9-laboratoriya ishi


Download 53.13 Kb.
bet1/9
Sana09.06.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1470200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-laboratoriya ishi

9-laboratoriya ishi


Flash da kadrma-kadr animatsiya va hisobli animatsiya
Ishdan maqsad: kadrma-kadr animatsiya yaratishni o‘rganib olish.

Vazifa


  1. Adobe Flash dasturini oching.

  2. 1-misoldagi pastga tushayotgan (qulayotgan) shar uchun animatsiya bajarilsin.

  3. Quyidagi mashqlarni bajaring.

  4. Har bir mashqning bajarilish natijasini alohida faylda o‘z papkasida saqlab qo‘ying.

  5. Ish tugallanganidan so‘ng «Flash da kadrma-kadr animatsiya» hisobotini tuzib, unga nazariy qismga doir ma’lumot kiritiladi hamda nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishi himoya qilinadi.

1-mashq. Yapon uslubidagi "Qurbaqa va Pashsha" multfilmi. Qurbaqa konturlarini chizamiz (uning qo‘zg‘almas qismlarini).

  1. 6 marta F6 ga bosilsin - 6 taktli asosiy kadr qo‘shilsin (har birida birinchisining nusxasi bo‘ladi).

  2. Birinchi kadrga qaytiladi. Mo‘yqalam instrumenti tanlanib, ko‘zlar va pashsha rasmlari chiziladi.

  3. Avvalgi kadrlarda nima bo‘lganligini ko‘rish maqsadida ONION SKIN (piyoz po‘sti) rejimi yoqiladi.

  4. Yangi kadrda ko‘zlar va pashsha tasviri chiziladi.

  5. Kadrlar tamom bo‘lgunicha, 5-band takrorlanaveradi.

  6. Animatsiya qurbaqa pashshani yeb qo‘yadigan qilib to‘ldiriladi.

  7. ONION SKIN rejimi ishga tushiriladi.

  8. CTRL+ENTER ga bosib, m/f namoyish etiladi.

  9. Namoyish etish rejimidan chiqish uchun namoyish oynasi yopib qo‘yiladi (oynaning o‘ng, yuqori burchagidagi krest bosib qo‘yiladi).

2-mashq. Odam harakatlanish bosqichlari
Odamcha bu m/f da joyida turib qadamlaydi. To‘rt bosqich – chap oyoq harakati, to‘rttasi – o‘ng oyoq harakati.
А ) Иккинчи қатламда ҳаракатланадиган пейзаж чизиб қўйиш мумкин.
Б) Одамчани бироз чапроққа силжитиш мумкин.
1) 1-kadrda statik (qo‘zg‘almas) detallar (gavda, bosh) chiziladi. 2) F6 ga bosiladi (7 marta) – 8 taktli bir xil kadrlar yaratiladi.

  1. 1-kadrga qaytiladi. 1-bosqichdagi qo‘l va oyoqlar chiziladi.

  2. Ikkinchi kadrga o‘tilsin, ONION SKIN (piyoz po‘sti) rejimi yoqilsin.

  3. Birinchi kadrga oid qo‘l va oyoqlar biroz xiraroq ko‘rinadi, yangilari chizilsin.

  4. Barcha kadrlar uchun 4-5 bandlar takrorlansin.

  5. Odamcha 1 va 5-kadrlarda ajratib olinsin va pastga tushirilsin.

  6. Odamcha 3 va 7-kadrlarda ajratib olinsin va ko‘tarilsin.

  7. Ikkinchi qatlam yaratamiz. Bu qatlamda peyzajni chizamiz. Agar rasm-peyzaj dinamik qilib yaratilsa, odamcha harakatlanayotgan kabi to‘liq illuziya hosil bo‘ladi.

Download 53.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling