdagi o’z tayanch joyiga sterjen 10 o’rnatiladi. Keyin pastki opokaga ustki opoka ehtiyotlik bilan quyilib, qolip yig’ilgach opokalar yana shtirlar bilan mahkamlanadi (18-rasm,e).
7. Qolipga cho’michda keltirilgan metall quyiladi, metall qotgach quyma ajratib olinadi (18-rasm, z).

8. Quymadan quyish sistemasi metali ajratilib, so’ngra quyma tozalanadi va sifati ko’zdan kechiriladi (18-rasm, i).
Ma’lumki, gilli materiallardan tayyorlangan qoliplar bir martaquyma olishga yaraydi. Bir marta quyma olingan qolip materiali qayta yangilashga yuboriladi. U yerda u kesaklangach va metall qo’shimchalardan tozalangach, ularga ma’lum miqdorda hali ishlatilmagan qum, o’tga chidamli gil, suv va maxsus qo’shimcha moddalar, masalan, kuymasligi uchun toshko’mir kukuni qo’shiladi.
Cho’yan quymalar olish uchun umumiy qolip materialda bir marta ishlatilgan qolip materiali 94,5—96,5% qum, gil 3-5%, toshko’mir kukuni va boshqalar 0,5 va 4,5—5.5% suv bo’ladi.

M





Download 81.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling