9-laboratoriya ishi


Insert | Frame (Vstavka | Kadr)


Download 53.13 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1470200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-laboratoriya ishi

Insert | Frame (Vstavka | Kadr) komandasini bajarib, suv o‘tlari va suv bo‘lgan qatlamlardagi tasvirni baliq harakati berilgan qatlamdagi asosiy kadr joylashgan yerdagi tasvirni ko‘paytiring;

  • suv yuzasiga ko‘tarilib o‘sadigan suv o‘tlari orasidagi harakatlanayotgan havo pufakchalari rasmini mustaqil chizing.

    Flash tweened-animatsiyaning ikki turini yaratishi mumkin: harakat animatsiyasi (motion tweening); obyektni o‘zgartirish (transformatsiya qilish) animatsiyasi (shape tweening).
    Harakatning tweened-animatsiyasini yaratish. Harakat animatsiyasi ramz, guruh yoki matn maydoni nusxasi uchun avtomat tarzda qurilishi mumkin. Harakat animatsiyasini yaratishda muayyan kadr uchun obyektning stoldagi pozitsiya, o‘lcham, burilish yoki qiyalik burchagi sifatidagi atributlarini o‘rnatish, so‘ng boshqa kadrda ushbu atributlarning qiymatlarini o‘zgartirish talab etiladi. Flash oldinma-ketin siljitish yoki o‘zgartirish effektini hosil qilish bilan oraliq kadrlar uchun o‘zgartirilayotgan atributlar qiymatlarini interpolyatsiyalaydi.
    Quyidagi ikki usuldan birini qo‘llab harakat animatsiyasini yaratish mumkin:

    Har ikkala variantni bayon etish uchun eng sodda misoldan foydalanamiz.
    2.1-misol. Sharchani stol bo‘ylab chapdan o‘ng tarafga «yumalatib» o‘tkazish kerak deb faraz qilaylik. Kadr xossalari inspektori yordamida sharcha harakati animatsiyasini yaratib, quyidagi harakatlarni bajarish talab etiladi:

    1. xossalar inspektori paneli ekranda ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar u yopiq bo‘lsa, asosiy oynaning Window menusida Properties punktini tanlang;

    2. Oval instrumentini ishga tushiring va stolning chap qismida sharcha rasmini chizing;

    3. Arrow instrumentini ishga tushiring, sharchani tanlang va Flash asosiy oynasining Modify menusi tarkibiga kirgan Group komandasi yordamida kontur va sharcha zalivkasini guruhlashtiring (yaxlit qilib birlashtiring). Natijada shar moviy rangli ajralib turgan ramka ichiga tushib qoladi;

    4. sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan muvaqqat diagrammaning o‘zingiz animatsiyaning so‘nggi kadri sifatida qoldirmoqchi bo‘lgan kadri yacheykasiga (masalan, 10-chi) cherting va kontekstli menudan Insert Keyframe (Asosiy kadr joylansin) komandasini tanlang. V rezultate promejutok mejdu pervыm i poslednim klyuchevыmi kadrami budet zapolnen odnotsvetnыmi (svetlo-serыmi) yacheykami prostыx kadrov;

    5. sharni stolning o‘ng qismidagi yangi pozitsiyaga “sudrab” o‘tkazing;

    6. sichqonchaning chap tugmachasi bilan birinchi asosiy kadrning yacheykasiga cherting. Bu bir vaqtning o‘zida ikki harakat bajarilishiga olib keladi: sharcha tasviri boshlang‘ich pozitsiyasiga o‘tadi va xossalar inspektori paneli formati o‘zgarib, unda tanlangan (birinchi) kadr parametrlari taqdim etiladi;

    7. xossalar inspektori panelida ochilayotgan Tween ro‘yxatida Motion punktini tanlab oling. Bunda panel formati o‘zgarib, unda animatsiya parametrlarini o‘rnatish imkonini beradigan interfeys elementlari paydo bo‘ladi.

    Agar muvaqqat diagrammalar panelida strelka o‘rniga uzuq chiziq paydo bo‘lsa, demak, siz nimadadir xato qilgansiz. Omadsizlikning asosiy sababi ikki xil bo‘lishi mumkin: siz guruhlashtirilmagan obyektni animatsiyalashga harakat qilayapsiz (ko‘rib chiqilayotgan misolda - kontur va quyilish), yoki mazkur qatlam bittadan ko‘proq guruhlashtirilgan obyekt yoki ramzga ega.

    Download 53.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling